T o sh k e n t d a V l a t iqtisodlyot universiteti sa m a r q a n d iq t iso d iy o t va servis


 Qurilish mashinalari va mexanizlari ish faoliyatining hisobi



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/418
tarix22.03.2024
ölçüsü4,01 Mb.
#183992
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   418
avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarini tashkil qilish hisobi.305-page

2.3. Qurilish mashinalari va mexanizlari ish faoliyatining hisobi
Qurilish tashkilotlarida maxsus mashina va mexanizmlar ish faoliyatini 
alohida hisobga olib borishning obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. 
Ulaming asosiylariga quyidagilarni kiritish murnkin:
birinchidan,
maxsus qurilish mashina va mexanizmlarining qimmat 
turishi ulardan unumli va samarali foydalanish talabini qo‘yadi;
ikkinchidan,
qurilish mashina va mexanizmlaridan qurilish ishlarini 
bajarishda faqat tegishli bosqichlarda va maqsadlarda ishlatilishi ular ish 
faoliyatini har bir qurilish obyekti bo‘yicha hisobini olib borishni taqozo etadi;
uchinchidan,
ulam ing qurilish maydonchalariga yetkazib kelinishi, 
o‘matilishi va ishlatilishi ma‘ lum texnika va mehnat xavfsizliklari shartlariga 
qat’i amal qilishni, maxsus tayyorgarlikni, kasbiy mahoratni, shuningdek 
bu maqsadlar uchun qo‘shimcha sarf-xarajatlami talab qiladi.
Ta’kidlash joizki, respublikamizda qurilish mashinalari va mexanizmlari 
ish faoliyatini hisobga olish uchun maxsus me’yoriy hujjatlar qabul qilingan 
emas. Qurilish tashkilotlarida bugungi kunda qurilish mashinalari va 
mexanizmlari ish faoliyatining hisobiga doir dastlabki hujjatlar, ulami tuzish, 
ishlovdan o‘tkazish sobiq SSSR davrida tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga 
asoslanilgan holda amalga oshirilmoqda.
Q urilish m ashina va m exanizm lari ish faoliyatini aks ettiruvchi 
boshlang‘ ich hujj atlar quyidagilar hisoblanadi :
- ko‘tarish krani ishi haqida bildirgi (ESM -1 shakl);
- qurilish mashinasi yo‘l varaqasi (ESM-2 shakl);
- qurilish mashinasi va mexanizmi ishi to‘g‘risida bildirgi (ESM-3 shakl);
- qurilish mashinasi va mexanizmi ishi to‘g‘risida bildirgi-naryad (ESM-
4 shakl);
- qurilish mashinasi (mexanizmi) ishi hisobi kartasi (ESM-5 shakl);
- qurilish mashinalari (mexanizmlari) ishi hisobi jumali (ESM-6 shakl);
- bajarilgan ishlar (xizmatlar) to‘g‘risida ma’lumotnoma (ESM-7 shakl).

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   418




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə