Surulmalar va ularning oqibatilari


 Er silkinishi va uning oqibatlari



Yüklə 238,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix30.12.2023
ölçüsü238,52 Kb.
#167775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Surulmalar va ularning oqibatilari

2. Er silkinishi va uning oqibatlari 
Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi va daxshatlisi bu - er silkinishidir. Er silkinishi 
- er osti zarbasi va er ustki qatlamining tebranishi bo‘lib, tabiiy ofatlar, texnologik 
jarayonlar tufayli yuzaga keladi. Er ostki zarbasining paydo bo‘lishi o‘chog‘i, 



erning ostki qatlamidagi uzoq vaqt yig‘ilib qolgan energiyaning ozod bo‘lish 
jarayoni tufayli yuzaga keladi. O‘choqning ichki qismi markazi gipotsentr deyiladi
erni ustki qismidagi markaz epitsentr deyiladi.
Er silkinishi yuzaga kelish sabablariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

tektonik zilzilalar;

vulqon zilzilalari;

ag‘darilish, o‘pirilish zilzilalari;

texnogen (insonning muxandislik faoliyati bilan bog‘liq) zilzilalar.
Yuqorida qayd etilgan er silkinish turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va 
eng ko‘p talofat keltiradigani tektonik er silkinishidir.
Bunday er silkinishlar haqida gap ketganda litosfera o‘ramlarida bo‘ladigan 
harakat (tektonik kuchlar) tushuniladi.
Qiya sathlarida tog‘ jinslarining katta bo‘laklarini ag‘darilishi, yoki tog‘larning 
o‘pirilishi natijasida yuzaga keluvchi er silkinishlar ag‘darilish zilzilalari deyiladi. 
Bu er silkinishining tarqalish maydoni kichik, ko‘p hollarda talofotsiz bo‘ladi.
Vulqon jarayoni, ya’ni er ostidagi magmani vulqon kanali orqali er yuzasiga 
chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan er silkinishiga vulqoniy er silkinishi deb ataladi. 
Bunday er silkinish vulqonning faollashishi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli 
aksariyat ko‘p hollarda ular aniq bashorat qilinadi. Shuning uchun uning 
keltiradigan talofoti deyarli kuchli bo‘lmaydi.
Insonning muxandislik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan er silkinishlar asosan 
oxirgi yillarda hisobga olinmoqda. Bunday er silkinish yirik suv omborlari vujudga 
kelgan xududlarda, gaz, neft mahsulotlarining er ostidan so‘rib olinishi, jarayoni 
amalga oshgan maydonlarda yuz bermoqda.
Inson o‘zining muxandislik faoliyati bilan er osti komponentlariga muayyan 
ta’sir etishi, u yoki bu darajada o‘zgartirishi er silkinishining vujudga kelishiga 
sabab bo‘lmoqda. Daryo vodiylariga to‘g‘onlarning qurilishi natijasida maydoni 
bir necha ming km
2
, xajmi bir necha yuz km
3
dan katta bo‘lgan (masalan, Chorvoq
suv omborining umumiy xajmi 2,1 mld m
3
, suv sathi maydoni 3640 ga teng) suv 



omborlari vujudga kelmoqda. Er qa’rida 4000-5000 m chuqurlikda yotgan gaz, 
neft er sathiga so‘rib chiqarilmoqda, er ostida uzoq geologik davrlar mobaynida 
yotgan ko‘mir ana shu er qa’rida yondirilib gazga aylantirib olinmoqda. Vaqtincha 
saqlash maqsadida ba’zan er osti g‘orlprigp, handaqlarga va tog‘ jinslari 
g‘ovaklariga gaz, neft mahsulotlari yuqori bosim ostida kiritilmoqda, juda katta 
miqdordagi mineral suvlar er ostidan chiqarib olinmoqda. Er qa’rining odamlar 
ta’sir etish joylarida yig‘ilayotgan energiya miqdorining u yoki bu darajada oshishi 
yoki kamayishi oqibatida sodir bo‘lgan er silkinishlar Xindiston, AQSH, 
O‘zbekistonda kuzatilganligi fandan ma’lum. Jumladan, Chorvoq suv ombori 
qurilib bo‘lingandan keyin bu xududda bir necha marta er silkinishlar bo‘lib 
o‘tgan. Tekshirishlarning ko‘rsatishicha, bu er silkinishlar o‘zlarining tayyorlanish, 
sodir bo‘lish mexanizmlari bilan Chorvoq suv omboriga yig‘ilgan suvning miqdori 
va yig‘ilgan suvni suv omboridan chiqarilish tezligi bilan bog‘liq holda yuz berishi 
kuzatilgan. Bunga birinchidan, suv omborining 2,1 mld m
3
dan ortiq suv bilan 
to‘latilishi jarayonida, ombor tubida yotuvchi tog‘ jinslarining siqilishi va 
taranglashishi oqibatida yuz beradigan mikrosiniqlar, darz ketishlar va ularning 
nisbiy harakati sabab bo‘lsa, ikkinchidan, suvni suv omboridan bir me’yorida 
chiqarilmasligi va tog‘ jinslariga ta’sir qiluvchi kuchlarning nomutanosib holatda 
bo‘shatilishi, o‘zgarishi sabab bo‘lgan.
Respublikamizning g‘arbiy xududida 1976, 1984 yillarda yuz bergan 8-10 balli 
Gazlidagi er silkinishlarini ba’zi olimlar ana shu hududdagi mavjud gaz konlari va 
ulardan gazni so‘rib olish jarayoni bilan bog‘lashadi. 1976 yildagi Gazli er 
silkinishining gipotsentri (zilzila o‘chog‘i, litosferaning ma’lum chuqurlikdagi tog‘ 
jinslari qatlamlarining uzilishi, surilish joyi) er qobig‘ining 5-25 km chuqur 
oralig‘ida, 1984 yilgi er silkinishida esa 50-200 km oralig‘ida joylashgan. Er 
silkinish hodisasini vujudga keltiruvchi energiyaning yig‘ilishi, sarflanish darajasi, 
silkinish hududlaridan so‘rib olingan gazning miqdori, er qa’ri tog‘ jinsi 
qatlamlariga tushayotgan tabiiy bosimning mutanosibligini ma’lum darajada 
buzilganligini oqibati zilzilaning sodir bo‘lish vaqtini tezlashtiradi.



Zilzila turlaridan eng xavflisi (talofotlisi) tektonik zilzila hisoblanadi. Ma’lumki, 
har yili planetamizda 100000 dan ortiq er silkinishlarni seysmik asboblar 
(seysmograflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojiali bo‘lib, imorat 
va inshoatlarning buzilishiga, er yuzasida yoriqlarning paydo bo‘lishiga, ming-
minglab insonlar yostig‘ining qurishiga olib keladi.
Er silkinish o‘chog‘i gipotsentrning joylashgan chuqurligi bo‘yicha: yuza - 70 
km gacha, o‘rta - 70-300 km va chuqur - 300 km dan pastda «mantiya» qatlamida 
vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin. Respublikamizda kuzatiladigan 
zilzilalarning o‘chog‘i asosan 70 km gacha chuqurliklarda joylashganligi qayd 
etilgan.
Mantiyadagi katta bosim yoki portlashlar tufayli zilzila o‘chog‘i vujudga keladi, 
natijada katta kuchlanishlar paydo bo‘ladi, bular o‘z navbatida erning ustki 
qatlamining tebranishiga olib keladi. Gipotsentrdan hamma tarafga, qaytar seysmik 
to‘lqinlar tarqaladi, ular asosan uzunasiga va ko‘ndalang turlariga bo‘linadi. Er 
ostidan uzunasiga tarqalayotgan (vertikal tarzda) to‘lqinlar o‘z yo‘nalishi bo‘yicha 
navbatma-navbat er po‘stlog‘ini siqib, er yuzasiga chiqqanda tovush chiqaradi. Bu 
esa er silkinish oldidan chiqadigan tovushning o‘zginasidir. Ko‘ndalang to‘lqinlar 
(gorizontal) er yuzasiga chiqib zilzila to‘lqinlarini vujudga keltiradi va epitsentrdan 
barcha taraflarga tarqaladilar.
Kuchli er silkinishi oqibatida erning yaxlitligi, butunligi o‘zgaradi, inshoatlar
jixozlar buziladi, kommunal-energetik qismlar ishdan chiqishi, insonlar o‘limi yuz 
beradi. Er silkinishi ko‘pchilik hollarda ma’lum intensivlikda chiqadigan tovush 
bilan yuz beradi va uning past-balandligi er qimirlashning kuchiga bog‘liq. Er 
qimirlashning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: er silkinish 
o‘chog‘ining chuqurligi, silkinish amplitudasi va er silkinishining intensiv 
energiyasi.



Uzoq tarixiy saboq, ya’ni er silkinishi kishilarni ruhiy holatiga bo‘lgan ta’siri, 
imorat va inshoatlarning buzilishi, vayron qilinishi, er yuzasida vujudga kelgan 
o‘zgarishlar (er sathida yoriqlar va buloqlarning paydo bo‘lishi) yuz bergan 
hodisalarning kuchini baholashga o‘rgatgan. Natijada nisbiy baholash shkalasi 
paydo bo‘lgan.
Zilzila kuchi ikki xil o‘lchov birligida o‘lchanadi. 1. Ballarda;
2. Magnitudada.
Dunyoni juda ko‘p davlatlarida er silkinish kuchi 12 balli Halqaro o‘lchov 
birligida o‘lchanadi.
Ball - er yuzasining tebranma harakat darajasini ko‘rsatadi. Silkinish kuchini 
ballarda o‘lchashda «seysmograf»lardan foydalanib, tog‘ jinsi zarrachalarining 
tebranma xarakat tezligi topiladi. Ya’ni yozib olingan «seysmogrammalar» orqali 
zarrachalarning tebranish amplitudasi aniqlanadi va shu asosida seysmik to‘lqin 
tezlanishi quyidagi formula orqali hisoblab chiqarish mumkin.
4π2 
α=

Yüklə 238,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə