1
Surulmalar va ularning oqibatilari
Kirish……………………………………………………….2
1. Tabiiy ofatlar haqida ma’lumot……………..………………………….3
2. Er silkinishi va uning oqibatlari………………………………………..4
3. Suv toshqini va uning talofatlari……………………………………….9
4. Er surilishi, uning sabablari va talofotlari…………………………..20
5. Kuchli shamol, qurg‘oqchilik va uning oqibatlari…...……………..25
6. Sel, uning xususiyatlari va talofotlari………….…………………….29
Xulosa……………………………………………………………………..32
Foydalangan adabiyotlar………………………………………………33
2
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi:
1973 yili Respublikamizning, Ohangaron
vodiysida kuzatilgan tog‘ jinslarining surilishi XX asrning eng kuchli er surilishi
hisoblanib, uni adabiyotlarda «ATCHI» surilishi deb nomlanadi.Tog‘
jinslari
qatlamlarini qiya sath bo‘ylab o‘z og‘irligi, gidrodinamik, gidrostatik, seysmik
kuchlar ta’sirida surilishiga er surilishi deyiladi.
Kurs ishining maqsadi:
Er surilishining
vujudga kelish qonuniyatlarini,
ularning dinamikasini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Bu – qurilish ishlarini olib
borish sharoitini aniqlashda, xalq xo‘jalik inshoatlarini va inson hayotini saqlashda
muhim omil hisoblanadi. Er surilishi oqibatida xalq xo‘jaligi katta zarar ko‘radi,
ba’zi yirik inshoatlar, yo‘llar bir necha
yuz metrga surilib tashlanadi, katta-katta
ekin maydonlari foydalanishga butunlay yaroqsiz bo‘lib qoladi,
butun-butun
qishloqlar, shaharlar vayron bo‘ladi, minglab kishilar boshpanasiz qoladi,
halokatga uchraydi.
Kurs ishining vazifalari:
Er surilishi - tog‘
jinsining surilish tezligi, hamda
suriluvchi tog‘ jinsini miqyos darajasiga ko‘ra turli xilda bo‘lishi mumkin.
Jumladan, tog‘ jinsining
surilish tezligi sekin, o‘rtacha va kuchli xillari bo‘lib,
birinchisida surilish bir necha santimetrga, o‘rtacha
surilishda bir necha metrga,
kuchli bo‘lganda esa tog‘ jinslari soatiga bir necha kilometrga suriladi. Ayni kuchli
er surilishi halokatli bo‘lib, ko‘plab odamlarning o‘limi kuzatiladi. Er surilishida
suriluvchi tog‘ jinsi massasi bir necha million, ba’zan milliard kub metrga etadi.
Amerika mutaxassisi F. Jensning ma’lumotiga ko‘ra, AQShda tog‘ jinslari
surilishlari va cho‘kish hodisasi natijasida 1925-1971 yillar mobayinida 75 mld.
dollar zarar ko‘rilgan, bu esa yiliga 1,63 mld. dollar mablag‘ni yo‘qotish demakdir.
Markaziy Osiyo Respublikalari hududlarida ham hozirgi kungacha ko‘pdan ko‘p
er surilishlari kuzatilgan. Jumladan, 1911 yil 18 fevral kuni Pomirning Muzko‘l
tog‘ tizmasida 9 ballik er silkinishi natijasida Usoy er surilishi sodir bo‘lgan. Bu er
silkinish ta’sirida 2,5 km
3
g‘ovak tog‘ jinsi Murg‘ab daryosiga surilib tushgan.
Bunda surilish 2,5 km masofani bosib o‘tib daryo o‘zanini to‘sib qo‘ygan.