Surulmalar va ularning oqibatilari


 Suv toshqini va uning talofatlari



Yüklə 238,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix30.12.2023
ölçüsü238,52 Kb.
#167775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Surulmalar va ularning oqibatilari

3. Suv toshqini va uning talofatlari 
Suv toshqini ham tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi hisoblanadi. Suv toshqini deb 
daryo, ko‘l, hovuzlardagi suv sathining keskin ko‘tarilishi natijasida ma’lum 
maydonlardagi erlarni suv tagida qolishiga aytiladi.
Suv toshqiniga turli omillar sababchi bo‘ladi:
• 
kuchli yomg‘ir yog‘ish oqibatida (jala, sel quyishi);
• 
qorlarni surunkali erishi natijasida;
• 
kuchli shamol esishi natijasida;
• 
oqar daryolardagi muzliklarni yig‘ilib, sun’iy to‘g‘on hosil qilishi;
• 
tog‘ jinslarining nurashi, surilishi yoki boshqa sabablar bilan suv saqlash 
omborlarining buzilishi oqibatida.
Kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida suvlarni sathi keskin ko‘tarilib, daryo, 
ko‘llarga sig‘maydi va natijada ekin maydonlarni, turar-joy massivlarini, yo‘llarni 
suv bosadi va ularni izdan chiqaradi. Bulardan tashqari elektr energiya, aloqa 
uzatgichlar, melliorativ tizimlar ishdan chiqadi, chorva mollari, qishloq xo‘jalik 
ekinlari yo‘q bo‘lib ketadi, xom ashyolar, yoqilg‘i, oziq-ovqatlar, mineral o‘g‘itlar 
va boshqalar yaroqsiz holga keladi, yoki yo‘q bo‘lib ketadi. Shular natijasida juda 
katta moddiy zarar ko‘rilib, insonlar o‘limi bo‘ladi.
Suv toshqini ofati turli joylarida, jumladan, O‘zbekistonda ham tez-tez bo‘lib 
turadi. Masalan, 1992-1995 yillarda ko‘pgina viloyatlarida Xorazm, Buxoro, 
Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va boshqa joylarda juda katta ekin 
maydonlari suv ostida qolib, oqibatda katta miqdorda moddiy zarar ko‘rildi.
Kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida suv toshqini 1993, 1994, 1995, 2000, 2001 
yillarda Evropa davlatlarida ham kuzatilib, bunda nafaqat moddiy zarar, balki 
hisoblab bo‘lmaydigan ma’naviy zarar-insonlar o‘limi yuz berdi.


17 
Masalan, 1987 yilda Gruziyada 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi uzoq 
vaqt yoqqan yomg‘ir va qor natijasida (qor qalinligi 4-5 m tashkil etgan) suv 
toshqini bo‘lib, bunda ko‘p odamlar halok bo‘ldilar va turli darajada jarohat 
oldilar. Suv toshqinini oqibatida 200 kv km maydon suv ostida qoldi: shulardan 
4400 turar joylar, 16 km temir yo‘l, 1800 km avtomobil yo‘li, 200 km elektr 
tarmoqlari tamoman izdan chiqdi. Falokatdan ko‘rilgan moddiy zarar o‘sha davrda 
300 mln rublni tashkil etdi.
Shunga o‘xshash noxushliklar keyingi yillarda ham dunyoning turli 
burchaklarida sodir bo‘lmoqda. Daryolardagi suvning oqimiga teskari yo‘nalishda 
esadigan kuchli shamol ham uni sathini ko‘tarib yuboradi va natijada suv toshqini 
yuz beradi. Bu xildagi toshqin Leningradda Neva daryosida kuzatilgan. 1997 yil 
noyabrda Vetnamda ham juda kuchli shamol oqibatida suv toshqini bo‘lib, katta 
miqyosdagi uy joylar, moddiy resurslar suv tagida qolib, ko‘pdan-ko‘p odamlar 
halok bo‘lishgan.
Oqar daryolarda suvlarning sathida muzliklar hosil bo‘lishi va bu muzliklar 
yig‘ilib suvning oqimiga qarshi to‘siqlar (to‘g‘on) hosil qilishi natijasida ham suv 
toshqini ro‘y beradi. Bu hildagi toshqin 1992 yilda Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida Amudaryo oqib o‘tadigan uchta rayonda kuzatildi. Bu ofatning 
oldini olish uchun hamma omillar bajarila bordi va oxir-oqibatda harbiy 
samolyotlar yordamida to‘siq bo‘lib turgan muz to‘g‘onlari portlatish yo‘li bilan 
yo‘q qilindi. Bunday holatlardagi suv toshqinlari dunyo miqyosida juda tez-tez 
bo‘lib turadi.
Suv toshqini kanallar va suv saqlaydigan omborlarning turli sabablarga ko‘ra 
ishdan chiqishi oqibatida ham kuzatilishi mumkin. Umuman kanallar, suv 
omborxonalari - suv energiyasi, suv yo‘llari hamda suvning o‘zidan foydalanish 
maqsadida quriladi. Hozirgi kunda MDX davlatlarida suv sig‘imi 1 mln m
3
dan 
ortiq bo‘lgan suv omborlari 1 mingga yaqin bo‘lib, ularning suv sathi 116000 km
2
ga teng. Xuddi shunga o‘xshash O‘zbekistonda ham 53 ta suv saqlaydigan 
omborxonalar qurilgan, ulardan 10 tasi qo‘shni Respublikalari chegarasida 


18 
joylashgan. 
Jumladan, 
Qayroqum, 
Rogun, 
(Tojikiston), 
Tuya-Mo‘yin 
(Turkmaniston), Taxtagul (Qirg‘iziston), Chordar’ya (Qozoqiston) va boshqalarni 
misol qilib keltirish mumkin.
Respublikamizga tegishli bo‘lgan suv omborxonalarida 55,5 mld m
3
dan ortiq
suv saqlanib, ular orqali asosan qishloq xo‘jaligini suv bilan ta’minlab katta 
iqtisodiy samara olinadi. Lekin shu bilan birga bunday gidrotexnik inshoatlar biror 
sabablarga ko‘ra buzilsa, saqlanayotgan suvning ta’siri insonlarga, uy 
hayvonlariga, atrof-muhitga juda katta jiddiy zarar keltiradi. Jumladan, Chorvoq 
suv omborida 2,1 km
3
suv saqlanib, agar u buzilguday bo‘lsa undagi suv 8 m 
qalinlikda 46 km/soat tezlik bilan harakatlanib, Toshkent shahrining 3 ta: 
Bektemir, Xamza, Sergeli tumanlari batamom, boshqa 3 ta - Mirobod, Mirzo 
Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlari esa qisman suv ostida qolib, u erlarda 
yashayotgan fuqarolar hayoti uchun xavf tug‘iladi.
Shunga o‘xshash katta hajmdagi suv Tuya-Muyin suv omborida 5 km
3
dan ortiq, 
Qayroqum suv omborida esa 4 km
3
dan ortiq suv saqlanib, mabodo biror sababga 
ko‘ra ombor qismlari talofot ko‘rsa, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro 
viloyatlarini suv bosadi. Agar Taxtagul suv ombori talofot ko‘rsa (unda 19 km
3
suv 
saqlanadi) butun Farg‘ona vodiysi viloyatlarini suv bosishi extimoli bor. Boshqa 
suv saqlash omborxonalari uchun ham shunga o‘xshash fikrlarni aytish mumkin. 
Shuning uchun suv saqlaydigan omborxonalarni har xil falokatlardan asrash uchun 
hamma turdagi omillar, ehtiyot choralari ko‘rib qo‘yilgan bo‘lishi zarur. Jumladan, 
birlamchi va ikkilamchi saqlovchi platina qurish, har bir platinalar temir betonli 
qorishmalardan tayyorlanishi va boshqa saqlovchi omillar belgilanishi zarur. 
Gidrotexnik inshoatlar quyidagi sabablarga ko‘ra buzilishi mumkin:
• 
kuchli tabiiy hodisalar oqibatida: a) er silkinishi; b) er surilishi; v) kuchli sel 
kelishi; g) kuchli yomg‘ir suvida yuvilib ketishi.
• 
gidrotexnik inshoat-jihozlarining eskirishi va tabiiy parchalanish oqibatida;
• 
gidrotexnik inshoatlarni loyihalashda va qurishda yo‘l qo‘yiladigan 
xatoliklar oqibatida;


19 
• 
gidrotexnik inshoatlardan noto‘g‘ri foydalanish va qoidalarining buzilishi 
oqibatida.
Umuman, suv toshqiniga qarshi qo‘llaniladigan omillar quyidagilardan iborat: 
daryolardagi suvni sarflanish darajasini oshirish, ya’ni uni taqsimlash 
(daraxtzorlarga quyib yuborish, suv oqimiga qarshi erlarni ko‘ndalang qilib chuqur 
haydash va boshqalar) hamda daryo qirg‘oqlarini ko‘tarish hisoblanadi.
Suv toshqini ofatidan halqni o‘z vaqtida ogoh etish, fuqarolarni, moddiy 
resurslarni va qishloq xo‘jalik hayvonlarini xavfsiz joyga evakuatsiya qilish ham 
eng muhim ishlardan hisoblanadi.
Evakuatsiyadan oldin har bir fuqaro o‘zi yashayotgan uylarni xavfsiz holatda 
qoldirishi (gaz, suv, elektr tarmoqlarini o‘chirish, kerakli ish qurollarni uylarning 
yuqori qavatlariga qo‘yishlari, deraza va eshiklarni mahkamlab berkitishlari zarur) 
va o‘zi bilan kerakli hujjatlarni, pullarni, hamda egulik ovqat va ichadigan suvlarni 
olishlari zarur.
Suv toshqinida qolgan odamlar turli xavfsirashlarga berilmasliklari va suv oqimi 
bo‘yicha past sathli qirg‘oq tomon suzishlari kerak. Suv toshqini paytida ma’lum 
qism odamlar (qutqaruvchilar) shu falokat xududida qolib, imkoni boricha 
qilinadigan ishlarni bajarishlari zarur. Ammo ular suv ostida qolgan ovqatlarni 
emasliklari, suv ichmasliklari kerak.
Yashash joylarida elektr jihozlardan foydalanmasliklari lozim, chunki elektr 
ta’minot simlari qo‘llanganda kichik qarshilik bo‘lishi natijasida yong‘inlar 
chiqishiga olib keladi. Suv toshqini o‘tib bo‘lgandan keyin fuqarolar o‘zlarining 
doimiy yashash joylariga qaytib kelib, toshqin oqibatlarini bartaraf etish 
choratadbirlarini boshlab yuboradilar. Ular quyidagilardan iborat:
• 
suv bosgan joylardagi suvni chiqarib tashlash va quritish;
• 
uylarning erto‘lalaridagi suvlarni chiqarib tashlash;
• 
toshqin natijasida buzilgan joylarni: maishiy-energetik tarmoqlarni, 
yo‘llarni, ko‘priklarni va boshqalarni qayta tiklash;
• 
qayta tiklab bo‘lmaydigan inshoatlarni, uylarni yiqitish va ularni tozalash;


20 
• 
ekinzorlarni suvdan tozalash.
Yuqoridagi tadbirlar fuqarolar muhofazasi shtabi va uning tizimlari 
boshchiligida halq ommasi ishtirokida amalga oshiriladi.

Yüklə 238,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə