Standartlashtirish asoslari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə19/32
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132752
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Standartlashtirish asoslari

Nazorat savollari

  1. BST kachon va kaerda tashkil topgan ?

  2. BSTga a’zo bulishning afzalliklari ?

  3. Butunjahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish necha bosqichdan iborat ?


7-AMALIY MASHG‘ULOT.


STANDARTLASHTIRISHNING DAVLAT NAZORATI

1. Standartlashtirishning Davlat nazorati maqsad va vazifalari


Standartashtirishning Davlat nazorati sanoat ishlab-chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot bo‘limlari, birlashmalar, ilmiy-kostruktorlik va loyihalash tashkilotlari, transport, savdo, maishiy xizmat va boshqa ommaviy tashkilotlarda standartlar hamda shu kabi tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarning amalga oshirilishi faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etiladi. Standartashtirishning Davlat nazorati mahsulot, xizmat va faoliyatini barcha turiga ta’sir doirasini o‘tkazadi.
Standartashtirishning Davlat nazoratining asosiy vazifasi fan va texnika taraqqiyoti yutuqlarini Vazirliklar, muassasalar, korxona va tashkilotlarida joriy etilishini, o‘lchash aniqliklari, turlari, vositalari bo‘yicha sohalarda birxillikni ta’minlash, nazorat natijalarini tahlillash asosida taklif va tavsiyalar kiritishdan iboratdir.
Standartashtirishning Davlat nazorati «O‘zstandart» agentligi organlari tamonida amalga oshiriladi. Standartlashtirish markazi, metrologiya va setifikatlashtirish bo‘limlari, Standartashtirishning Davlat nazorati laboratoriyalari bu borada xizmat qiladi.
Standartashtirishning Davlat nazorati ishlari barcha mahsulot yoki xizmat turlari bo‘yicha etakchi tashkilotlar mutahasislari, ilmiy-tadqiqot, loyiha konsturuktorlik tashkilotlari yuqori malakali mutahasislari, ishlab chiqarishning novatorlari hamda tashkilotchilik vakillari jalb etiladi.
2. Davlat nazorati organlarining faoliyatlari va mansabdor shaxslarning xuquq va majburiyatlari
«O‘zstandart» Davlat nazorat organlari standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha keng qamrovli faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan:
- standartlashtirish va metrologiya xizmatlari ishlarini nazorat qilish;
- mahsulot sifati nazorati bo‘yicha taftish hay’ati ishlarini boshqarish va muofiqlashtirish bo‘yicha metodik boshqarish;
- standartashtirishning Davlat nazorati ishlarini umumlashtirish;
- davlat sinovlari o‘tkazish;
- standartlar va texnik shatlarini ro‘yxatga olish va ekspertlash;
- mahsulot sifatini shaxodatlashda qatnashish;
- muhim mahsulot va xizmat turlari bo‘yicha bosh korxonalarni shaxodatlash kabi ishlarni tizimli olib boradi;
Standartashtirishning Davlat nazorati mansabdor shaxslariga davlat tomonidan quyidagi huquqlar beriladi.
- standartlashtirish va metrologiya talablarini qondirmaydigan konstruktorlik, texnologik va boshqa ishlarni buyurtmachiga berilishini ta’qiqlash;
- standartlashtirish va metrologiya talablariga mos kelmagan mahsulotlarni ishlab chiqish, tashish, saqlash va foydalanishni taqiqlash;
- standartlashtirish me’yor va talablarini buzib ish ko‘rib, kelayotgan korxona va tashkilotlarga iqtisodiy sanksiya choralarini qo‘llash yo‘riqnomasini bitish;
Standartashtirishning Davlat nazorati «O‘zstandart» tomonidantasdiqlangan yillik rejalar asosida muhim mahsulotlar sifatini oshirish, standartlashtirish ishlarini joriy qilish, ularni buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan xalq-xo‘jaligining barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan tadbirlarni amalga oshirib boradi.
Yillik rejalar nafaqat etakchi korxona va tashkilotlar faoliyati, balki barcha o‘zaro munosabotdagi korxona va bo‘limlar faoliyatini tekshirish bo‘yicha komplekt nazorat ko‘rinishida tuzilgan va amalga oshirilgan bo‘lmog‘i lozim.
3. Nazorat tartiblari va tekshiruv mazmuni
Tekshiruv mazmuni, korxona, birlashma va tashkilotlar faolitiga bog‘liq holda quyidagicha bo‘lmog‘i darkor:
- ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik-texnologik tashkilotlarda davlat soha standartlari talablariga rioya qilinishini, chiqarilayotgan mahsulot sifati va boshqa ko‘rsatmalarini standartlart talablariga to‘g‘ri kelishini;
- standartlar ishlab chiqiladigan tashkilotalarda ularni sifati va maqsadli ishlab chiqalishi, joriy etilish holati, sinash va joriy etilish ketma-ketlik boshqichlarining to‘g‘riligi va shu kabilar;
- transport va xizmat sohalarida ko‘rsatilayotgan xizmat yoki transport vositalarining mahsulotga mosligi, qadoqlash, tamirlash, yuklash-tushirish sharoitlarining talabga javob berishi;
- savdo tashkilotlarida mahsulot sifati, uni saqlash va savdoga chiqarish holatlarining muvofiqligining standart talablariga mos kelishi;
- foydalanadigan va iste’mol qiladigan tashkilotlarda, to‘g‘ri foydalanish va to‘g‘ri iste’mol qilish talablariga mos kelishi, saqlash, ishlatish, muddatlarining me’yordan oshib ketmasligi.
Ko‘rsatilgan barcha ob’ektlarda nazoratning metrologik taminoti, qoida qanday o‘lchab, qanday nazorat qilish vositalariga alohida e’tibor beriladi.
Standartlarga rioya etilganlik nazorati:
Konstruktorlik-texnologik hujjatlarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki buyumga mosligi, texnologik jarayonni standart talabida tashkil etilganligi, mahsulot yoki buyumni vaqti-vaqti bilan tekshirib, sinab turish imkonlari mavjudligi kabi ishlarni o‘z ichiga olmog‘i zarur.
Korxonalarda standartlar6ni qo‘llanilishi va ularga amal qilish tartiblari quyidagicha bosqichma-bosqich kuzatish yo‘li bilan nazorat qilinishi mumkin.

  1. Tekshiruvdan avvalgi tanishuv bosqichi.

Bu bosqichda korxona va u ishlab chiqarayotgan buyum yoki mahsulot haqida dastlabki ma’lumotlar belgilab olinadi; jumladan:
- korxonaning asosiy iqtisoslashtirilganligi;
- tekshirilayotgan mahsulotning boshqalarga nisbatan ulushi;
- etalon (namuna)ning mavjudligi;
- bosh tashkilot yoki korxona tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalarining mavjudligi.
2. Korxonada tanishuv. Korxonada muayyan tekshiruv yuzasidan barcha ma’lumotlar bilan bevosita tanishib chiqiladi.
Me’yoriy hujjatlar jumladan, standartlarning qo‘llanilishi, ularga rioya qilinishi, ko‘rilgan va ko‘rilayotgan chora tadbirlar. Standartlarni joriy etilishidagi buyruqlarning mavjudligi, ularning bajarilishi. Konsturuktorlik-texnologik hujjatlarning sifati, mavjudligi, ularga amal qilinish holatlari va x.k.
Tekshiruv haqidagi buyruq chiqqanidan so‘ng zarur namunalar tanlab olinadi va nazorat boshlanadi.
3. Mahsulot yoki buyumni ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan standart, texnik shart va texnologik reglamentlarga rioya qilinishning to‘g‘ri kelishligi. Texnologik reglamentlarning buzilmaganligi, texnalogik xaritaga mosligi nazorat qilinadi.
4. Mahsulot sifati nazorati bo‘yicha barcha omillarni o‘lchov asboblarining metrologik holati tekshiriladi.
5. Qo‘llanilayotgan standart talablarining buzulmaganligi, uni takomillashtirish borasidagi yangi standartlarni qo‘llanilish rejalarining mavjudligi nazorat qilinadi.
6. Barcha tekshirilgan jarayonlar ma’lumotlarni umumlashtirilganligi haqida aktlar tuzilib imzolanadi va ular tegishliy joyga taqdim etiladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə