Mavzu: Shponkali birikmalar. Shlitsali birikmalar. Reja



Yüklə 15,03 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü15,03 Kb.
#166196
  1   2   3   4
Mavzu Shponkali birikmalar. Shlitsali birikmalar. Reja-fayllar.org


Mavzu: Shponkali birikmalar. Shlitsali birikmalar. Reja

Mavzu: Shponkali birikmalar. Shlitsali birikmalar.

REJA.


1. Shponkali birikmalar haqida tushunchalar


2. Shponkali birikmalar hisobi

3. Shlitsali birikmalar
Shponkali birikmalar val, shponka va g ‘ildirak gupchagi (shkiv yoki boshqa detal gupchagi)dan iboratdir. Shuning uchun ham birikmani tarkibiy qismlarga ajratish nisbatan oson. Ular asosan aylanuvchi detallarni (shkiv, g ‘ildirak, mufta, yulduzcha kabi) val yoki o ‘qqa o‘rnatish uchun ishlatiladi. Ularning yana bir boshqa vazifasi, aylantiruvchi momentni val va detallar orasida uzatishdir. Shponkalarning asosiy turlari standartlashtirilgan.


Afzalligi. Konstruksiyasi oddiy, yig‘ilishi va qismlarga ajratilishi nisbatan yengil va shuning uchun ham mashinasozlikda keng tarqalgan. Shponkali birikmalar detallarni aylanma yo‘nalishda ishonchli o‘rnatish imkonini beradi.

K a m ch ilig i. Val va o'qda shponkani o'rnatish uchun o'yiqcha hosil qilinadi, shuning natijasida val va o ‘qlarning shponka o ‘rnatiladigan qismining ko'ndalang kesim yuzasi kamayadi. Bu esa uning mustahkamligi kamayishiga olib keladi. Mustahkamlikning kamayishi shponka o'yiqchasida eguvchi va burovchi kuchlanishlarning jamlanishi tufayli hamdir. Shponkali birikmani tayyorlash birmuncha mehnatni talab etadi. Detallarni markazlashtirishning murakkabligi tufayli mas’uliyatli tezkor vallarda ulami qo`llash tavsiya etilmaydi.
Shponkali birikmalar zo‘riqtirilmagan va zo'riqtirilgan turlarga bo'linadi. zo'riqtirilmagan shponkali birikmalar yassi prizmasimon (1- rasm) va segmentsimon ( 2 -rasm) shponkalarni qo'llashda hosil qilinadi. Bu holda birikmani yig'ishda detallarda dastlabki kuchlanishlar hosil bo`lmaydi.



1-rasm. Prizmasimon shponkali birikmalar
Zo'riqtirilgan birikmalar esa ponasimon (3-rasm) va tangentsial shponkalarni ishlatishda vujudga keladi. Bu xildagi birikmalarni yig'ishda dastlabki zo'riqish hosil bo'ladi. Bu zo’riqishni montaj zo'riqishi yoki kuchlanishi deb ham ataladi.


Yüklə 15,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə