Standartlashtirish asoslari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə24/32
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132752
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Standartlashtirish asoslari

Sinov-nazorat savollari

  1. SHtrix kod va shtrix kodlashga izox bering?

  2. Qanday shtrix kodlar joriy qilingan?

  3. O‘zbekiston Respublikasida qanday shtrix kod joriy qilingan?

  4. SHtrix kodlashning qonuniy asoslari.

  5. SHtrixli kodlash deganda nimalarni tushunasiz?

  6. Qanday maqsulotlarga nisbatan shtrixli kod qo‘llanishi kerak?


12-AMALIY MASHG‘ULOT.
XALQARO STANDARTLARNI QO‘LLASH TARTIBI
xorijiy mamlakatlarda standartlashtirish
EIU doirasida birlashgan bozorni yaratish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish munosabati bilan “texnik to‘siqlarni” bartaraf etish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Bunday texnik to‘siqlar buyumlarga standartlardagi farq, ulardan foydalanish qoidalarining zidligi, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha farqlanuvchi me’yorlar, sog‘liqni saqlash va tabiatni asrash me’yorlaridagi farqlar hisobiga paydo bo‘ladi.
Bu muammoni hal qilishda evropa standartlashtirishiga birinchi navbatda ahamiyat beriladi.
EIU va Evropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EESA) vakillarining 23 mart 1961 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan majlisida SEN ning tashkil etilganligi e’lon qilindi (SEN 1970 – yilgacha Standartlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Evropa qo‘mitasi, deb atalgan). SEN a’zolari EIU va EESA ning 18 mamlakati: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Islandiya, Italiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya, GFR, Fransiya, SHvetsiya va SHvetsariya standartlashtirish bo‘yicha milliy tashkilotlaridan iborat. Bu – yopiq tashkilot bo‘lib, G‘arbiy Evropa mamlakatlarining yuqorida keltirilgan iqtisodiy guruh a’zolarini birlashtiradi.
SEN ning birinchi majlisidayoq Ustav va protsedura Qoidalari tasdiqlandi. 1970 – yilda SEN Ustavi qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda Ustavga ma’lum o‘zgartirishlar bilan birga evropa standartlari (EN) ni majburiy yaratish ham kiritilgan.
Standartlarni yaratish bo‘yicha barcha ishlar texnik qo‘mitalar tomonidan olib boriladi. Bunday texnik qo‘mitalarda texnik sekretariatlar iqtisodiy guruh mamlakatlaridan biri tomonidan boshqariladi.
SEN doirasida 140 dan ortiq TQ tuzilgan. TQ bilan bir qatorda, alohida masalalarni hal etish uchun maslahat guruhlari tashkil etilgan.
SEN vazifasi quyidagilar vositasida xizmatlar savdosini va almashinishni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat:
– SEN a’zo-mamlakatlarida yaratilagan standartlarni uyg‘unlashtirish va evropa standartlarini ishlab chiqish;
– o‘zlarining direktivalarida va boshqa rasmiy hujjatlarida havola qila olishlari uchun evropa standartlarini EIU, EESA ga, shuningdek boshqa hukumatlararo tashkilotlarga taqdim etish;
– elektrotexnikada standartlashtirish bo‘yicha Evropa qo‘mitasi va standartlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa ilmiy-texnik va iqtisodiy hududiy hukumat tashkilotlari bilan hamkorlik;
– ISO va MEK orqali xalqaro standartlashtirishga va Evropada ISO standartlarini va boshqa xalqaro standartlar va tavsiyanomalarni bir xilda qo‘llanishga ko‘maklashish;
– evropa standartlari asosida sertifikatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni berish.
SEN da standartlashtirish bo‘yicha ishlar ko‘p jihatdan ISO da erishilgan natijalalarga asoslanadi yoki ularni to‘ldiradi.
SEN quyidagi sohalarda standartlar yaratadi: aviatsiya jihozlari, suv isitish gaz priborlari, gaz ballonlari, ko‘tarish mexanizmlarining detallari, oshxona gaz plitalari, liftlar va yuk ko‘targichlar, payvandlash va qirqish, quvurlar va truboprovodlar, nasos stansiyalari (foydalanish va xizmat ko‘rsatish), stekloplastikadan tayyorlangan sisternalar va boshqalar.
2. Elektrotexnikada standartlashtirish bo‘yicha Evropa komiteti (SENELEK) va boshqalar.
SENELEK 1972 – yilda ikkita tashkilot – EESA (SENEL) a’zolari-mamlakatlarining elektrotexnik standartlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Evropa qo‘mitasi va EIU mamlakatlarining elektrotexnik standartlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Evropa qo‘mitasi (SENELQOM) ning bir-biriga qo‘shilishi natijasida tuzildi.
SENELEK a’zolari 17 evropa davlatlari: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya, GFR, SHvetsariya, SHvetsiyaning milliy elektrotexnik qo‘mitalaridan iborat. Bu davlatlar (Lyuksemburgdan boshqalari) bir vaqtda MEK a’zosi hisoblanadi.
SENELEK ning rasmiy tili inglizcha, fransuzcha va nemischa.
SENELEK ning asosiy maqsadlari EIU bilan yaqin hamkorlikda elektrotexnik standartlar to‘plamini yaratish, shuningdek Evropa erkin savdo assotsiatsiyasi Sekretariatining yordamida bu hudud mamlakatlarida mollar va xizmatlarning yagona bozorini ta’minlashdan iborat. SENELEK a’zo – milliy qo‘mitalarning to‘liq o‘zaro kelishuvi bilan yaratilgan standartlarga bu vazifani ta’minlash uchun muhim vosita sifatida qaraladi. SENELEK ning asosiy faoliyati a’zo-mamlakatlar milliy standartlari o‘rtasidagi va buyumlarning standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirish protseduralari o‘rtasidagi barcha texnik farqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Bunday faoliyat savdoda texnik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur. Bu ish mollarning g‘arbiy evropa darajasida erkin yurishi uchun zarur kafolat deb hisoblanadi.
Nazorat-savollari
1. Standartlashtirish bo‘yicha Evropa komiteti (SEN).
2. Elektrotexnikada standartlashtirish bo‘yicha Evropa komiteti (SENELEK) va boshqalar xaqida ma’lumot bering.
3. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlarda standartlashtirish faoliyatini tushuntiring.


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə