Insonning biologik, ijtimoiy rivojlanishi va uning shaxs
sifatida shakllanishi
Reja:
1. Shaxsning biologik va psixologik
rivojlanishi.
2. Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy
omillar.
a)
irsiyat (biologik omil);
b)
m
uhit
(ijtimoiy
omil);
c)
ta’lim va tarbiya;
g)faoliyat
va
faollik.
3.
Bolalarning yosh davrlari hususiyatlari.
Tayanch tushunchalar:
pedagogik antropologiya, individ, shaxs,
individuallik, o‘sish, rivojlanish, ijtimoiylashuv, irsiyat, muhit, tarbiya, yosh
davrlari.
“Shaxs” tushunchasi va shaxs rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari.
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy
etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib
turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning
a’zosini ifodalashga xizmat qiladi.
Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson
sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i
kerak.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining
bosh subekti va obekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni
amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va
ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs
sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning
amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon
etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha
mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi
uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida
odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon
bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab
jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga,
eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi,
eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini
ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan
iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’
limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak,
uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim
ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan,
uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi,
ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush taj-ribasi
bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik
jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq
bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar
tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida
boradi.
Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning
xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish
qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib,
rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Shaxs
rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda, odamning shaxs sifatida
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni
belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda
186
Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri
kuchli bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning
ta’siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday?
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan
birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy- biologik omillarni
yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi
o‘mini belgilab bergan, deydilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa
shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va
tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir ohim - bixeviorizm XX asr boshlarida
yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-
naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili
amerikalik olim E.Torndaykdir.
Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe ham shaxs
rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat
miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib,
uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga
bog‘laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil
bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik
rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir
tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy
sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblay- dilar.
Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning
shaxs bo‘lib kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola
yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya
ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’ -sirini aniqlashda ilg‘ or
pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi
murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning
munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar. Falsafiy-antropologik yondashuv
o‘zining tadqiqotchilik va tarbiyaviy funksiyasiga ko‘ra o‘quvchining ma’naviy
187
dunyosiga yo‘naltirilgandir. Ana shu
sababli
mazkur
yondashuv
pedagogikadagi mavjud boshqa ilmiy yoki gnoseologik yondashuvlardan farqli
ravishda muloqot va o‘zaro bir-birini tushunish asosida ta’lim-tarbiya jarayonini
tashkil etishni talab etadi. Mazkur yondashuvning o‘ziga xosligi ta’lim-tarbiya
jarayonining barcha sub’ektlariga nafaqat dunyoqarash ko‘rinishida, balki
mavjudlik usuli tarzida qarashni talab etadi. Mazkur mavjudlik usulini birinchi
navbatda borliqni anglab etish sifatida tushunish lozim. Ikkinchidan, mazkur
mavjudlik usulini uzluksiz ravishda o‘z- o‘zi, boshqalar va boshqa madaniyatlar
bilan muloqot tarzi sifatida aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir. Shaxsga
ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga oshiriladi.
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot
egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil
bo‘ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs
kamolga etadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’ sirini ham yo‘qotish
mumkin.
To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy
va uzluksizdir. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham
yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy
muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish
mumkin.
Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar. Zamonaviy pedagogikada
shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror topgan:
Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-
harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga
bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib
boradi.
Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat
hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy
guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.
Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash
kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari
ijtimoiy hodisa sanaladi.
Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat
188
uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham
uning rivojlanishida muhim rol o‘ ynaydi.
Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt - bilologik,
ijtimoiy, psixologik va yaxlit yondashuv qaror topgan.
4.Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh
davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar
yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda
ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri
kuchli bo‘ladi.
Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va
psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi.
Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish
uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va
uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi
ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn
Sino, Yan Amos Komenskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash
zarurligini uqtirib o‘ tganlar.
Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir
xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin.
Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr
yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki
g‘ayrasizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va chala ishlaydigan,
yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining
ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual - o‘ziga xos xususiyatini bilish
uchun
temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘ rganish,
metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” “qismlarning
bir-biriga munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik
xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari
ham mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1.
Go‘daklik davri - chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir
yoshgacha bo‘lgan davr.
2.
Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri - 1
yoshdan 3 yoshgacha. 3.Maktabgacha bo‘lgan yosh
189
davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (bolalar) -7 yoshdan
11-12 yoshgacha.
5.
O‘rta va kata maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar, ilk
o‘spirinlar) - 12-17 yosh.
Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli
ravishda quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1.
Go‘daklik (1 yoshgacha);
2.
Ilk yosh (1-2 yosh);
3.
Ilk yosh guruhi (2-3 yosh);
4.
Kichik yosh (3-4 yosh);
5.
O‘rta yosh (4-5 yosh);
6.
Katta yosh (5-6 yosh);
7.
Maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta’lim).
Kichik maktab yoshida o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati
egallaydi. Bu juda qiyin o‘tish davri bo‘lib, bolaning bo‘yi, og‘irligi jihatdan
uning tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez
shikastlanadi. Muskullari tez o‘sishi tufayli serharakat bo‘ladi. Bosh miyasi
tez rivojlanadi.
Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab
etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi.
O‘rta va katta maktab yoshi (o‘smirlik, ilk o‘spirinlik 12-17 yosh).
O‘smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi
kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bolaning o‘sishi tezlashadi. Bu davrni o‘tish
davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-
atvoriga ta’sir etadi. O‘smir hayotida mehnat, o‘yin, sport va jamoat ishlari katta
rol o‘ynaydi. Ba’zilarining o‘zlashtirishi pasayadi, intizomi bo‘shashadi. Bu davr
o‘spirinlarning ilk balog‘atga etgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish
tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O‘spirin yoshlar hayotga kelajak
nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish
kuchaya boradi, his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z- o‘zlarini
tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda,
ular o‘rtasida munozaralar o‘tkazish yaxshi natija beradi. O‘spirinlar o‘z
guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o‘spirinning barcha intilishlari ma’lum
maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Ularda o‘quv fanlarini tanlashga nisbatan
ehtiyoj kuchaya boradi.
190
O‘spirinlik - bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o‘z
fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislat-larini namoyish
eta boshlaydilar. Shunda o‘qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g‘o‘r
fikrlari va dunyoqarashlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o‘z-
o‘zini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. Bunga uning
faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o‘zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga
kirishishi ham turtki bo‘ladi. O‘zini kattalardek his etish, o‘ziga xosligini
namoyon etish, boshqalarning diqqatini o‘ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy
muammolarni o‘ z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati,
baxt, burch, shaxs erkinligini o‘z qiziqishlari bilan o‘lchaydilar. Shu bois ularga
katta yoshlilarning beg‘araz, to‘g‘ri yo‘nalish berishlari o‘ta muhim. Mazkur
davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi
mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala- muloqoti muhimdir. Albatta, bu borada,
ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta’siri katta
ahamiyatga ega. Chunki o‘spirin-yoshlar mustahil hayot ostonasida bo‘lib,
ularning bu hayotga to‘g‘ri qadam qo‘yishi uning jamiyatning faol fuqarosi
bo‘lishining muhim shartidir.
Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari. “Gender” atamasi 1968 yilda
amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan bo‘lib,
“jins” ma’nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol
o‘rganilgan bo‘lsa-da, yangi atamaning paydo bo‘lishi ijtimoiy fanlarda yangi
oqimlarni yuzaga keltirdi. “Gender tarixi”, “Gender psixologiyasi”, “Falsafaning
gender tomonlari”, “Gender antropologiyasi”, “Gender sosiologiyasi”,
keyinchalik esa “Gender pedagogikasi” kabi fan tarmoqlari shakllandi. “Gender”
tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o‘g‘il va qiz bolalar munosabatlarining
ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi.
Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud.
Jumladan, faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: «Gender» inglizcha so‘z
bo‘lib, jinsga mansublikning ijtimoiy jihatlari ma’nosini anglatadi. Bu tushuncha
erkaklar va ayollar o‘rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning jinsiy
taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarning butun majmuini hisobga oladi.
Erkaklar va ayollarga tegishli ijtimoiy bog‘liqlik, xulq-atvor va kutilgan
natijalarni ifodalaydi. Psixologlar ham gender tushunchasiga o‘ziga xos tarzda
yondashganlar: psixikaning gender asoslari jins va u bilan bog‘liq ijtimoiy
stereotiplar, shaxsning
psixologik ko‘rinishidir. Olimlar orasida bu
xususiyatlarning qaysi biri tug‘ma, qaysi biri esa ta’lim va tarbiya jarayonida
191
rivojlanganligi to‘g‘risida keskin munozaralar bormoqda. O‘g‘il va qiz
bolalarning har bir xalq madaniyatida har xil tarbiyalanishi tufayli, ular
maktabga kelgan davrdan boshlab jinslarning psixologik farqlari ma’lum
bo‘ladi. Bu farqlar orasida psixologlar (A.E.Taras, 2002) qizlar o‘g‘il bolalardan
matematik va vizual qobiliyatlari bilan ustunroq deb ta’kidlashadi. O‘g‘il
bolalarda qizlarga qaraganda o‘ziga ishonch hissi kuchliroqdir. Qiz bolalar bir
xillikka asoslangan qiziqarsiz faoliyatni engilroq qabul qilishadi. O‘zgaruvchan
muhitga tez moslashishadi. O‘g‘il bolalar har
bir holatni umumiy tarzda baholashsa, qizlar yaxshilab tekshirib, o‘
rganib, keyin unga baho berishadi.
Pedagogik ma’noda gender - o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab ta’limiy
sosiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emosional
xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi.
Bugungi kunda o‘g‘il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik,
axloqiy, emosional, xulq-atvorga oid farqlar to‘liq o‘rganilgan. Ana shu asosdan
kelib chiqib, o‘quvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim bo‘lgan
quyidagi gender xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin:
qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ikki marta ko‘proq savol berishadi;
qizlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda
kelishib ketadi; o‘g‘il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o‘z Huqtai
nazarida qolishni afzal ko‘rishadi;
mustaqil hal etish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda o‘g‘il bolalar sifati,
qiz bolalar esa hajmini hisobga olishadi;
o‘g‘il bolalar ko‘proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig‘iga e’tibor
berishadi; qizlarga ko‘proq psixologiya, adabiyot yoqadi;
o‘g‘il bolalar dialog, munozarani afzal ko‘rishadi; qiz bolalar
monologlikka moyil, eshitishni va o‘zida aks ettirishni yoqtiradi;
o‘g‘il bolalar ko‘proq virtual(mo‘jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz
bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda rasional va pragmatik. Ular o‘z tanlovlarini
foydalilik nuqtai nazaridan, ya’ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga
erishishga imkon berishiga qarab amalga oshirishadi;
o‘g‘il bolalar o‘z tuyg‘ularini ochiq bayon etishadi; qiz bolalar o‘z xohish
va istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi.
Shaxs
ijtimoiylashuvi.
Ijtimoiylashuv
insonning
madaniyat,
kommunikasiya ta’siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda
bo‘lishlarini ifodalasa, ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning
192
muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik
mexanizm, sosial norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiy-
falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar jarayonida shaxs ijtimoiylashuviga
xos bo‘lgan quyidagi holatlar aniqlangan:
shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan ikkinchi
davrga o‘tish jarayonida ro‘y beruvchi ijtimoiy omillar (mega omillar, makro
omillar, mezo omillar, mikro omillar), voqeliklar hamda ularning ta’siri etakchi
o‘rin tutadi;
bolaning kamol topishi, shaxs bo‘lib shakllanishida ijtimoiy, xususan, ota-
onalar va bola o‘rtasidagi munosabatlar, ularning o‘ zaro hissiy birligi muhim
ahamiyatga ega;
shaxs muayyan sxemalar hamda kognitiv tuzilmalar yordamida
boshqariladi; shu sababli uning ana shu sxema va kognitiv tuzilmalarga
moslashuvi ijtimoiylashuv mohiyatini anglatadi;
shaxs ijtimoiy ta’sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik
madaniyati unsurlarini o‘zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy jihatdan kamol
topadi va axloqiy sifatlarga ega bo‘ladi - mazkur holat shaxs ijtimoiylashuvining
ustuvor jihati hisoblanadi; shaxsning ijtimoiylashuvi turli ijtimoiy tuzumlar,
jamiyat rivojining muayyan davrlarida bir xil kechmaydi; har bir davri shaxsning
ijtimoiylashuvida o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi; ijtimoiylashuv
bolalikkagina xos xususiyat bo‘lmay, shaxs hayotining barcha davrlarini qamrab
oladi. Ma’lumki, ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi qadriyatlarni qabul
qilishi va zaruriy darajada ijtimoiy, fuqaroviy va shaxsiy etuklikka erishishi
asosida jamiyatga kirib borishidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa, inson o‘zini
jamiyatda shaxs sifatida anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta’lim, o‘z- o‘zini
tarbiyalash jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o‘z maqsadlarini mustaqil
aniqlay olsa va ularga erishish yo‘llarini belgilay olganida, o‘z qadr- qimmatini
anglab etganida, jamiyatdagi o‘z o‘rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga
oshadi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi - ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik
funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor
va qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi.
Ijtimoiylashuv jarayoni o‘zining sifat xususiyatlariga, tarkibiga,
qonuniyatlariga,
omillariga,
shart-sharoitlariga,
boshqarilishiga
va
ijtimoiylashgan insonda namoyon bo‘lishiga (uning xususiyatlari, sifatlari, o‘ziga
xosliklari) ko‘ra murakkabdir. Ana shu sababli u o‘zida turli fanlar tomonidan
193
ko‘rib chiqiladigan ijtimoiylashuvning xilma-xil - madaniy, axloqiy, xuquqiy,
mehnat, psixologik ko‘rinishlarini aks ettiradi. Pedagogika haqida gap ketganda
esa, bu sohadagi ijtimoiylashuv jarayoni pedagogikaning predmeti, sohasi va
ehtiyojlarining o‘ziga xosligini hisobga olib, pedagogik ijtimoiylashuv turi
sifatida alohida e’tibor bilan qarab o‘tiladi. Bu insonning dunyoga kelgan
vaqtidan boshlab ijtimoiy belgilangan va muhim pedagogik yangidan
shakllanuvchi tajribalarni - tarbiyalanganlik, ta’lim olganlik, ma’lumotlilik va
rivojlanganlik hamda ularning kelgusidagi butun umri mobaynida muttasil
o‘zgarib borishi (mukammallashuvi) jarayoni va yuzaga kelish natijasidir. Bu
holda shaxsga nisbatan sust ravishda yondashuv kuzatilmaydi, balki u ijtimoiy
munosabatlarning va pedagogik tizimning sub’yekti sifatida, tajriba egallashda
faollik va mustaqillikni namoyon qiluvchi hamda o‘z-o‘zini shakllantiruvchi,
shu bilan birga o‘z hayot yo‘li uchun javobgarlikni his etuvchi sub’yekt sifatida
qaraladi. Pedagogikaning vazifasi - insonga fikrlovchi shaxs, ijtimoiy faol fuqaro
bo‘lib yetishishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini va xulq-atvorini, o‘z istak-maqsadlarini
yo‘nalishini anglaydigan, pedagoglar va jamiyatdagi pedagogik tizim bilan
birgalikda umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashga yo‘nalgan
shaxs bo‘lishiga yordam berishdir. Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy
mexanizmlari mavjud: ana’naviy - oila va yaqin muhit orqali o‘quvchilarni
ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni
yaratish; institusional - ijtimoiy institutlar va ta’ lim muassasalari tomonidan
o‘quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni
yaratish;
shaxslararo - o‘quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda
muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish;
O‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning muhim sharti ularda ijtimoiy
kompetentlikni qaror toptirishdir. Ijtimoiy kompetentlik insondan ijtimoiy
vaziyatlarga yo‘nalganlik va boshqarish qobiliyatini talab etuvchi boshqa
kishilar bilan kommunikasiyani yo‘lga qo‘yishda o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy
kompetentlikning asosiy funksiyalariga moslashuv, ijtimoiy oriyentasiya, shaxs
integrasiyasi va umumijtimoiy tajribani kabilar kiradi. Ijtimoiy tajriba
o‘quvchilami ijtimoiylashtirishning integral natijaviy tavsifini o‘zida aks ettirib,
faoliyatga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga asoslanishni talab etadi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv nuqtai nazaridan ijtimoiy tajriba
o‘quvchining boshqa kishilar, atrof-muhit bilan o‘zaro harakati natijasida yuzaga
keluvchi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va ustanovkalar yig‘indisini o‘zida aks
194
ettiradi. Ana shu sababli shaxsda o‘z-o‘zini tashkillashtirish va o‘z- o‘zini
korreksiyalash madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan “o‘z-o‘zini
boshqarish tajribasi”ni ijtimoiy tajribaning komponenti sifatida qarash maqsadga
muvofiqdir. O‘z-o‘zini boshqarish tajribasini shakllantirishning asosiy ijtimoiy
sohalari sifatida individni sub’yekt-sub’yekt munosabatlariga jalb etish;
sub’yektda tashabbuskorlikni shakllantirish; hayotiy faoliyat jarayonida o‘z-
o‘zini tashkillashning universal namunalarini qabul qilish kabilarni kiritish
mumkin. Aksiologik yondashuv nuqtai nazaridan shaxsda ijtimoiy tajribani
shakllantirish ikkita o‘zaro aloqador yo‘nalishda amalga oshadi. Birinchidan,
inson hayotining mazmuni, shaxslararo munosabatda ma’naviy-axloqiy me’yor
va qoidalar sifatida individda qadriyatga yo‘naltirilgan oriyentasiyani
shakllantirish, ikkinchi tomondan shaxsiy nuqtai nazardan yuqori mavqega
ega o‘z-o‘zini boshqarishda aks etuvchi o‘zaro birgalikdagi faoliyat jarayonidagi
xatti-harakatlar, ijtimoiy va hayotiy ahamiyat kasb etuvchi xulq- atvor
me’yorlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi. O‘quvchilarni
o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltirish pedagogik hodisa sifatida shaxs salohiyatini
rivojlantirish bilan bog‘liq intellektual, emosional- hissiy va faoliyatga
yo‘naltirilgan sohalar uyg‘unligini talab etadi hamda o‘quvchilarning ijodiy
qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini
oshirishga xizmat qiladi. O‘quvchilarning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi
quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:
ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o‘zining rolini aniqlay olish,
vaziyatga moslashuvchanlik va safarbarlik;
loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini anglash, individual xulq-
atvor strategiyalarini tanlay olish; interiorizasiya: ijtimoiy faoliyatning asosiy
me’yorlarini qabul qilish va faoliyatda namoyon etish.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
Individ” tushunchasi nimani ifoda etadi?
2.
Odamning shaxs sifatida shakllanishining asosini nima tashkil
etadi?
3.
Shaxsning rivojlanishi tushunchasiga izoh bering.
4.
Shaxs rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
5.
Shaxs rivojlanishiga doir zamonaviy yondashuvlarni izohlang
6.
Shaxs rivojlanishining yosh davrlariga tavsib bering.
7.
Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari deganda nima
tushuniladi?
195
8.
Shaxs ijtimoiylashuvining mazmun-mohiyatini yoritib bering.
ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni /
Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq"
nashriyot-matbaa konserni, 1998.
2.
O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining
poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998
3.
Pedagogika. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. – Toshkent,
O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.
4.
Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –
Toshkent, fan va texnologiya. 2010
5.
Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. –Toshkent, 2007.
6.
Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining
poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
7.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va varovon, demokratik O‘zbekiston
davlatini birgalikda barpo etamiz.-T.: O‘zbekiston, 2017.
8.
Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjayev.-Toshkent,
“Sano-standart” nashriyoti, 2017.
9.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus va kasb-hunar Ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni. 2018 yil
3-Mavzu:
Dostları ilə paylaş: |