Standartlashtirish asoslari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə29/32
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132752
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Standartlashtirish asoslari

Texnik reglament turlari
Qabul qilingan konunga munofiq O‘zbekiston Respublikasida umumiy va maxsus texnik reglamentlar qo‘llaniladi. Umumiy texnik reglamentlar maxsulot, xizmatlar va jarayonlar guruhlariga majburiy talablarni belgilab, O‘zbekiston Ruspublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadi, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi va mazkur reglamentlarni bekor qiladi.
Maxsus texnik reglamentlar alohida maxsulot, xizmatlar va jarayonlar turlariga majburiy talablarni belgilab, vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Umumiy va maxsus texnik reglamentlar o‘rnatilgan tartibda, tuzilgan ekspert kengashlari tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilangan tartibda ekspert komissiyalari tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi.
Barcha umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqish Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida amalga oshiriladi.
Texnik reglamentlarda belgilanadigan xavfsizlik talablari
Texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir talablar 3-rasmda ko‘rsatilgan. Texnik reglamentlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi tavsiflari;
xavfsizlik talablari belgilanayotgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning to‘liq ro‘yxati;
atamalarga, o‘rov-idishga, tamg‘alarga yoki yorliqlarga hamda ularni aks ettirish qoidalariga va mahsulotni identifikatsiya qilishga doir talablar;
mahsulotlar namunalarini olish va ularni sinovdan o‘tkazish qoidalari;
davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan sinovlar, o‘lchovlar qoidalari va usullari.
Zararli mikroorganizmlar va qo‘shimchalar, kasalliklar, kasallik tarqatuvchilar, ifloslantiruvchi moddalar, toksinlar, zararkunandalar va begona o‘simliklar kirib kelishi yoki tarqalishi munosabati bilan yuzaga keladigan insonning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof muhitga zarar etkazilishi xavfi darajasi hamda zararni bartaraf etish hisobga olingan holda texnik reglamentlarda sanitariya, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari ham ko‘rsatilishi kerak.
Sanitariya, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlarida quyidagilar belgilab qo‘yiladi:
mahsulotga, uni sinash, tekshirish tartib-taomiliga, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va fitosanitariya xulosasini berish tartibiga doir majburiy talablar;
karantin va veterinariya-sanitariya qoidalari, shu jumladan hayvonlar va o‘simliklarni tashish bilan bog‘liq talablar;
namunalar olish usullari va tartib-taomili, insonning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof muhitga zarar etkazilishi xavfini tadqiq etish hamda baholash usullari, shuningdek texnik reglamentlarda ko‘rsatilgan boshqa talablar.
Texnik reglamentlarda mahsulotning konstruksiyasiga va bajarilishiga doir talablar bo‘lmasligi lozim, insonning hayoti va sog‘lig‘iga zarar etkazilishi xavfi darajasi hisobga olingan holda mahsulotning konstruksiyasiga va bajarilishiga doir talablar yo‘qligi sababli mahsulot xavfsizligi ta’minlanmasligi hollari bundan mustasno.
Mahsulotlar, ishlar va xizmatlardan uzoq muddat foydalanilishi oqibatida va (yoki) yo‘l qo‘yiladigan xavf darajasini aniqlash imkoniyatini bermaydigan boshqa omillar ta’siri sababli insonning hayoti va sog‘lig‘iga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar etkazadigan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga doir talablar texnik reglamentlarda bo‘lmasligi kerak. Bunda texnik reglamentlarda ehtimol tutilgan zarar to‘g‘risida hamda insonning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof muhitga zarar etkazilishi xavfi qaysi omillarga bog‘liq bo‘lsa, shu omillar haqida iste’molchilarni xabardor qilishga doir talablar bo‘lishi mumkin.
Texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir quyidagi maxsus talablar bo‘lishi mumkin:
qonun hujjatlarida belgilangan ayrim toifadagi fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i muhofaza qilinishini ta’minlaydigan maxsus talablar;
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda insonning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof muhitga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga tahdid soluvchi transchegaraviy xavfli ishlab chiqarish ob’ektlariga oid maxsus talablar.
Davlat sirlaridan va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan texnik reglamentlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.
Texnik reglamentlar tugal bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi hamda ularga faqat belgilangan tartibda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan o‘zgartirilishi mumkin.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə