Surulmalar va ularning oqibatilari



Yüklə 238,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix30.12.2023
ölçüsü238,52 Kb.
#167775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Surulmalar va ularning oqibatilari

A
T

;
Bundan: α - seysmik to‘lqin tezlanishi, m/s
2
;
A - tog‘ jinsi zarrachasi tezlanish amplitudasi, mm; T - seysmik tebranish 
davri, s;
π=3,14

Epits
entr
Gipotsentr 



Epitsentrda tog‘ jinsi zarrachalarining seysmik tezlanishini, u erda sodir bo‘lgan 
o‘zgarishlarga (buzilish, yorilish, vayron bo‘lish va x.k.) taqqoslangan holda 
Rossiya Fanlar Akademiyasi olimlari tomonidan er silkinishining kuchini 
«ballarda» baholash shkalasi ishlab chiqilib, hozirda bu uslub hamma MDX ga 
kiruvchi davlatlarda jumladan, O‘zbekistonda MSK (Medved’ev, Shponxoer va 
Karnik) nomi bilan qo‘llaniladi. Tuproq zarralarining tebranma harakat 
intensivligi, silkinish o‘chog‘i chuqurligiga, magnitudaga, epitsentrdan uzoq 
yaqinligiga, tuproqning geologik tuzilishiga va boshqa faktorlarga bog‘liq.
Ikkinchi o‘lchov birligi bu Rixter shkalasi bo‘yicha Magnituda (M) hisoblanadi. 
Magnituda shkalasi 1935 yilda Amerika seysmologi Ch. Rixter tomonidan taklif 
qilingan.
Magnituda er silkinishining umumiy energiyasini ko‘rsatib, u erning maksimal 
surilish amplitudasining logarifmini belgilaydi va mikronlarda aniqlanadi. 
Magnituda-gipotsentrdan ajralib chiqqan energiyaga proportsional kattalik 
hisoblanib, uning maksimal qiymati 9 M gacha bo‘ladi.
Er silkinishining umumiy energiya miqdori quyidagi formula bilan topiladi:
E = π ς

• •

• 
⎛⎜

⎞⎟
2



Bu erda : 
ς
- er silkinish gipotsentridagi mavjud tog‘ jins-larining zichligi,
g/sm
2
;
V - tog‘ jinslarida seysmik to‘lqinlarining tarqa-lish tezligi, m/soniya;
A - tog‘ jinsi zarrachasi tezlanish amplitudasi, mm; T- seysmik tebranish davri, 
soniya;
π=3,14
 
Bu energiyaning (E) miqdori ba’zan shunchalik katta bo‘ladiki, hatto, yuz 
mingta vodorod bombasini portlatish oqibatida ajraladigan energiya quvvatiga teng 
kelishi mumkin.
Er silkinishida magnitudaning har birlikka ortishi, 10 barobar er tebranish 
amplitudasining ortishiga (tuproqning surilishi), hamda 30 barobar er silkinish 
energiyasining ortishiga olib keladi.


10 
Masalan, Mq5 dan Mq7 gacha o‘zgarganda, tuproqning surilishi 100 barobarga, 
er silkinish energiyasi esa 900 barobarga ortadi.
MSK - 64 (bal) va Rixter (M) shkalalari orasidagi farq taxminan 2,5 ni tashkil 
etadi.
Yuqorida aytilganidek, er silkinishida katta moddiy yuqotish hamda minglab 
odamlar o‘limi yuz beradi. Masalan, 1990 yilda Erondagi 8 balli er qimirlashi 
oqibatida 50 ming odam o‘lib, 1 mln ga yaqin odamlar esa, qon yo‘qotib, jarohat 
olganlar. Xuddi shunday holat 1988 yil 7 dekabrda Armanistondagi er qimirlashida 
ham kuzatildi. U erda juda katta kuch bilan (10,5 ball) er silkingan va oqibatda 25 
ming odam o‘lgan. Bunda 8 mln kv.m uy joy yo‘q bo‘lib ketdi, 514 ming kishi 
boshpanasiz qolgan. Er ostida qolganlardan 15250 kishi qutqarilgan. Er silkinish 4 
ta katta shaharlarni Leninakan, Kirovokan, Spitak va Stepanavan hamda 58 ta 
yashash punktlarini o‘z ichiga olgan. Shulardan 1500 ta qishloq vayron bo‘lgan, 12 
ta shahar shikastlandi, shulardan 3 tasi batamom vayron bo‘lib ketgan.
Bulardan tashqari sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari deyarli izdan chiqqan, 
avtomobil va temir yo‘llarning ko‘p qismi, aloqa, ko‘priklar yaroqsiz holga kelgan.
Bu tabiiy ofat munosabati bilan dunyoning turli burchaklaridan, jumladan 
O‘zbekistondan ham yordam kuchlari kelib, u erdagi jabrlangan xalqqa moddiy va 
ma’naviy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, fuqarolar mudofaasi organlari (sobiq 
itfoq mudofaa vazirligiga qarashli) tomonidan 23000 ko‘p kishilar safarbar etilib, 
ular xizmatida 3000 dan ortiq turli hildagi texnikalar ishtirok etgan. Juda katta 
miqyosdagi tabobat xizmati armiyasi ham yordam ko‘rsatdi. Xattoki er ostida, 
inshoatlar tagida qolgan odamlarni qutqarish uchun chet ellar - Angliya, Frantsiya, 
Shveytsariya va boshqa davlatlardan mutaxassislar kelib yordam berganlar.
Xuddi shunga o‘xshash holat 1966 yildagi Toshkent zilzilasida ham kuzatilgan. 
Unda 8 balli silkinish sodir bo‘lib, imoratlarga, katta qurilishlarga ziyon etgan. 
Silkinishlar bir necha kungacha vaqti-vaqti bilan takrorlknib turgan. Buning 
oqibatida 78 ming oila boshpanasiz qolgan, 2 mln. kvadrat metr erdagi turar joylar, 
7600 o‘rinli maktablar, 2400 o‘rinli maktabgacha tarbiya muassalari ishdan 


11 
chiqqan, 690 savdo va 84 turli korxona idoralari ziyon ko‘rgan. O‘sha vaqtda 
moddiy zarar miqdori xech qaerda yozilmagan edi.
Fuqaro mudofaalari va xorijiy tashkilotlarning ko‘rilgan zararni bartaraf etish 
borasida ko‘rsatgan sa’y-harakatlarini xalqimiz hech qachon unutmaydi.
Er silkinishi keltiradigan talofot inshoatning turiga, konstruktsiyasiga bog‘liq 
bo‘lishi bilan bir qatorda, qurilish maydonlarining muxandis-geologik sharoitiga, 
ya’ni tog‘ jinslari turlarining mustahkamligi darajasiga, xossa va xususiyatlariga 
bog‘liq. Masalan, 1966 yili Toshkent shahrida bo‘lgan silkinish natijasida 
shaharning er osti suvlari sathi er yuzasiga yaqin bo‘lgan pastqam joylarga 
joylashgan imoratlar kuchli talofot ko‘rdi. Shundan keyin 1966 yili shahar 
hududida qayta muxandis-geologik xaritalash ishlari o‘tkazilib, shahar markazi 
tuproq sharoiti nuqtai nazaridan 9 ballik mintaqaga o‘tkazildi. Bu degan so‘z, 9 
ballik mintaqada quriladigan inshoatlar konstruktsiyasiga va usuliga ma’lum 
talablar qo‘yish va ularni bajarishni talab qiladi.
Seysmoaktiv xududlarda qurilish ishlarini olib borishda davlat tomonidan 
tasdiqlangan qonun - qoidalarga, talablarga rioya qilinmog‘i zarur. Ya’ni shahar 
qurilishida imoratlarning balandligiga va shakliga katta talablar qo‘yiladi, ular 
quyidagilardan iborat:

shahar xududida katta-katta ochiq maydonlarning bo‘lishi, ya’ni silkinish 
sodir bo‘lgan taqdirda va undan keyin odamlarning yashashi uchun engil 
qurilmalar qurish uchun xavfsiz joy zarur;

suv havzalarining bo‘lishi, ya’ni zilzila vaqtida chiqishi mumkin bo‘lgan 
yong‘inlarni o‘chirish maqsadida foydalanish uchun suv zahirasiga ega bo‘lish;

inshoatlar orasidagi masofa, inshoat balandligidan 1,5 martda katta bo‘lishi, 
chunki imorat talofot ko‘rganda bir-biriga ta’sir qilmasligi kerak.

Yüklə 238,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə