«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63

mustahkamlagan va XVIII asrning oxirlariga kelib qator Yevropa 
mamlakatlarida kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga olib kelgan. 
Garchi qator tabiiy fanlarga o‘rta asr Sharq mutafakkirlari asos solgan 
va rivojlantirishga hissa qo‘shgan bo‘lsalar-da, jamiyatning 
sekulyarizatsiya qilinishi, dinning dunyoviy ishlaridan chetlashtirilishi 
G‘arb mamlakatlarida ijobiy natija bergan. R. Dekart, I. Nyuton, E. Mayer, 
CH. Darvin, Gumbold kabi G‘arb olimlari tabiatshunoslik sohasida 
salmoqli natijalarga erishganlar. Bu esa G‘arbda fan va texnikaning mislsiz 
tez rivojlanishi uchun asos bo‘lgan. 
Sekulyarizatsiya davlatni dindan, maktabni esa cherkovdan ajratgan, 
ularning bir-biridan mustaqil tarzda rivojlanishiga olib kelgan. 
G‘arbdan farqli o‘laroq, Sharqda jamiyat hayotida islom dinining 
cheksiz hukmronligi va davlat ishlariga aralashuvi o‘rta asrdagi ilmiy 
taraqqiyotni yangi tarixiy davrlarda davom etishiga to‘sqinlik qilgan. 
Fojia shundaki, dunyoviy ilm Sharqda turg‘un holatda qoldi. Bu esa 
ijtimoiy tuzumni ham o‘rta asrlarga xos monarxistik bo‘lishligiga, 
avtoritarizm bilan bog‘liq xarizmatik hokimiyat boshqaruviga keng yo‘l 
ochdi. Hozirgi G‘arb bilan ayrim Sharq mamlakatlari, aniqrog‘i, xristian 
va islom submadaniyatlari o‘rtasidagi notekis ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy 
taraqqiyot sekulyarizatsiya jarayonini Sharqda kechikkanligi natijasida 
sodir bo‘lgan deb izohlash mumkin. 
Sekulyarizatsiya prinsipi mustaqil O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi 
qonuni bilan huquqiy kafolatlangan. 
Ta’kidlash joizki, ayrim G‘arb olimlari sekulyarizatsiyani ateizm, 
ya’ni dahriylik bilan aralashtirib yuborishadi. Aslida esa sekulyarizatsiya 
va ateizm boshqa-boshqa tushunchalardir. 
Ateizm to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni qat’iy ravishda diniy e’tiqodni inkor 
etadi, ilmiy materialistik dunyoqarashni yoqlab chiqadi. Ateizm 
tarafdorlariga G‘arbda L. Feyerbax, K. Marks,  F. Engels,  E. Fromm, 
F. Nitsshe, Jan Pol Sartr, A. Kamyu singari olimlar kiradi. 
Sekulyarizm esa dinga nisbatan birmuncha yumshoq munosabatda 
bo‘ladi, fan va dinning hur rivojlanishi, o‘zaro tolerant (hamjihat)lik 
mavjudligining tarafdori bo‘lib chiqadi. Sekulyarizatsiya, bir so‘z bilan 
aytganda, jamiyat hayotida ijobiy ahamiyatga ega sanaladi. 
 
187


Uzil-kesil aytish mumkinki, hozir O‘zbekistonda sekulyarizatsiya 
prinsipiga rioya qilinmoqda. Bu rasmiy, davlat siyosati darajasida 
namoyon bo‘lmoqda. Davlat siyosati sekulyarizatsiya prinsipini maf-
kuraviy vositalar yordamida shaxs va jamiyat ongiga singdirmoqchi 
bo‘ladi hamda turli tadbirlarni amalga oshiradi. 
Lekin aholining aksariyat qismi sekulyarizm prinsipini qabul 
qilmaydi. Buning sababi sekulyarizmni ateizm bilan almashtirib yuborishi, 
sekulyarizmning hayotbaxsh salohiyati, dunyoviy demokratik jamiyat 
qurish hamda inson huquq va erkinliklari kafolati uchun qanchalik muhim 
ekanligini barcha ham birday anglay olmasligidadir.  
O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘li – dunyoviy demokratik yo‘l. 
Sekulyarizm bu taraqqiyot uchun muayyan darajada metodologik 
ahamiyatga ega. Lekin sekulyarizm ommaviy ongga birdaniga o‘rnasha 
olmaydi. Buning sabablari turlicha. Masalan, islom dini tarixan dunyoviy 
hayotga nafaqat moslasha oladi, balki diniy va dunyoviy tafakkur birligida 
ustuvor mavqega ham ega bo‘ldi. Sho‘ro tuzumi ateistik mafkura bilan 
go‘yoki sekulyarizmni ijtimoiy voqelikda qaror toptirmoqchi bo‘lgan va 
dinni quvg‘in qilgan. Biroq ateizm mafkurasi islom dinini insonlarning 
turmush tarzi va tafakkur vositasiga tarixan aylanib qolganligini hisobga 
olmagan. Shuning uchun ham dahriylik mafkurasi rasman tan olingan 
bo‘lsa-da, hayotda qaror topa olmagan. Xo‘sh, keyingi ijtimoiy 
taraqqiyotda, jamiyat hayotida din qanday o‘rin tutadi va qanday 
ahamiyatga ega hamda  sekulyarizmning tarixiy taqdiri nimalarga bog‘liq, 
degan savollar tug‘iladi. 
Dinning hozirgi zamon ijtimoiy hayotda, xalqaro munosabatlarda, 
madaniy hayotdagi mavqeidan kelib chiqqan holda ta’kidlash joizki, din 
bundan keyin ham kishilarni o‘zaro hamjihatlikka, tinchlikka, ezgulikka 
undovchi omil bo‘lib qolaveradi.  
XX asr va XXI asr boshlarining ko‘zga ko‘ringan ruhoniylaridan biri, 
xalqlar uchun kurashga katta hissa qo‘shgan arbob, xalqaro Nobel 
mukofoti sovrindori, lamaizm dinining yetakchisi Dalay-lama XIV dinning 
zarurligi haqida quyidagi fikrlarni bayon etgan: «texnika hech qachon 
insonlarga oliy baxt keltirmaydi. Texnikaviy vositalar faqat jismoniy 
qoniqish beradi, agar u tufayli ba’zi hollarda ma’naviy qoniqishga erishish 
imkoni paydo bo‘lsa-da, u davomiylik kasb etmaydi. Boshqa tomondan 
qaralsa, agar inson faqat ma’naviy sohadan baxt izlasa, u jismoniy 
 
188


yo‘qotishlarda unchalik kuchli iztirob chekmaydi. Jahonning barcha dinlari 
aql beboshligini tizginlashga birdek da’vat etadi, chunki barcha 
baxtsizliklarning ildizi shundadir. Har bir din mo‘minlik, itoatkorlik va do-
nishmandlik xos bo‘lgan shunday ruhiy holatga da’vat etadi va unga 
erishish yo‘lini ko‘rsatadi»
21
.  
Din axloqiy tarbiya sohasida muhim ahamiyatga ega vazifani bajaradi. 
Biroq dinni siyosiy maqsadlar uchun niqob qilib olish, diniy davlat barpo 
etish vositasida yana o‘rta asr sakralizatsiya tendensiyasini ijtimoiy 
hayotda tiklashga urinish dunyoviy qadriyatlarga asoslangan 
konstitutsiyamiz va amaldagi qonunlarimizga ziddir. Eng asosiysi, 
dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan xalqimiz diniy e’tiqodni chuqur 
hurmat qilgan holda dunyoviy yaratuvchanglik faoliyatini afzal ko‘rdi. 
Chunki jahon hamjamiyatining eng ilg‘or mamlakatlari faqat dunyoviy 
tafakkur orqali fan-texnika va ijtimoiy sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga 
erishmoqdalar. Yosh mustaqil O‘zbekiston davlati ham shu yo‘lni ma’qul 
ko‘rdi va dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan bormoqda.  
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasida demokratik davlat 
va fuqarolik jamiyatini qurish vazifasining muvaffaqiyatli hal etilishi ko‘p 
jihatdan dinga va dindorlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatga ham 
bevosita bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida vijdon 
erkinligining mustahkamlanishi, ijtimoiy munosabatlar sekulyarizm 
prinsipi asosida rivojlanishining qayd etilishi, fuqarolarning diniy huquq 
va erkinliklarining kafolatlanishi fikrimizning yaqqol isbotidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1998 yilda qabul 
qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi» qonun Kons-
titutsiyada belgilangan huquq ijodkorligi sohasidagi umumiy vazifalarni 
aniqlashtirdi, diniy tashkilotlar va dindorlar faoliyati bilan bog‘liq 
masalalarning ijodiy hal etilishi namunasi vazifasini o‘tadi. Ammo bu 
sohada muammolar to‘liq hal qilindi, degan fikr masalaga yuzaki 
munosabatda bo‘lishni va oqibati jamiyat uchun xavfli bo‘lgan hodisalarni 
vujudga keltirishi mumkin. 
Respublikamizda diniy tashkilotlar va fuqarolarning diniy e’tiqodi 
bilan bog‘liq muammolar faqatgina din sohasidagi mavjud muammolar 
bilan cheklanmaydi, balki masalaga kompleks yondashuvni talab qiladi. 
Bu muammolarni bir necha qisimlarga ajratib o‘rganish mumkin:  
                                           
21
  Далай-Лама ХIV.  Ћаќиќий  душманимиз – ўз  ичимизда // Демократлаш-
тириш ва инсон ћуќуќлари. – Т., 1999. – № 3–4. – Б. 42.
 
 
189


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə