Standartlashtirish asoslari


Qo‘zg‘almaydigan (qimirlamaydigan) qo‘nim



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə26/32
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132752
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Standartlashtirish asoslari

Qo‘zg‘almaydigan (qimirlamaydigan) qo‘nim. Taranglik detallarni yig‘ishdan so‘ng qimirlamayligan birikma hosil qiladi. Taranglik bilan qo‘nim – deb birikmada detallarning tarangligini ta’minlab joylashtirishga aytiladi.
Bunday joylashtirishda talab qilingan paytda kamgina tirqish va talab qilinganda kamgina taranglik bo‘lishi mumkin.
Qo‘nim qo‘yimi – tirqish bilan qo‘nimda ruxsat etilgan eng katta va eng kichik tirqishlar orasidagi yoki taranglik bilan qo‘nimda ruxsat etiladigan eng katta va eng kichik tarangliklar orasidagi farqqa aytiladi.
– tirqish bilan qo‘nimdagi tirqish qo‘yimi.
– taranglik bilan qo‘nimdagi taranglik qo‘yimi.
– erkin o‘tishli qo‘nim qo‘yimi.
Barcha turdagi qo‘nim uchun qo‘yim, miqdor jihatidan teshik va val qo‘yimlarining yig‘indisiga tengdir, ya’ni:

Tirqish – tutashuvchi teshik va val o‘lchamlari orasidagi musbat farqdir.
Taranglik – yig‘ilgunga qadar val o‘lchamlari katta bo‘lib tutashuvchi teshik va val o‘lchamlari orasidagi mutloq farqdir.
Qo‘nim qo‘yimi – eng katta va eng kichik tirqish yoki taranglik orasidagi farq.
Tirqish bilan qo‘nim – birikmada tirqishni ta’minlab qo‘nimdir.
Taranglik bilan qo‘nim – birikmada taranglikni ta’minlab
O‘tishli qo‘nim – talab qilinganda tirqish va talab qilinganda taranglikni ta’minlab beradigan qo‘nimdir.
Qo‘nim va quyimlarda lchamlarni standartlashtirish tamoyillari
Qo‘yimi va qo‘nimlar tizimi bu tajriba nazariy va eksperimental tekshirishlar asosida aynan tuzilgan va standartlari shaklida (ko‘rinishida) rasmiylashtirilgan qo‘yimlar va qo‘nimlar qatorlarining majmuidir.
Qo‘yim va qo‘nimlar tizimi mashina detallari umumiy birikmalari uchun minimal zaruriy, lekin amaliyot uchun etarli bo‘lgan qo‘yim va qo‘nimlarni tanlash uchun mo‘ljallagan bo‘lib, kesuvchi asboblarni va kalibrlarni standartlashtirishga buyum va ularning qismlarini (detallarni) loyihalash, ishlab chiqarish va o‘zaro almashinuvchanlikka erishish, shuningdek ularning sifatini oshirishga imkoniyat yaratadi. Hozirgi paytda jahon mamlakatlarining ko‘pchiligi ISO ning qo‘yim va qo‘nimlar tizimini qo‘llaydilar. ISO tizimi metallishlash sanoatida halqaro texnik aloqalarni uyg‘unlashtirish (mumkin qadar birxillashtirish) milliy qo‘yim va qo‘nimlar tizimini unifikatsiyalash uchun yaratilgandir.
ISO halqaro tavsiyanomalarining milliy standartlarda qo‘llanish turlicha mamlakatlarda tayyorlanilgan bir turdagi detallarni, tashkil qiluvchi qismlarni va buyumlarni (mashinalar) o‘zaro almashinuvchanligini ta’minlashga sharoit yaratib beradi. Mamlakatimizda esa ISO standartlari va tavsiyanomalarining yagona tizimiga o‘tmoqdalar. Bunga o‘tishdan maqsad respublikamizda sanoatni ixtisoslashtirish zaruratligi, halqaro savdoni rivojlantirish va undagi texnik to‘siqlarni bartaraf qilishdir. Bu shuningdek mamlakatimiz mahsulotlarini jahon bozorida xaridorgirligini oshirishni ta’minlaydi.
ISO ning qo‘yim va qo‘nimlar Davlat tizimi (DQQYAT) va respublikamizda umumiy mashina detallari uchun qatiy bir yagona tamoyil asosida tuzilgan. Standart bo‘yicha qo‘nimlarning ikkita teng huquqli tizimi o‘rnatilgan: Teshik tizimi (TT) va val tizimi (VT). SHuningdek qo‘yim va qo‘nimlarning jadvallari ham teshik tizimi va val tizimida tuzilgan.
Teshik tizimida (TT) – teshik asosiy detal bo‘lib hisolblanib, qanday qo‘nim bilan joylashtirishdan qatiy nazar nominal o‘lcham bo‘yicha ishlov beriladi (detalning tanasiga qo‘yim berilib), turli xildagi qo‘nimlar tirqish, o‘tishli, taranglik valning chekli o‘lchamlarini o‘zgartirish hisobiga ta’minlanadi, TT – dagi qo‘nimlar N bilan belgilanadi.
Val tizimidagi (VT) qo‘nimlarda – val asosiy detal bo‘lib hisoblanib qanday qo‘yimdan qatiy nazar, nominal o‘lchov bo‘yicha ishlov beriladi (detal tanasining qo‘yimi bilan), turli xildagi qo‘nimlar esa teshikning chekli o‘lchamlarini o‘zgartirish hisobiga ta’minlanadi. VT dagi qo‘nimlar (h) bilan belgilanadi.
Barcha qo‘nimlar uchun «TT» da teshikning pastki og‘ishmasi – EI=0, barcha qo‘nimlar uchun val tizimida (VT) valning yuqorigi og‘ishmasi es=0.
Demak, asosiy teshikning qo‘yim maydonlari nol chizig‘idan yuqoriga, valniki esa nol chizig‘idan pastga joylashtiriladi. SHunday qilib, teshik tizimida teshik qo‘yimi teshikning o‘lchamini oshiradi, val tizimida esa val qo‘yimi valning o‘lchamini kamaytiradi. Mashinasozlikda qo‘yimlar joylashishining ikkala tizimi ham, teshik tizimi ham, val tizimi ham ishlatiladi, val yoki teshik tizimini, u yoki bu qo‘nimlarni tanlash konstruktiv, texnologik va iqtisodiy nuqtai nazardan aniqlanadi.
Biriktirilgan detallarning o‘zaro ishlashi nuqtai nazaridan olganda bu ikkala tizim bir-biriga aynandir. Lekin, teshik tizimi val tizimidan ishlab chiqarish jihatidan birmuncha afzalroqdir. CHunki detallarni teshik tizimida yig‘ish uchun ishlov berganda kesish va o‘lchash asboblari ancha kam ishlatiladi. Bundan tashqari teshikni valga moslashdan ko‘ra, valni teshikka moslash ancha oson va arzonga tushadi. SHuning uchun ham mashinasozlikda ayrim hollardagina val tizimini ishlatish ma’qulroqdir.




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə