Surulmalar va ularning oqibatilari


 Tabiiy ofatlar haqida ma’lumot



Yüklə 238,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix30.12.2023
ölçüsü238,52 Kb.
#167775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Surulmalar va ularning oqibatilari

1. Tabiiy ofatlar haqida ma’lumot 
Tabiiy ofat
- bu tabiatda yuz beradigan favquloddagi o‘zgarish bo‘lib, u birdan, 
tezlikda insonlarning mu’tadil yashash, ishlash sharoitlarini buzilishi, odamlarning 
o‘limi hamda qishloq xo‘jalik hayvonlarining, moddiy boyliklarning buzilishi va 
yo‘q bo‘lib ketishi bilan tugaydigan hodisalardir.
Tabiiy ofatlarning turlari xilma-xil: er silkinishi, suv toshqini, kuchli shamol
yong‘in, qurg‘oqchilik, er surilishi va boshqalar. Bu xildagi tabiiy ofatlar bir-biriga 
bog‘liq holda, hamda bog‘liq bo‘lmagan holda, alohida yuzaga kelishi mumkin. 
Ya’ni bir tabiiy ofat boshqa ofat oqibatida yuzaga kelishidir. Masalan, o‘rmonda 
yong‘inlarning kelib chiqishi, tog‘li joylardagi ishlab chiqarish portlashlari, 
karerlarni ishga solishda, platinalar qurishda, erni surilishiga, qorlarni ko‘chishi va 
boshqa ofatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy ofatlar juda katta miqyosda va turli 
vaqtlargacha bir necha soniya, daqiqadan (er surilishi, er silkinishi, qor ko‘chishi) 
bir necha soatlargacha (kuchli qor va yomg‘ir yog‘ishi), xatto kun va oygacha (suv 
toshqini va yong‘in bo‘lishi) cho‘zilishi mumkin.
Lekin bu xildagi tabiiy ofatlar hamma joylarda ham yuzaga kelavermaydi. 
Jumladan, er silkinishi, er surilishi ofatlari ko‘proq tog‘li xududlarda kuzatiladiki, 
buni oqibatida nafaqat insonlar, balki xalk xo‘jaligi tarmoqlari, hatto atrof-muhit 
qattiq shikastlanadi.
Yana kuchli yog‘ingarchilik, qor yog‘ishi natijasida suv toshqini kuzatiladiki, 
oqibatda, fuqarolarning yashash joylari, sanoat korxonalari, temir va magistral 
yo‘llar, gidrotexnik inshoatlar izdan chiqadi.
Xuddi shunga o‘xshash ta’sirlar er surilishi, qor ko‘chishi, qurg‘oqchilik, kuchli 
shamollar ta’sirida ham kuzatilib, oxir oqibatda insonlar katta, ham ma’naviy, ham 
moddiy zarar ko‘radilar.
Ammo, barcha tabiiy ofatning turlari ham hamma joyda kuzatilavermaydi. 
Tabiiy ofatning har qaysi shakllari o‘zlarining fizik ma’nosiga, kelib chiqish 



sabablariga, o‘zlarining tavsifiga, kuchiga va tashqi atrofga ta’sir ko‘rsatish 
xususiyatlariga ega. Bu tabiiy ofatlar bir-biridan farq qilishidan qat’iy nazar, ular 
bir umumiy xususiyatga ega. Ya’ni ularning ta’siri juda keng miqyosda bo‘lib, 
o‘zini o‘rab turgan atrof-muhitga juda katta ta’sir kuchini ko‘rsatadi hamda 
insonlar ruhiyatiga jiddiy zarba beradi.
Shuning uchun, bu tabiiy ofatlarni o‘z vaqtida bilib, uning tavsiflari va sabablari 
aniq o‘rganilsa, bu ofatlarni oldini olish yoki ularning zarar keltirish xususiyatlari 
bir muncha kamaytirilgan bo‘lardi. Shu tariqa tabiiy ofatlardan keyingi qilinadigan 
hatti-harakatlarni va ofat oqibatlarini tezroq hal qilish imkoniyatlariga ega 
bo‘linadi. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash choralaridan biri bu xalqni o‘z vaqtida 
voqif etish hisoblanadi. Bu esa tabiiy ofatdan keladigan zararlarni bir muncha 
kamaytirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Yana tabiiy ofatlar yuz berganda 
xalqqa ma’naviy yordam berish chora-tadbirlari va qilinadigan birlamchi ishlarni 
to‘g‘ri tashkil etish shakllari eng asosiy vazifalardan hisoblanadi. Bu ishlarning 
bosh-qoshida fuqarolar muhofazasi organlari turib, ular ofat yuz bergan joyda 
(urush davrimi, tinchlik davrimi baribir), xalqni bu ofatlardan muhofaza etish va 
falokat yuz bergan joydan hammani behatar joyga ko‘chirish omillarini amalga 
oshiradi. Qaysi erda yuqori intizom, aniq belgilangan chora-tadbirlar bo‘lsa, o‘sha 
erda har qanday ekstremal sharoitlarda xarakat qilish ishlari va ularning natijalari 
yuqori bo‘ladi (ma’naviy talofat va moddiy yo‘qotish).
Yuqorida aytilgan fikrlar tabiiy ofatlar yuz bergan joylarda o‘z natijasini bergan. 
Masalan: Ashxabad, Toshkent, Gazli, Armaniston va boshqa davlatlardagi er 
silkinishlari, Jigariston (O‘zbekiston), Sharoradagi (Tojikiston) er surilishi
Qoraqalpogistondagi, Piskentdagi hamda Bqstonliq tumanlaridagi suv toshqini va 
boshqalar.

Yüklə 238,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə