«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63

faollari mahallalarda ko‘ngilli nazoratchilar guruhlarini tashkil etanlar. 
Guruhlar a’zolari kechki payt mahallasidan tashqarida yurgan odamlarni 
to‘xtatib so‘roq qilish, mast kishilarni masjid oldidagi ustunlarga bog‘lash 
usullarini qo‘llagan. 1992 yil mart-aprel oylarida ularning noqonuniy 
faoliyati tugatilgan.  
Vahhobiylik ekstremistik mazhabining aynan Farg‘ona viloyatida 
faollashuvi harbiy-siyosiy va harbiy-strategik ahamiyatga ega bo‘lib, u 
muayyan jug‘rofiy-siyosiy maqsadlarga bo‘ysundirilgan edi. Alohida 
ta’kidlash joizki, Farg‘ona vodiysi uch qo‘shni davlatni birlashtiruvchi 
hudud. Farg‘ona va Namangan viloyatlari esa Tojikiston va Qirg‘iziston 
bilan chegaradosh. Tojikistonda bo‘lib o‘tgan birodarkushlik urushi 
oqibatlariga hozirgi davrda ham to‘liq barham berilgani yo‘q. Bunday 
vaziyatlarning barchasi ular uchun o‘zlarining jirkanch maqsadlarini 
amalga oshirishda qo‘l kelgan. 
O‘zbekistonga noqonuniy suqilib kirib, filialini tashkil etgan diniy 
ekstremistik va fundamentalistik tashkilotlardan yana biri – «Hizbut-tahrir 
al-islomiy» (Islom ozodlik partiyasi). Partiya 1953 yil Falastinda paydo 
bo‘lgan. Unga shayx Taqiyiddin Nabahoniy (1909-1979) asos solgan. 
Tashkilot filiallarining asosiy qismi G‘arbiy Yevropa davlatlarida faoliyat 
olib boradi. Sharq mamlakatlari Misr, Iordaniya, Tunis, Quvayt va 
Turkiyada bunday harakatlar ayniqsa keng tarqalgan. Tashkilot rasmiy 
davlat hukumatini to‘ntarish yo‘li bilan islom davlatini o‘rnatishga harakat 
qiladi. Mavjud islom davlatlarini esa xalifalikni qayta tiklash orqali 
birlashtirishga da’vat etadi.  
Tashkilot vahhobiylardan farqli o‘laroq, kurashning ekstremizm, 
terrorizm usullariga nisbatan g‘oyaviy, mafkuraviy vositalarini afzal ko‘radi. 
Lekin O‘zbekistonda uning sodir etgan bomba terrorchiligi amaliyotlari, 
2005 yil 12–13 may kunlaridagi Andijondagi xunrezliklar kurash usullari 
jihatidan vahhobiylarga juda yaqin turishini ko‘rsatdi. Qayd etish lozimki, 
vahhobiylar tashkilotlariga nisbatan hizbutchilar yashirin ish olib borish 
usullarini juda puxta egallaganlar va ulardan xavfliroq. Tashkilot tarkibiy 
jihatdan piramida shaklida tuzilgan bo‘lib, uning a’zolari 4–5 kishidan iborat 
«halqa»ni tashkil etadi va «dorislar» deb ataladilar. Halqaning rahbari 
«mushrif» haftada kamida bir marta ta’lim mashg‘ulotini o‘tkazadi. Dorislar 
bir-birlarini faqat ismi yoki taxallusi orqali biladilar. Tashkilotga a’zo 
bo‘layotgan nomzod uning faoliyati haqidagi ma’lumotlarni sir saqlashi 
to‘g‘risida qasam ichadi. Mintaqaviy rahbarlar – mutamad tashkilotning 
umumiy rahnamosi, ya’ni amir tomonidan belgilanadi. Mutamad viloyat 
miqyosida ishlaydigan mas’ul va tumanda ish olib boradigan musoidga 
 
169


rahbarlik qiladi. Tashkilot a’zosi o‘z daromadining 5–20 % miqdorida soliq 
to‘lab turishi lozim. 
«Hizbut-tahrir al-islomiy» tashkiloti o‘zining asl maqsadini 
niqoblashga intiladi. Shuning uchun G‘arbiy Yevropa davlatlarida faoliyat 
ko‘rsatayotgan uning ayrim tashkilotlari ochiq ish olib boradilar. Lekin 
uning maqsadi qonun doirasida ish olib boruvchi jamoat tashkilotidan 
keskin farq qilishini ko‘rsatadi. Tashkilotning maqsadi quyidagilardan 
ibrat:  
– tinch, osoyishta davlatda fuqarolar urushini boshlash; 
– mamlakatning iqtisodiy faoliyatini izdan chiqarish; 
– millatlar va dinlararo nizolarni keltirib chiqarish; 
– 
mamlakatga qurol-aslaha va narkotik moddalarni olib kirib
fuqarolarning tinch hayotiga raxna solish; 
– mustaqil  davlatni  qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi xorijiy 
mamlakatlarga qaram qilish
15

Davlatimiz rahbarining ziyrakligi va hushyorligi tufayli vahhobiylar, 
hizbutchilar, akromiylar singari diniy ekstremistik va fundamentalistik 
tashkilotlarning faoliyati uzoq davom etmadi. 1992 yilda ularga zarba berildi. 
Biroq bunday tashkilotlarning ayrim yo‘lboshchilari – Juma Xo‘jayev 
(Namangoniy), Tohir Yo‘ldoshev kabilar Tojikiston va Pokistonga qarab 
qochganlar. va xorijlik janggari islom ekstremistlari tomonidan qo‘llab-
quvvatlanganlar. Juma Yo‘ldoshevga «Namangon» harbiy batalyonini tuzish 
va 400 ga yaqin janggarilarni tayyorlash uchun sharoit yaratib berilgan. 
Pokistonga qochgan jinoyatchi Tohir Yo‘ldoshevni esa «tolibon» 
harakatining boshliqlari o‘z himoyalariga olganlar. Ular Tohirni 
Pokistonning Peshovar turmasidan katta pul evaziga qutqarib, unga 
pokistonlik harbiy yo‘riqchi Abdulla va tojikistonlik aloqachi Abdulazizni 
biriktirib qo‘yishgan. Abdulla Tohirga portlovchi va zaharli kimyoviy 
moddalardan, Birlashgan Arab Amirligining yo‘riqchilari piyodalarga va 
tanklarga qarshi minalar va zenit qurollaridan, Abdulaziz esa shifrlangan 
ma’lumotlardan qanday foydalanishni o‘rgatganlar. 
Bu faktlar shundan dalolat beradiki, islom ekstremistlari din niqobi 
ostida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustaqil O‘zbekiston davlatini yo‘q qilish va 
uning o‘rniga Pokiston yoki Eron kabi islom davlatini barpo etish rejasini 
amalga oshirishga harakat qilmoqdalar.  
Islom ekstremizmi mamlakatimiz hududida ko‘p marta zarbaga 
uchradi. Xalq undan nafratlandi, chunki ekstremistlar o‘ta qonxo‘rlik 
                                           
15
  Ќаранг:  Ћусниддинов З. М.  Ислом  йўналишлар,  мазћаблар,  оќимлар. – 
2000. – Б. 46–60.
 
 
170


namunalarini ko‘rsatdilar. Ular ayrim hokimiyat rahbarlariga qarshi 
suiqasdlar uyushtirib, xalqni zo‘rlik bilan orqalaridan ergashtirmoqchi 
bo‘ldilar. Ekstremistlar xalq orasida «qaytganlar» yoki «haqiqiy dinga» 
ergashmaganlar haqida qandaydir «qora ro‘yxat» borligi va bu 
ro‘yxatdagilarning birin-ketin shariat yo‘li bilan jazolanishlari haqida turli 
mish-mishlarni tarqatdilar, yurtdoshlarimiz o‘rtasida qo‘rquv, sarosima 
kayfiyatlarini yuzaga keltirmoqchi bo‘ldilar. Biroq huquqni muhofaza 
qiluvchi organlar xodimlarining qat’iy va murosasiz tadbirlari yordamida 
diniy ekstremizmning payi qirqildi. Uning ashaddiy yo‘lboshchilari qo‘lga 
olindilar va oshkora sud qilinib, haqiqiy basharalari fosh etildi.  
Biroq islom ekstremizmi ushbu hududdan supurib tashlangan, deyish 
to‘g‘ri emas. Ekstremizm ochiq kurashdan qochib, o‘zining xufiyona 
harakatini davom ettiradi. Ayniqsa, ekstremistlar yoshlarni o‘z ta’siriga 
olmoqchi bo‘ladilar, hukumatimiz tomonidan din ahliga ko‘rsatilayotgan 
hurmat, turli imtiyozlar va yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan g‘arazli 
maqsadlarda foydalanib qolishga urinadilar. 
Diniy ekstremizmning ashaddiy ko‘rinishi hisoblanuvchi vahhobiylik 
kabi azaliy e’tiqodimizga yot diniy mazhablarning faoliyatiga hushyorlik 
bilan qarash nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mahalla 
faollari, balki yurtimizda dunyoviy va demokratik davlat barpo etish 
ishtiyog‘i bilan yashayotgan har bir fuqaro uchun ham qarz, ham farzdir. 
Diniy ekstremizm nima uchun kuchli va ta’sirchan, unga kimlar 
rahnamolik qilmoqda, degan savollar tug‘iladi. Bularga javob berish uchun 
diniy ekstremizm va fundamentalizm orqasida turuvchi, uni moddiy va 
ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi diniy tashkilotlar xususida 
ma’lumotga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. 
Musulmon olami XX asrda soni va ko‘lami bo‘yicha dunyoda 
yetakchi mavqega ega bo‘lish uchun iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy 
jihatdan faollashdi. Xalqaro Islom konferensiyasi tashkilotiga (1969 yilda 
asos solingan) yangidan-yangi davlatlar a’zo bo‘ldi. Natijada islom 
davlatlariga qiziqish bilan birga, ularning tez rivojlanishi va birlashishiga 
xavf-xatar manbai sifatida qarashlar ham yuzaga keldi. 
Ta’kidlash joizki, islom dini o‘zidan ilgari paydo bo‘lgan 
 
dinlar: yahudiylik, buddaviylik va xristianlikning ijobiy tomonlarini ham 
o‘zida mujassamlantirganligi va kishilar o‘rtasida hamjihatlik, tinchlik, 
saxovatlilik, insonparvarlik, halollik va odillik tamoyillarining tiklanishini 
targ‘ib etganligi uchun jahonning boshqa dinlariga nisbatan o‘z tarafiga 
har yili millionlab kishilarni jalb etmoqda. Islom diniga kirish ko‘lami 
boshqa dinlarga kirish ko‘lamiga nisbatan jahon miqyosida salmoqlidir. 
 
171


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə