Ta’lim tugrisida


At-Termiziyning xadis ilmining taraqqiy etishidagi o’rni



Yüklə 250,14 Kb.
səhifə22/59
tarix06.08.2023
ölçüsü250,14 Kb.
#120383
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
Ta’lim tugrisida-fayllar.org

45.At-Termiziyning xadis ilmining taraqqiy etishidagi o’rni. Mashhur muhaddislar dan yana biri vatandoshimiz Muhammad ibn Iso at-Termiziy bo‘lib, u 824-yilda Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog'i (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani)da tug‘ilgan. Uning oilasi va ota-onasi haqida ma’lumotlar yo‘q. Ba’zi
tadqiqotchilar uning otasi asli Marvlik bo‘lgan deb qayd etadilar. Muhammad ibn Iso at-Termiziyning zehnining o‘tkirligi, xotirasi, va yod olish qobiliyatining kuchliligi tufayli Imom Ismoil al-Buxoriy ham uni faqatgina shogird sifatida emas, balki hamkor, hamfikr va do‘st sifatida ham hurniat qilgan. Muhammad ibn Iso
at-Termiziy uzoq safarda manbalardan o‘qigan yoki muhaddislardan eshitgan hadislami to‘plab, kitoblar ta’lif qilishga kirishadi. U 863 yilda o‘z vataniga qaytadi va o‘zi ham shogirdlarga ta’lim beradi, ayni vaqtda kitoblar ham yozadi. Alloma tomonidan o‘ndan ortiq asarlar yaratilganligi ma’Ium. Bular qatoridan “Al-jome’ assahih” (“Ishonchli to‘plam”), “Ash-shamoil an-nabaviya” (“Pay g ‘ ambarning alohida fazilatlari”), “Al-ilal fi-l-hadiys” (“Hadislardagi illatlar va og‘ishlar haqida”) kabi asariari o‘rin olgan bo‘lib, ular juda mashhurdir.
Muhammad ibn Iso at-Termiziy tomonidan yozib qoldirilgan asarlarda o‘z ifodasini topgan hadislar ham Imom Ismoil al-Buxoriy tomonidan bayon etilgan hadislari kabi insonni halollik, adolat, e’tiqod, diyonat, poklik, mehnatsevarlik, muruvatlilik, mehr-shavqat, yoshi kattalar,, ota-ona va qarindoshlarga hurmat
g‘oyalarini ilgari surish xususiyatiga ko‘ra shaxs ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda katta ahamiyatga ega.
46.Hadislarning tarbiyaviy axamiyati. Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo‘lib, ushbu fazilatlar sirasiga o‘zgalarga mehr-oqibat ko‘rsatish, saxiylik, ochiq ko‘ngilIik, otaona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruwatli bo‘lish, uiarga g‘amxo‘rlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunami ulug‘lash, halollik, poklik, do‘stiik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo‘ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o‘zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o‘z aksini topganki, bulaming barchasi Qur’oni karimda qayd etilgan ko‘rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Hadislarda iymonning mukammal va mustahkam bo‘lishi quyidagi uch shartga qat’iy amal qilinishiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan:
- to‘g‘ri e’tiqodli boimoq;
- kishilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lmoq;
- kishi o‘z ustida ishlamog‘i va o‘zini ibodat va itoatga chaqirmog‘i’ (Keyingi misollar ham ushbu kitobdan olindi). Iymon daraxtga tenglashtiriladi va uning 60 dan ortiq shoxlari bor deya iymonning belgilari sanab o‘tiladi. Sanab o‘tilgan
belgilaming har biri inson ma’naviy qiyofasini shakllantiruvchi va mukammallashtiruvchi xislatlardir. Bular quyidagilardan iborat: “qo‘li bilan va tili bilan o‘zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir”, “o‘zingiz yaxshi ko‘rgan narsani birodaringizga ravo ko‘rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo‘min bo‘la olmaysiz”
Hadislarda inson ma’naviy kamolotining mezoni, uning tafakkur doirasi, dunyoqarashining kengligi, ilmi)' bilimlarni qay darajada egallaganligi, o‘z bilimi bilan atrofdagilar va jamiyatga foyda keltirguvchi shaxs boiib yetishishida muhim omildir deya ko‘rsatiladi.

Yüklə 250,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə