Surulmalar va ularning oqibatilari


Er silkinishini tavsiflaydigan belgilar quyidagilardan iborat



Yüklə 238,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix30.12.2023
ölçüsü238,52 Kb.
#167775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Surulmalar va ularning oqibatilari

Er silkinishini tavsiflaydigan belgilar quyidagilardan iborat:
• 
er ostki suvlarining fizik-kimyoviy tarkibini o‘zgarishi (labaratoriyada 
aniqlanadi);
• 
qushlar va uy hayvonlarining bezovtalanishi, gaz hidining kelishi, havoda 
chaqmoq chaqishi va yorug‘lik paydo bo‘lishi;
• 
bir-biriga yaqin, lekin tegmayotgan elektr simlaridan uchqun chiqishi
uylarning ichki devorlarida zangori shu’lalar paydo bo‘lishi va lyuminitsent 
lampalarining o‘z-o‘zidan yonishi.
Mana shu belgilarni bilgan har bir fuqaro yoki zilzila haqida habar eshitganda, 
sarosimasiz va ishonchli harakat qilishi kerak. Zilzila haqida oldindan xabar 
berilsa, uyni tashlab chiqishdan avval, gaz va boshqa isitgich asboblarini o‘chirish, 
bolalar va qariyalarga yordam berish, zarur buyumlarni, oziq-ovqat, dori-
darmonlarni va hujjatlarni olib ko‘chaga chiqishlari kerak. Agar zilzila 
kutilmaganda boshlanib qolsa, u holda deraza va eshik oraliqlariga yoki 
ko‘taruvchi ustunlar tagiga turib olish kerak. Dastlabki silkinish zarbasi tinishi 
bilan zudlik bilan tashqariga chiqish kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ko‘p 
qavatli binolarning eng nozik, ishonchsiz joylari zinapoya va lift shaxtalaridir. 
Shuning uchun zilzila boshlangan paytda zinapoyalardan yugurish tavsiya 
etilmaydi va liftlardan foydalanish taqiqlanadi.
Korxona va muassasalarda zilzila paytida ish to‘xtatiladi. Elektr toki suv, gaz va 
bug‘lar to‘xtatilib, fuqarolar muhofazasi qismlaridagi ishchi va xizmatchilar 
oldindan belgilab qo‘yilgan joyga to‘planadilar, boshqalar esa xavfsiz joylarda 
bo‘ladilar.
Zilzila vaqtida uyda bo‘lmagan fuqarolar uyga shoshmasligi, balki o‘sha joy 
rahbarlarining ko‘rsatmalarini diqqat bilan kutib unga rioya qilgan holda harakat 
qilishlari kerak. Zilzila vaqtida jamoat transportini to‘la to‘xtatilishini kutib, oldin 
bolalarni, nogiron va qariyalarni tushirish kerak. Yurib ketayotganda sakrab tushib 


16 
qolish yaramaydi, zilzila vaqtida jabrlanganlarga asosan yordamni fuqarolar 
muhofazasi qismlari beradi, lekin zarur bo‘lgan xollarda aholining ham yordam 
berishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 238,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə