Davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari


Standartdashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar



Yüklə 292,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix16.01.2023
ölçüsü292,8 Kb.
#98671
1   2   3   4   5
10-mavzu

1.3 Standartdashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar 
O„z SDT (O‟z DSt 1.0:1998) qoidalari bo„yicha iqtisodiyot tarmoqlarida va 
boshqa faoliyat sohalarida standartlashtirish bo„yicha ishlarni tashkillashtirish
rejalashtirish va muvofiqlashtirish uchun xos boshqaruv idoralari standartlashtirish 
buyicha tayanch tashkilotlarni tayinlaydi. 
O‟z RN 51-012:1993 da standartlashtirish buyicha tayanch tashkilotlar 
(STT) ni tayinlash tartibiga va ularning O„z SDT da ishlarni olib borish bo„yicha 
umumiy talablar o„rnatilgan. STT davlat va xo„jalik boshqaruv idoralari 
tomonidan, mahsulot turlari bo„yicha bosh tashkilotlar ichidan tayinlanadi va 
o„zlariga biriktirilgan mahsulotlar guruhi (yoki boshqa standartlashtirish 
obyektlari) ni standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo„yicha ishlarga ilmiy-
texnikaviy va tashkiliy-metodik rahbarlik qilish va respublikada bu ishlar bo„yicha 
texnikaviy birlilikni ta‟minlash uchun tuziladi. 
Mahsulot, xizmatlar, jarayonlar yoki STT ga biriktirilgan boshqa obyektlarni 
standartlashtirish bo„yicha ishlarga ilmiy-texnikaviy rahbarlik qilish, shuningdek 
standartlashtirish bo„yicha ishlarni bevosita bajarish uchun ilmiy-tadqiqot
konstruktorlik-texnologik 
bo„limlar, 
standartlashtirish 
sho„balari 
yoki 
laboratoriyalar tashkil etilishi mumkin. 
O„z SDT ga muvofiq standartlashtirish bo„yicha ish, asosiy ishlar qatoriga 
kiradi va tashkilotning tematik rejasidagi tarkibiy qism bo„lmish standartlashtirish 
bo„yicha ishlar rejasiga muvofiq STT ning bo„linmalari tomonidan bajariladi. 
STT o„z faoliyatida standartlashtirish bo„yicha davlat meyoriy-huquqiy 
hujjatlarga ham, mahkama meyoriy hujjatlariga ham amal qiladi. 
Bir ishni ikki joyda va takroriy bajarilishiga yo„l qo„ymaslik uchun STT o„z 
ishini boshqa mahsulotning yondosh guruhlarini STT bilan yaqindan o„zaro 
bog„langan holda olib borishi lozim. 
STT ning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: 
– STT ga biriktirilgan korxonalar va tashkilotlar olib borayotgan
standartlashtirish bo„yicha ishlarni muvofiqlashtirish, shuningdek biriktirilgan 
mahsulot guruhi bo„yicha texnik birlilikni ta‟minlash; 
– kompleks va oldindan standartlashtirishni ta‟minlovchi, biriktirilgan 
mahsulot guruhi bo„yicha standartlashtirishni rivojlashtirish asosiy yunalishlarini 
ishlab chiqish; 
– biriktirilgan mahsulot guruhiga muvofiq standartlar va standartlashtirish 
bo„yicha boshqa meyoriy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, ekspertiza qilish 
va kelishish, ularni o„z vaqtida joriy etish va qayta ko„rib chiqish bo„yicha takliflar 
va chora-tadbirlarni tayyorlash; 
– biriktirilgan mahsulot guruhiga muvofiq meyoriy hujjatda belgilangan 


ko„rsatkichlar va meyorlarning zamonaviy ilmiy-texnikaviy daraja, xavfsizlik
atrof muhitni muhofazalash va O„zbekiston Respublikasida amaldagi qonun 
talablariga muvofiqligini ta‟minlash; 
– standartlashtirish nazariyasi va amaliyoti sohasida ilmiy-metodik ishlarni, 
shuningdek STT ga biriktirilgan mahsulotning yangi namunalari loyihalarida 
standartlashtirishning maqbul darajasini o„rnatish va ta‟miinlash bo„yicha ishlarni 
olib borish; 
– mahsulotga meyoriy hujjatlarda keltirilgan ko„rsatkichlar va meyorlarning 
amaldagi standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini o„rnatish maqsadida 
ushbu meyoriy hujjatlarni muttasil ravishda tekshiruvlarni o„tkazish; 
– standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo„yicha rejalarni va chora-
tadbirlarni ishlab chiqishda korxonalar va tashkilotlarga metodik yordam 
ko„rsatish.STT ning faoliyati iqtisodiyot tarmoqlari boshqaruv idoralari tomonidan 
yoki 
mahsulotning 
biriktirilgan 
turlari 
bo„yicha 
shartnoma 
asosida 
moliyalashtiriladi.STT tashkilotlar va korxonalardan o„z vazifalarini bajarishi 
uchun zarur bo„lgan standartlashtirish bo„yicha materiallar va boshqa 
ma‟lumotlarni talab qilishi va meyoriy hujjatlarni ilmiy-texnikaviy ekspertiza 
qilish natijalari bo„yicha yuqori tashkilotlarga takliflar kiritishi mumkin. 
STT o„rnatilgan tartibda standartlashtirish bo„yicha meyoriy hujjatlar 
jamg„armasini 
butlaydi, 
biriktirilgan 
tashkilotlar 
va 
korxonalarning 
standartlashtirish masalalari bo„yicha ishlarini, shuningdek biriktirilgan mahsulot 
guruhi bo„yicha meyoriy hujjatlarning talablarini joriy etish va bajarishni 
tekshiradi.STT belgilangan vazifalar va ishlarning bajarilishiga mas‟ul bo„ladi. 
1 oktabr 2003 y. da O„zbekiston Respublikasida 17 ta STT faoliyat 
ko„rsatgan. Bular ichida “Podyomnik” aksiyadorlik jamiyati, SNTM aloqa va 
axborot agentligi, “Paxtasanoatilm”, “O„zneftgazLITI”, “KINAP” va boshqalar 
bor. 

Yüklə 292,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə