Surulmalar va ularning oqibatilari



Yüklə 238,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix30.12.2023
ölçüsü238,52 Kb.
#167775
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Surulmalar va ularning oqibatilari




Surulmalar va ularning oqibatilari 
Kirish……………………………………………………….2 
1. Tabiiy ofatlar haqida ma’lumot……………..………………………….3 
2. Er silkinishi va uning oqibatlari………………………………………..4 
3. Suv toshqini va uning talofatlari……………………………………….9 
4. Er surilishi, uning sabablari va talofotlari…………………………..20 
5. Kuchli shamol, qurg‘oqchilik va uning oqibatlari…...……………..25 
6. Sel, uning xususiyatlari va talofotlari………….…………………….29 
Xulosa……………………………………………………………………..32 
Foydalangan adabiyotlar………………………………………………33 



KIRISH 
Kurs ishining dolzarbligi:
1973 yili Respublikamizning, Ohangaron 
vodiysida kuzatilgan tog‘ jinslarining surilishi XX asrning eng kuchli er surilishi 
hisoblanib, uni adabiyotlarda «ATCHI» surilishi deb nomlanadi.Tog‘ jinslari 
qatlamlarini qiya sath bo‘ylab o‘z og‘irligi, gidrodinamik, gidrostatik, seysmik 
kuchlar ta’sirida surilishiga er surilishi deyiladi.
Kurs ishining maqsadi:
Er surilishining vujudga kelish qonuniyatlarini
ularning dinamikasini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Bu – qurilish ishlarini olib 
borish sharoitini aniqlashda, xalq xo‘jalik inshoatlarini va inson hayotini saqlashda 
muhim omil hisoblanadi. Er surilishi oqibatida xalq xo‘jaligi katta zarar ko‘radi, 
ba’zi yirik inshoatlar, yo‘llar bir necha yuz metrga surilib tashlanadi, katta-katta 
ekin maydonlari foydalanishga butunlay yaroqsiz bo‘lib qoladi, butun-butun 
qishloqlar, shaharlar vayron bo‘ladi, minglab kishilar boshpanasiz qoladi, 
halokatga uchraydi.
Kurs ishining vazifalari: 
Er surilishi - tog‘ jinsining surilish tezligi, hamda 
suriluvchi tog‘ jinsini miqyos darajasiga ko‘ra turli xilda bo‘lishi mumkin. 
Jumladan, tog‘ jinsining surilish tezligi sekin, o‘rtacha va kuchli xillari bo‘lib, 
birinchisida surilish bir necha santimetrga, o‘rtacha surilishda bir necha metrga
kuchli bo‘lganda esa tog‘ jinslari soatiga bir necha kilometrga suriladi. Ayni kuchli 
er surilishi halokatli bo‘lib, ko‘plab odamlarning o‘limi kuzatiladi. Er surilishida 
suriluvchi tog‘ jinsi massasi bir necha million, ba’zan milliard kub metrga etadi.
Amerika mutaxassisi F. Jensning ma’lumotiga ko‘ra, AQShda tog‘ jinslari 
surilishlari va cho‘kish hodisasi natijasida 1925-1971 yillar mobayinida 75 mld. 
dollar zarar ko‘rilgan, bu esa yiliga 1,63 mld. dollar mablag‘ni yo‘qotish demakdir.
Markaziy Osiyo Respublikalari hududlarida ham hozirgi kungacha ko‘pdan ko‘p 
er surilishlari kuzatilgan. Jumladan, 1911 yil 18 fevral kuni Pomirning Muzko‘l 
tog‘ tizmasida 9 ballik er silkinishi natijasida Usoy er surilishi sodir bo‘lgan. Bu er 
silkinish ta’sirida 2,5 km
3
g‘ovak tog‘ jinsi Murg‘ab daryosiga surilib tushgan. 
Bunda surilish 2,5 km masofani bosib o‘tib daryo o‘zanini to‘sib qo‘ygan.




Yüklə 238,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə