Surulmalar va ularning oqibatilari


Er surilishida uchda bosqich kuzatiladi



Yüklə 238,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix30.12.2023
ölçüsü238,52 Kb.
#167775
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Surulmalar va ularning oqibatilari

Er surilishida uchda bosqich kuzatiladi:
1-bosqich.
Surilishning tayyorlanish bosqichi. Bu bosqichda qiya sathlardagi 
tog‘ jinsi turg‘unligi susayadi, er sathida turli kenglikdagi yoriqlar paydo bo‘ladi;
2-bosqich.
Tog‘ jinslarining katta tezlik bilan yoki sekin-asta surilishi kuzatiladi. 
Surilish tezligi yuqorida qayd etilgan omillarning ta’sir darajasiga bog‘liq bo‘ladi;
3-bosqich.
Surilishning so‘nish bosqichi. Bunda tog‘ jinslari surilishdan 
to‘xtaydi.
Er surilishlarni chuqur o‘rganish - ularni oldidan bashorat qilish imkonini 
beradi. Buning uchun kompleks muhandis-geologik qidiruv ishlari o‘tkaziladi. 
Surilishi kuzatiladigan maydonlarning tabiiy sharoiti va geologik muhiti fizik 
andozalarida o‘rganiladi, hisoblash ishlari bajariladi.
Er surilishi ofatig oldidan kuzatiladigan belgilar quyidagilardan iborat:
Er yuzasida yoriqlarni paydo bo‘lishi, yo‘llarda uzilishlarning yuzaga kelishi, 
daraxtlarning to‘g‘ri o‘smasligi (qiyshayib o‘sishi), uylarning devorlari yorilishi, 
binolar, inshoatlar tuzilishida muvozanatining buzilishi va boshqa belgilar paydo 
bo‘ladi.
Mabodo, hududlarda er surilishi xavfi bo‘lsa yoki harakatdagi surilish kuzatilsa, 
ularni bartaraf qilish, oldini olish ishlari bajariladi, chora-tadbirlar belgilanadi.
 


24 
5. Kuchli shamol, qurg‘oqchilik va uning oqibatlari 
Kuchli shamol va insonlar hayotiga va xalq xo‘jaligiga jiddiy zarar etkazadigan 
ofatdir. Bu ofat uzoq davom etuvchi va buzish kuchiga ega. Bu ofatning tezligi 30-
90 m/s ga etadi. O‘rta Osiyo mintaqalarida shamolning kuchi 40-60 m/s ga, 
O‘zbekistonning Xovos, Bekobod tumanlarida esa 50-60 m/s tashkil etadi. Kuchli 
shamolni paydo bo‘lishi, ya’ni atmosferada muvozanatning buzilishi natijasida 
havo oqimi juda katta tezlikda harakatlanib, ba’zi joylarda, u aylanma (voronka) 
harakatga aylanib ketadi. Bunday ofat oqibatida odamlarning halok bo‘lishi, 
inshoatlarning 
buzilishi, 
ekinzorlarning 
payhon 
etishi, 
elektr-telefon 
tarmoqlarining izdan chiqishi va boshqa oqibatlarga olib keladi. Shuningdek, 
kuchli shamol esganda odamlar, uy hayvonlari yuradigan yo‘llardan adashadilar, 
simyog‘ochlar, daraxtlar ag‘anaydi, uylarning tomlari buzilishi natijasida odamlar 
turli darajada jarohat oladilar.
Shuning uchun bunday favqulodda holatda odamlar engil, baland qurilgan 
imoratlardan, elektr tarmoqlari osilgan simyog‘ochlardan, ko‘priklardan uzoqrok 
joylarda saqlanishlari lozim. Bu ofatdan eng ishonchli saqlovchi omil - bu himoya 
inshoatlari (metro, er osti yo‘lkalari, uylarning erto‘lalari va boshqalar) 
hisoblanadi.
Bu ofatdan saqlanishning yana bir omili - ofat haqida odamlarni o‘z vaqtida 
ogoh qilishdir. Albatta, hozirgi paytda ob-havoni bir necha kun oldindan ayta 
oladigan zamonaviy uslublar yaratilganki, bularning bergan ma’lumotlari asosida 
nafaqat odamlarni, balki uy hayvonlarini, moddiy boyliklarni falokatda asrash
buzilishini yoki yaroqsiz holga kelishini oldini olish mumkin.
Hulosa qilib aytadigan bo‘lsak, kuchli shamol ofati yuz berganda fuqaro 
muhofazasi tizimlari davlat organlari xodimlari boshchiligida qutqaruv va buzilgan 
joylarda tiklash ishlarini bajaradi, jabr ko‘rganlarga birlamchi tibbiy yordam 
ko‘rsatadi.

Yüklə 238,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə