"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi joriy etilayotgan islohotlar



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

: O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi joriy etilayotgan islohotlar 
Reja: 
1. Mustaqillik yillarida ta’lim tizimining tubdan isloh qilinishi.
2. Ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo‘nalishlari. 
3. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul 
qilingandan keyingi islohotlar. 
4. Ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan 
foydalanish. 
5. Ta’lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan 
foydalanishning o‘rni. 
6. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimida joriy etish tartibi 
Mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi islohotlar. Mustaqillik yillarida ta’lim 
tizimining tubdan isloh qilinishi. Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki 
kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni tiklash va yanada 
yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tuzimini mustahkamlash, uni davr talablari bilan 
uy’gunlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasigaolib chiqish 
maqsadlariga favqulodda katta ahamiyat berildi. Bu o‘rinda istiqlolimizning ilk yillari 
ta’limida amalga oshirilgan ayrim ishlarni ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir. 
Eng avvalo, 1992 yilda mustaqil respublikamizda ta’limni o‘rni, vazifasi, 
huquqiy kafolatlarini belgilaydigan birinchi Ta’lim to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. 
Maxsus qonun respublikamizda ta’lim mustaqilligini ta’minlab berish, kelajakda uni 
milliylashtirishga, ta’lim taraqqiyotiga to‘liq bo‘ladigan barcha vositalarni oradan olib 
tashlash bo‘yicha ta’lim boshqaruvi organlari rahbarlari uchun to‘la huquqiy kafolatlar 
barish, ta’limda demokratik va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirishi, ta’lim 


202 
bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan mustaqil tarzda hamkorlik qilish yo‘llarini ochib 
berishi, ta’lim muassasalari uchun o‘quv dasturlari rejalarini tanlab olishda muayyan 
erkinliklar berishi, tajriba-sinovlar o‘tkazishni rag‘batlantirish, ta’limning noan’anaviy 
turlarini yaratish va ularni rivojlantirishga, eng asosiysi, ta’limdagi tashabbuskorlik va 
ijodkorlikka keng shart-sharoitlar yaratishi kerak edi. 
Ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo‘nalishlari. 
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, 
O‘zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo‘lga 
qo‘yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari 
bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki 
taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab 
texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, 
yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta’sir 
ko‘rsatadigan asosiy omil – fan-texnika, madaniyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari 
tajribalarini keng ko‘lamda o‘rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir. 
Ilm-fan, madaniyat va ma’rifat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka 
ko‘taradi, uning taraqqiyotini ta’minlaydi, kelajagini oldindan ko‘rsatib beradi. Ilm- 
ma’rifat e’zozlangan, ta’lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berilgan mamlakatda 
turish nizolar, urush to‘g‘risida o‘ylash hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Chunki 
ilm-ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi. Ta’lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat 
berish, bu haqda qayg‘urish mamlakat va xalq istiqbolini o‘ylash demakdir. 
Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul 
qilingandan keyingi islohotlar. Respublikada Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun hamda 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ishlay boshlaganimizga ko‘p bo‘lgani yo‘q. 
Shu davr ichida mazkur qonun va dasturni joriy etish uchun nimalar qilinadi? 
Respublika ta’limida nimalar o‘zgardi? Shu masalalarni tahlil qilishga harakat qilamiz. 
Avvalo, ta’lim taraqqiyotining...adhalarida ko‘zalagan bosh maqsad Respublika 
ta’limini o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasini milliy istiqlol g‘oyalari, 
talablari asosida tashkil etish; jamiyatimiz qadam qo‘yayotgan XXI asr ta’limini 
taraqqiyot, ma’naviy-madaniy qarashlar ruhida bo‘lishini, eng muhimi, jahon 
andozalariga javob bera oladigan darajada bo‘lishini ta’minlashdir. 
Shu maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida bajaradigan dastlabki tshkiliy 
tadbirlarning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Avvalam bor, bu ikki Qonunni ta’lim 
muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish maqsadida alohida istiqbol dasturi ishlab 
chiqilib, Vazirlik hay’ati majlisida tasdiqlandi. Bu xujjatlarning maqsad va mohiyati 


203 
barcha vositalar orqali ta’lim muassasalarida, ota-onalar, aholi o‘rtasida keng 
tushuntirildi. Ta’limga oid me’yoriy xujjatlar: konsepsiyalar, davlat ta’lim standartlari, 
talablari, o‘quv rejalari va dasturlari Nizomlar va boshqa me’yoriy xujjatlar yuqoridagi 
ichki qonun moddalariga muvofiqlashtirildi. Respublikada uzliksiz ta’lim tizimi uzil-
kesil shakllantirildi. 
Ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan 
foydalanish. 
Ta’lim 
taraqqiyotini 
yuksaltirishda 
zamonaviy 
pedagogik 
texnologiyalardan foydalanishning o‘rni. Barkamol avlod, komil insonni tarbiyalash 
bu jamiyatimiz oldida turgan eng muhim, muqaddas vazifadir. Bu muammoni 
bajarmasdan na iqtisodiy, na ijtimoiy va ma’naviy sohada qo‘yilgan maqsadlarga 
erishib bo‘lmasligini chuqur anglagan mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov 
islohotlarni aytgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqishdan va hayotga 
tatbiq etishdan boshladilar. 
12 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi 
Uzluksiz ta’lim tuzimi uchun davlat ta’lim standartlarini shlab chiqish va joriy etish 
to‘g‘risidagi hamda 1998 yil 13 maydagi O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta 
ta’lim tajriba-tayanch o‘quv rejasi, maktablari uchun Davlat ta’lim standartlari ishlab 
chiqilib, ular 24 ta shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, 
barcha viloyatlar, Toshkent shaxar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tashkil 
etilgan 322 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv yilida tajriba- sinovdan 
o‘tkazildi. Bu jarayonda davlat ta’limi standartlari asosida yaratilgan sinov dasturlari 
bo‘yicha har bir dars mavzusi o‘quvchilarning yoshi, psixoriziologik hususiyatlariga 
mosligi, o‘zlashtirishdagi sifat ko‘rsatkichlari, mavzularning uzishligi, siddadan 
murakkabga yo‘naltirilganligi, bir-birini to‘ldirishi o‘rganib borildi. 
Yangi pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimida joriy etish tartibi. 
Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta’kidlaganlaridek, biz mamlakatimizning 
istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib 
voyaga yetishishga, farzandlarimizning hayotda nechog‘i faol munosabatda bo‘lishiga, 
qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz 
kerak. Shu sababli ham birinchhi navbatda, ta’lim mazmuni va uning tarkibini 
kengaytirish, chuqurlashtirish, takomillashtirish, xususan, ta’lim mazmuniga nafaqat 
bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi – ijodiy 
faoliyat tajribasi, tevarak atrofga munosabatlarni kirishish g‘oyasi kun tatibiga 
ko‘ndalang qilib qo‘yildi. 
Ta’lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi, vazifalari haqida so‘z ketganda, 
dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavxumlik, bilimlar bilan haqiqatni 


204 
mustaqil bilish metodlari o‘rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur. 
Lekin bu ishlar o‘z yechimini topganicha yo‘q. Ochiqchasiga aytmaylik: Qaysi 
darsliklardan Prezidentimizning O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida... yoki O‘zbekiston 
XXI asrga intilmoqda kabi asarlarida ko‘tarilgan g‘oyalar o‘rin olgan? Javob yo‘q. 
Endichi vazifa darsliklarning keyingi nashrlarida bunday namchiliklarini tuzatishdan 
iborat. Dars jarayonida ta’lim-tarbiyada o‘quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, 
ta’lim jarayonining sub’yekti bo‘lishi kerak, ya’ni oqish, o‘rganish, muomala qilish 
o‘quvchi zimmasiga o‘tishi kerak. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul 
qilingandan keyingi islohotlarni sanab bering. 
2. Ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan 
foydalanish qanday samara beryapti? 
3. Ta’lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan 
foydalanishning o‘rni nimalarda deb bilasiz? 
4. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimida joriy etish tartibi 
qanday? 
ADABIYOTLAR
1. Karimov I. A. O‘zbekiston: miliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 
2. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. O‘zbekiston
3. Karimov I. A. Bunyodkorlik yo‘lidan. T. O‘zbekiston
4. Karimov I. A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. O‘zbekiston
5. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T. O‘zbekiston
6. J. Gʻ. Yo‘ldoshev. Ta’lim yangilanish yo‘lida. T O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar 
jurnali Tarix shoxidligi va saboqlari. T Xalq so‘zi gazetasi 1998.yil 17 iyun. Go‘xishev 
B. Bilim – ezgulik yo‘li. T 
5-Mavzu:

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə