Surulmalar va ularning oqibatilari


Inshoatlarni er silkinishiga bardosh berish xususiyatiga ko‘ra 3 guruhga



Yüklə 238,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix30.12.2023
ölçüsü238,52 Kb.
#167775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Surulmalar va ularning oqibatilari

Inshoatlarni er silkinishiga bardosh berish xususiyatiga ko‘ra 3 guruhga 
bo‘linadi: 
• 
A - 7 balgacha chidaydigan kuchsiz seysmochidamli uylar. Bunga 
tuproqdan, g‘ishtdan qurilgan uylar kiradi.


12 
• 
B - 8 balgacha chidaydigan uylar. Bu xildagi uylar har xil yog‘och 
karkaslardan tayyorlanadi (sinchi uylar).
• 
V - 9 balgacha chidaydigan seysmochidamli uylar. Bu xildagi uylarga katta
metall karkaslardan tayyorlanadigan, temir-beton konstruktsiyalardan qurilgan 
inshoatlar kiradi.
Er silkinishining oqibatlarini tugatishda ishga yaroqli har bir kishi ishtirok etishi 
zarur va quyidagi ishlar birlamchi ishlar hisoblanadi:
• 
er tagida qolgan, buzilgan va yong‘inli uyda qolgan odamlarni qutqarish;
• 
ishlab 
chiqarish, 
kommunal-energetik 
tizimlarda sodir bo‘ladigan 
avariyalarni to‘sish va to‘g‘rilash (chunki bular inson hayotiga xavf soladi);
• 
buzilgan uylarni, inshoatlarni tiklash;
• 
talofat ko‘rganlarga tabobat yordami ko‘rsatish punktlarini tayyorlash;
• 
er silkinish o‘chog‘ida suv ta’minotini tiklash;
Albatta, mana shu ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan har bir odam ehtiyot 
choralarini ko‘rgan holda, kerakli joylarda shaxsiy himoya vositalardan 
foydalanishlari zarur. Hech qanday o‘zboshimchalik, belgilanmagan choratadbirlar 
va hatti-harakatlarni amalga oshirish man etiladi.
Er silkinishi boshqa turdagi tabiiy ofatlarni, falokatlarni: masalan, er surilishi, 
suv toshqini, qor ko‘chkisi, yong‘in chiqishi hamda avariyalarni: kommunal-
energetik tizimlarni izdan chiqishi, kimyo sanoati korxonalarida avariya natijasida 
KTZMlarning tashqariga to‘kilishi, AESlarda radioaktiv moddalarni atmosferaga 
chiqishi va boshqa xavfli ofatlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ammo, hozirgacha er silkinishini aniq vaqtini va joyini ayta oladigan uslub 
yo‘q. Lekin erning tavsifli xususiyatlari, tirik mavjudodlarning hatti-harakatlari 
o‘zgarishiga qarab olimlar er silkinishi xaqida mayyam ma’lumotlarni beradilar.
Er silkinishini belgilaydigan ayrim ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat: kuchsiz 
tebranish chastotasini keskin o‘sishi, er deformatsiyalanishi, tog‘ jinslarining elektr 
qarshiligi o‘zgarishi, er osti suvlar sathining ko‘tarilishi, er osti suvlarida radon 
miqdorining ortishi va boshqa o‘zgarishlar.


13 
Bulardan tashqari er silkinishi oldidan uy hayvonlarining hatti-harakatlari ham 
o‘zgaradi. Masalan, mushuklar tashqariga chiqib ketadilar, qushlar o‘z uyalaridan 
uchib chiqadilar, chorva mollar juda bezovta bo‘lib qoladilar va boshqalar.
Fan va texnikaning rivojlanishi so‘zsiz er silkinishini oldindan bashorat qilish 
imkoniyatini beradi. Jumladan, yuqorida ta’kidlanganidek er osti suvlarida er 
silkinishidan oldin radon gazi miqdorini oshish qonunini birinchi bo‘lib o‘zbek 
olimi §.Mavlonov tomonidan aniqlangan va bu qonuniyat Toshkent zilzilasi 
oqibatlarini o‘rganishda o‘z tasdig‘ini topdi.
Hozirgi kunda bu usul bilan Respublikamizda va Markaziy Osiyo davlatlarida 
ro‘y bergan bir necha zilzilalar bashorat qilindi va ular tasdiqlandi.
O‘zbekiston olimlarining bunday kashfiyoti bilan qiziqib Amerika olimi O. Jems 
shunday degan edi: «Yaqin kunlarda o‘zbek mutaxassislari zilzila haqidagi 
bashoratni xuddi iqlim sharoitini bashorat qilgandek radio orqali e’lon qilish 
darajasiga etib boradilar». Lekin bu erda shuni aytib o‘tish kerakki, er silkinishni 
oldindan bashorat qilish muammosi hali butunlay hal etilmagan. Bunga birdan-bir 
sabab bu masalaning murakkabligi, ya’ni zaminida er silkinish jarayonini vujudga 
keltiradigan gipotsentr-o‘choqning nihoyatda yashirinligi hamda shu «o‘choqda» 
yig‘ilgan va er silkinishiga olib keladigan energiyaning hamda uning sodir bo‘lish 
qonuniyatlarini hali etarlicha bilmasligimizdadir.
Er silkinish ofatidan muhofaza qilishning bir usuli bu oldindan seysmoaktiv 
mintaqalarni belgilash hisoblanadi. Bunda insonlar uchun, xalq xo‘jaligi tarmoqlari 
uchun xavfli bo‘lgan 7-8 balli yuqori er silkinishi mumkin bo‘lgan joylarni 
belgilab xarita tuziladi. Mana shunday seysmoaktiv mintaqalarda oldindan turli 
muhofaza omillari ko‘rilib, inshoatlarni qurish, ta’minlash va ba’zi xavfli ishlab 
chiqarish tarmoqlarini (kimyo zavodlari, AESlar va shunga o‘xshash korxonalarni) 
hatto to‘xtatish ishlari amalga oshiriladi.
Shunday ishlar, ya’ni O‘zbekistonning seysmoaktiv xududlari xaritasi 1977 
yilgacha amal qilib keldi va hozirgi kunda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining 
seysmologiya instituti tomonidan 1997 yilda O‘zbekistonning yangi seysmoktiv 


14 
xaritasi tuzilib, bunda har bir xududning seysmologik xususiyatlari hisobga 
olingan. Yangi xaritada ko‘rsatilishicha O‘zbekistonning mintaqalarida bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan er silkinishlari belgilangan. Jumladan: Qoraqalpogiston 
Respublikasi - 6 ballgacha; Xorazm va Samarqand viloyatlarida - 7 ballgacha; 
Toshkent, Qarshi, Buxoro, Termez, Namangan, Farg‘ona shaharlarida - 8 
ballgacha; Andijon viloyatida - 9 ballgacha
Shuningdek seysmoaktiv xaritada Toshkent shahri uchun ham 6-9 ballgacha 
bo‘ladigan mikroseysmoaktiv xududlar ham belgilab qo‘yilganki, hozirgi kunda 
mana shu ma’lumotlar asosida Toshkent shahrida maqsadli qurilishlar amalga 
oshirilmoqda.
Shu erda ta’kidlab o‘tish kerakki, Respublikamizda 136 ta shahar mavjud bo‘lib, 
ulardan 13 tasi yirik shaharlar hisoblanadi. Shaharlarda qurilishlar 5 ta kategoriya 
bo‘yicha amalga oshirilib, ular katta kichikligidan qat’iy nazar halqa yo‘li bilan 
belgilanishi zarur. Chunki FVda fuqarolarni faqat tranzit yo‘llari orqali (jumladan 
xalqa yo‘llari orqali) harakat qilishga yo‘naltirilishi lozim.
Shuning uchun har bir korxona rahbari er silkinishi oqibatlarini kamaytirishning 
asosiy tadbirlarini bilishi zarur. Bular quyidagilardan iborat:
• 
hududning seysmik kartasi, unda zilzila bo‘lish ehtimoli bor joylar va uning 
kuchi ko‘rsatiladi ;
• 
zilzilaga bardosh beradigan uylar va sanoat inshoatlarini qurish;
• 
zilzila sodir bo‘lib qolgan holda axoli o‘zini qanday tutishi va hatti-
harakatlar haqida tushuntirish;
• 
seysmik stantsiyalarda uzluksiz navbatchilikni tashkil qilish va olib borish;
• 
zilzilalar haqida aniq xabar va aloqa sistemasini tashkil qilish;
• 
qutqaruv, kuch va vositalarni tayyor holga keltirib qo‘yish;
• 
aholini xavfsiz, o‘z vaqtida evakuatsiya qilish tadbirlarini ishlab chiqish;
• 
moddiy - texnik ta’minoti (plakatlar, oziq-ovqat, dori-darmon) zahiralarini 
tashkil qilish;


15 
• 
zilzila haqida xabar beruvchi belgilarni aholiga tushuntirish va o‘z vaqtida 
qo‘llash.

Yüklə 238,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə