Surulmalar va ularning oqibatilari


 Er surilishi, uning sabablari va talofotlari



Yüklə 238,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix30.12.2023
ölçüsü238,52 Kb.
#167775
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Surulmalar va ularning oqibatilari

4. Er surilishi, uning sabablari va talofotlari 
Tog‘ jinslari qatlamlarini qiya sath bo‘ylab o‘z og‘irligi, gidrodinamik, 
gidrostatik, seysmik kuchlar ta’sirida surilishiga er surilishi deyiladi.
Er surilishining vujudga kelish qonuniyatlarini, ularning dinamikasini o‘rganish 
katta ahamiyatga ega. Bu – qurilish ishlarini olib borish sharoitini aniqlashda, xalq 
xo‘jalik inshoatlarini va inson hayotini saqlashda muhim omil hisoblanadi. Er 
surilishi oqibatida xalq xo‘jaligi katta zarar ko‘radi, ba’zi yirik inshoatlar, yo‘llar 
bir necha yuz metrga surilib tashlanadi, katta-katta ekin maydonlari foydalanishga 
butunlay yaroqsiz bo‘lib qoladi, butun-butun qishloqlar, shaharlar vayron bo‘ladi, 
minglab kishilar boshpanasiz qoladi, halokatga uchraydi.
Er surilishi - tog‘ jinsining surilish tezligi, hamda suriluvchi tog‘ jinsini miqyos 
darajasiga ko‘ra turli xilda bo‘lishi mumkin. Jumladan, tog‘ jinsining surilish 
tezligi sekin, o‘rtacha va kuchli xillari bo‘lib, birinchisida surilish bir necha 
santimetrga, o‘rtacha surilishda bir necha metrga, kuchli bo‘lganda esa tog‘ 
jinslari soatiga bir necha kilometrga suriladi. Ayni kuchli er surilishi halokatli 
bo‘lib, ko‘plab odamlarning o‘limi kuzatiladi. Er surilishida suriluvchi tog‘ jinsi 
massasi bir necha million, ba’zan milliard kub metrga etadi.
Amerika mutaxassisi F. Jensning ma’lumotiga ko‘ra, AQShda tog‘ jinslari 
surilishlari va cho‘kish hodisasi natijasida 1925-1971 yillar mobayinida 75 mld. 
dollar zarar ko‘rilgan, bu esa yiliga 1,63 mld. dollar mablag‘ni yo‘qotish demakdir.
Markaziy Osiyo Respublikalari hududlarida ham hozirgi kungacha ko‘pdan ko‘p 
er surilishlari kuzatilgan. Jumladan, 1911 yil 18 fevral kuni Pomirning Muzko‘l 
tog‘ tizmasida 9 ballik er silkinishi natijasida Usoy er surilishi sodir bo‘lgan. Bu er 
silkinish ta’sirida 2,5 km
3
g‘ovak tog‘ jinsi Murg‘ab daryosiga surilib tushgan. 
Bunda surilish 2,5 km masofani bosib o‘tib daryo o‘zanini to‘sib qo‘ygan. Er 


21 
surilishi bo‘lgan joyga qalinligi 450-500 m, uzunligi 2 km, kengligi 1 km qumtosh, 
ohaktosh, gips va boshqa tog‘ jinslaridan iborat massa surilgan.
Talofot natijasida Usoy qishlog‘i er surilmasi oqibatida qolib, 54 kishi nobud 
bo‘lgan. Er surilishi natijasida daryo o‘zanini to‘sib, balandligi 703-788 m, eni 4,3-
5,3 km bo‘lgan tabiiy to‘g‘on vujudga kelgan. Hozirgi payitda bu erda dunyoga 
mashhur Sorez ko‘li mavjud va yig‘ilgan suv miqdori taxminan Norak suv ombori 
suvi hajmiga to‘g‘ri keladi.
1973 yili Respublikamizning, Ohangaron vodiysida kuzatilgan tog‘ jinslarining 
surilishi XX asrning eng kuchli er surilishi hisoblanib, uni adabiyotlarda «ATCHI» 
surilishi deb nomlanadi. Bu surilishda tuproqning hajmi 700 mln m
3
.ni tashkil 
etadi. Bu fojiani ro‘y berishiga asosiy sabab, Ohangaron daryosining chap 
qirg‘og‘idagi 100-130 m chuqurlikdagi ko‘mir qatlamlarini er qa’rida 
yondirilishidir. Yondirilgan ko‘mir qatlamlarining qalinligi 5-15 metr bo‘lib, 
umumiy hajmi 3,700000 m
3
. ni tashkil etgan.
1987 yil 7 dekabrda Tojikistonning Sharora qishlog‘ida ro‘y bergan er surilishi 
natijasida, taxminan, kengligi 900 m, qalinligi 70 m.ga yaqin bo‘lgan tog‘ jinsi 
harakatga kelib, 540 dan ortiq insonning yostig‘ini quritgan. Bu surilishning yuzagi 
kelishiga asosiy sabab er qa’rida tarqalgan g‘ovak tog‘ jinslarining suv bilan 
to‘yinishi, er sathi suvlarining ko‘tarilishi, hamda 7 ballik er silkinishidir.
1991 yil Ohangaron vodiysida yana kuchli «Jigariston» er surilishi ro‘y berdi. 
Ma’lumotlarga qarganda, bu er surilishida hajmi 30 mln m
3
g‘ovak tuproq 7 sek 
davomida surilib, 50 dan ortiq inson hayotini olib ketdi. Bu er surilishining asosiy 
sababi katta qalinlikdagi serg‘ovak jinslarning mavjudligi va bu tog‘ jinslarini uzoq 
yillar davomida olib borilgan portlatish ishlari natijasida silkitib turishi, hamda 
yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lganligidadir. 1994 yil 16 aprelda Ohangaron 
tumanining Qoraqishloq hududida ham kuzatilib, bu falokatda ham insonlar aziyat 
chekdilar.


22 
Yuqorida keltirilgan er surilishlari yuzaga kelishining asosiy sababi tabiiy 
omillar bo‘lib, bunday hodisalar insonning muhandislik faoliyati natijasida ham 
yuzaga kelishi mumkin.
Er surilishini yuzaga kelishiga quyidagi omillar sabab bo‘ladi:
• 
tog‘ yon bag‘ri etaklarining tabiiy holatini oqar suvlar, suv omborlari 
ta’sirida buzilishi hamda rejasiz olib borilgan qurilish ishlari;
• 
qiya sathlarda tarqalgan tog‘ jismlarining xossa va xususiyatlari, 
mustahkamlik darajasining o‘zgarishi, sug‘orish ishlari, qor-yomg‘ir suvlari 
ta’sirida namligining oshishi;
• 
tog‘ jismlariga er osti suvlari (gidrodinamik) va er ustki suvlari (gidrostatik) 
bosimining ta’siri;
• 
tog‘ jinsining zichligini va mustahkamligining, burg‘ulash hamda 
tog‘kovlash ishlari natijasida buzilishi;
• 
tektonik va seysmik kuchlar ta’siri. Surilishlarni yuzaga kelishida hududning 
iqlim hamda, gidrogeologik sharoitlari va boshqalar.
Tog‘ jinslarining qiya sath bo‘ylab surilishida iqlim sharoiti eng muhim 
omillaridan biri bo‘lib u sekin, davomli yog‘ingarchiliklar kuzatiladigan erlarda 
keng tarqalgan bo‘ladi. Bunga sabab yomg‘ir suvlari tog‘ jinslari qa’riga singib 
(shimilib) ularning zarrachalari orasidagi bog‘lanishni, ishqalanishga qarshiligini 
kamaytiradi, og‘irligini oshiradi. Qiya sathlardagi tog‘ jinsining og‘irligi, 
mustahkamligi o‘zgarishi bilan ularning muvozanat holati buziladi va past 
tomonga surilish yuzaga keladi. Shuning uchun surilishlar asosan qorlar erib, 
yog‘ingarchilik ko‘paygan mart oylarida boshlanib, may, iyunda to‘xtaydi.
Yog‘ingarchilik, qorlar va muzliklarning erishi natijasida daryo va suv 
havzalarida suv sathining ko‘tarilishi qirg‘oqlarning yuvilishiga, ya’ni qiya 
sathlardagi muvozanat holatlarining buzilishiga sabab bo‘ladi. Misol sifatida, 
Amudaryo, Zarafshon daryosi qirg‘oqlarida, Chorvoq suv ombori atrofida 
kuzatilgan surilmalarni sanab o‘tish mumkin.


23 
Respublikamizda surilish hodisalari asosan dengiz sathidan 800-1800 m 
balandlikda, lyoss jismlari tarqalgan, qiyaligi 15 -35
0
bo‘lgan tog‘ yon bag‘rilarida 
kuzatiladi. Ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan hollarda (ketmaket er 
silkinishi, gillik va bo‘shoq lyoss tog‘ jinslari suv bilan to‘yinishi) bundan ham 
baland sathlarda kuzatilishi mumkin.

Yüklə 238,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə