"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Insonning biologik, ijtimoiy rivojlanishi va uning shaxs



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Insonning biologik, ijtimoiy rivojlanishi va uning shaxs 
sifatida shakllanishi 
Reja: 
1. Shaxsning biologik va psixologik 
rivojlanishi.
2. Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy 
omillar. 
a)
irsiyat (biologik omil); 
b)
m
uhit 
(ijtimoiy 
omil); 
c)
ta’lim va tarbiya; 
g)faoliyat 
va 
faollik. 
3.
Bolalarning yosh davrlari hususiyatlari. 
Tayanch tushunchalar: 
pedagogik antropologiya, individ, shaxs, 
individuallik, o‘sish, rivojlanish, ijtimoiylashuv, irsiyat, muhit, tarbiya, yosh 
davrlari. 
“Shaxs” tushunchasi va shaxs rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. 
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy 
etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib 


turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning 
a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. 
Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson 
sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i 
kerak. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining 
bosh subekti va obekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni 
amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va 
ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs 
sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning 
amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon 
etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha 
mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. 
Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi 
uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida 
odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. 
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon 
bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab 
jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, 
eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, 
eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini 
ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan 
iboratdir. 
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’ 
limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, 
uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim 
ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, 
uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, 
ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. 
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush taj-ribasi 
bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. 
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik 
jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq 
bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar 
tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida 
boradi. 
Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli 
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. 
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning 
xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. 


Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish 
qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib
rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Shaxs 
rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda, odamning shaxs sifatida 
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni 
belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda


186 
Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri 
kuchli bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning 
ta’siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday? 
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan 
birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy- biologik omillarni 
yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi 
o‘mini belgilab bergan, deydilar. 
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa 
shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va 
tarbiyaning rolini inkor etadi. 
Xorij psixologiyasidagi yana bir ohim - bixeviorizm XX asr boshlarida 
yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan- 
naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili 
amerikalik olim E.Torndaykdir. 
Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe ham shaxs 
rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat 
miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, 
uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. 
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga 
bog‘laydilar. 
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil 
bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik 
rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar. 
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir 
tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy 
sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. 
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblay- dilar. 
Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning 
shaxs bo‘lib kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola 
yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya 
ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’ -sirini aniqlashda ilg‘ or 
pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. 
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi 
murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning 
munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar. Falsafiy-antropologik yondashuv 
o‘zining tadqiqotchilik va tarbiyaviy funksiyasiga ko‘ra o‘quvchining ma’naviy 


187 
dunyosiga yo‘naltirilgandir. Ana shu 
sababli 
mazkur 
yondashuv 
pedagogikadagi mavjud boshqa ilmiy yoki gnoseologik yondashuvlardan farqli 
ravishda muloqot va o‘zaro bir-birini tushunish asosida ta’lim-tarbiya jarayonini 
tashkil etishni talab etadi. Mazkur yondashuvning o‘ziga xosligi ta’lim-tarbiya 
jarayonining barcha sub’ektlariga nafaqat dunyoqarash ko‘rinishida, balki 
mavjudlik usuli tarzida qarashni talab etadi. Mazkur mavjudlik usulini birinchi 
navbatda borliqni anglab etish sifatida tushunish lozim. Ikkinchidan, mazkur 
mavjudlik usulini uzluksiz ravishda o‘z- o‘zi, boshqalar va boshqa madaniyatlar 
bilan muloqot tarzi sifatida aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir. Shaxsga 
ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga oshiriladi. 
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot 
egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil 
bo‘ladi. 
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs 
kamolga etadi. 
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’ sirini ham yo‘qotish 
mumkin. 
To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. 
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy 
va uzluksizdir. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham 
yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy 
muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish 
mumkin. 
Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar. Zamonaviy pedagogikada 
shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror topgan: 
Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti- 
harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga 
bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib 
boradi. 
Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat 
hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy 
guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi. 
Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash 
kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari 
ijtimoiy hodisa sanaladi. 
Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat 


188 
uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham 
uning rivojlanishida muhim rol o‘ ynaydi. 
Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt - bilologik, 
ijtimoiy, psixologik va yaxlit yondashuv qaror topgan. 
4.Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh 
davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar 
yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda 
ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri 
kuchli bo‘ladi. 
Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va 
psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. 
Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish 
uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va 
uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi 
ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn 
Sino, Yan Amos Komenskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash 
zarurligini uqtirib o‘ tganlar. 
Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir 
xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. 
Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr 
yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki 
g‘ayrasizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va chala ishlaydigan, 
yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining 
ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. 
Bolaning individual - o‘ziga xos xususiyatini bilish 
uchun 
temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘ rganish, 
metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” “qismlarning 
bir-biriga munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik 
xususiyatlari majmuidir. 
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari 
ham mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo‘linadi: 
1.
Go‘daklik davri - chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir 
yoshgacha bo‘lgan davr. 
2.
Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri - 1 
yoshdan 3 yoshgacha. 3.Maktabgacha bo‘lgan yosh 


189 
davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha. 
4.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (bolalar) -7 yoshdan 
11-12 yoshgacha. 
5.
O‘rta va kata maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar, ilk 
o‘spirinlar) - 12-17 yosh. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli 
ravishda quyidagi davrlarga bo‘linadi: 
1.
Go‘daklik (1 yoshgacha); 
2.
Ilk yosh (1-2 yosh); 
3.
Ilk yosh guruhi (2-3 yosh); 
4.
Kichik yosh (3-4 yosh); 
5.
O‘rta yosh (4-5 yosh); 
6.
Katta yosh (5-6 yosh); 
7.
Maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta’lim). 
Kichik maktab yoshida o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati 
egallaydi. Bu juda qiyin o‘tish davri bo‘lib, bolaning bo‘yi, og‘irligi jihatdan 
uning tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez 
shikastlanadi. Muskullari tez o‘sishi tufayli serharakat bo‘ladi. Bosh miyasi 
tez rivojlanadi. 
Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab 
etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi. 
O‘rta va katta maktab yoshi (o‘smirlik, ilk o‘spirinlik 12-17 yosh). 
O‘smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi 
kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bolaning o‘sishi tezlashadi. Bu davrni o‘tish 
davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-
atvoriga ta’sir etadi. O‘smir hayotida mehnat, o‘yin, sport va jamoat ishlari katta 
rol o‘ynaydi. Ba’zilarining o‘zlashtirishi pasayadi, intizomi bo‘shashadi. Bu davr 
o‘spirinlarning ilk balog‘atga etgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish 
tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O‘spirin yoshlar hayotga kelajak 
nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish 
kuchaya boradi, his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z- o‘zlarini 
tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, 
ular o‘rtasida munozaralar o‘tkazish yaxshi natija beradi. O‘spirinlar o‘z 
guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o‘spirinning barcha intilishlari ma’lum 
maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Ularda o‘quv fanlarini tanlashga nisbatan 
ehtiyoj kuchaya boradi. 


190 
O‘spirinlik - bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o‘z 
fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislat-larini namoyish 
eta boshlaydilar. Shunda o‘qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g‘o‘r 
fikrlari va dunyoqarashlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o‘z-
o‘zini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. Bunga uning 
faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o‘zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga 
kirishishi ham turtki bo‘ladi. O‘zini kattalardek his etish, o‘ziga xosligini 
namoyon etish, boshqalarning diqqatini o‘ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy 
muammolarni o‘ z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, 
baxt, burch, shaxs erkinligini o‘z qiziqishlari bilan o‘lchaydilar. Shu bois ularga 
katta yoshlilarning beg‘araz, to‘g‘ri yo‘nalish berishlari o‘ta muhim. Mazkur 
davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi 
mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala- muloqoti muhimdir. Albatta, bu borada, 
ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta’siri katta 
ahamiyatga ega. Chunki o‘spirin-yoshlar mustahil hayot ostonasida bo‘lib, 
ularning bu hayotga to‘g‘ri qadam qo‘yishi uning jamiyatning faol fuqarosi 
bo‘lishining muhim shartidir. 
Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari. “Gender” atamasi 1968 yilda 
amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan bo‘lib, 
“jins” ma’nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol 
o‘rganilgan bo‘lsa-da, yangi atamaning paydo bo‘lishi ijtimoiy fanlarda yangi 
oqimlarni yuzaga keltirdi. “Gender tarixi”, “Gender psixologiyasi”, “Falsafaning 
gender tomonlari”, “Gender antropologiyasi”, “Gender sosiologiyasi”, 
keyinchalik esa “Gender pedagogikasi” kabi fan tarmoqlari shakllandi. “Gender” 
tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o‘g‘il va qiz bolalar munosabatlarining 
ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi. 
Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud. 
Jumladan, faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: «Gender» inglizcha so‘z 
bo‘lib, jinsga mansublikning ijtimoiy jihatlari ma’nosini anglatadi. Bu tushuncha 
erkaklar va ayollar o‘rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning jinsiy 
taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarning butun majmuini hisobga oladi. 
Erkaklar va ayollarga tegishli ijtimoiy bog‘liqlik, xulq-atvor va kutilgan 
natijalarni ifodalaydi. Psixologlar ham gender tushunchasiga o‘ziga xos tarzda 
yondashganlar: psixikaning gender asoslari jins va u bilan bog‘liq ijtimoiy 
stereotiplar, shaxsning 
psixologik ko‘rinishidir. Olimlar orasida bu 
xususiyatlarning qaysi biri tug‘ma, qaysi biri esa ta’lim va tarbiya jarayonida 


191 
rivojlanganligi to‘g‘risida keskin munozaralar bormoqda. O‘g‘il va qiz 
bolalarning har bir xalq madaniyatida har xil tarbiyalanishi tufayli, ular 
maktabga kelgan davrdan boshlab jinslarning psixologik farqlari ma’lum 
bo‘ladi. Bu farqlar orasida psixologlar (A.E.Taras, 2002) qizlar o‘g‘il bolalardan 
matematik va vizual qobiliyatlari bilan ustunroq deb ta’kidlashadi. O‘g‘il 
bolalarda qizlarga qaraganda o‘ziga ishonch hissi kuchliroqdir. Qiz bolalar bir 
xillikka asoslangan qiziqarsiz faoliyatni engilroq qabul qilishadi. O‘zgaruvchan 
muhitga tez moslashishadi. O‘g‘il bolalar har 
bir holatni umumiy tarzda baholashsa, qizlar yaxshilab tekshirib, o‘ 
rganib, keyin unga baho berishadi. 
Pedagogik ma’noda gender - o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab ta’limiy 
sosiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emosional 
xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi. 
Bugungi kunda o‘g‘il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, 
axloqiy, emosional, xulq-atvorga oid farqlar to‘liq o‘rganilgan. Ana shu asosdan 
kelib chiqib, o‘quvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim bo‘lgan 
quyidagi gender xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin: 
qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ikki marta ko‘proq savol berishadi; 
qizlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda 
kelishib ketadi; o‘g‘il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o‘z Huqtai 
nazarida qolishni afzal ko‘rishadi; 
mustaqil hal etish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda o‘g‘il bolalar sifati, 
qiz bolalar esa hajmini hisobga olishadi; 
o‘g‘il bolalar ko‘proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig‘iga e’tibor 
berishadi; qizlarga ko‘proq psixologiya, adabiyot yoqadi; 
o‘g‘il bolalar dialog, munozarani afzal ko‘rishadi; qiz bolalar 
monologlikka moyil, eshitishni va o‘zida aks ettirishni yoqtiradi; 
o‘g‘il bolalar ko‘proq virtual(mo‘jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz 
bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda rasional va pragmatik. Ular o‘z tanlovlarini 
foydalilik nuqtai nazaridan, ya’ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga 
erishishga imkon berishiga qarab amalga oshirishadi; 
o‘g‘il bolalar o‘z tuyg‘ularini ochiq bayon etishadi; qiz bolalar o‘z xohish 
va istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi. 
Shaxs 
ijtimoiylashuvi. 
Ijtimoiylashuv 
insonning 
madaniyat, 
kommunikasiya ta’siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda 
bo‘lishlarini ifodalasa, ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning 


192 
muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik 
mexanizm, sosial norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiy- 
falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar jarayonida shaxs ijtimoiylashuviga 
xos bo‘lgan quyidagi holatlar aniqlangan: 
shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan ikkinchi 
davrga o‘tish jarayonida ro‘y beruvchi ijtimoiy omillar (mega omillar, makro 
omillar, mezo omillar, mikro omillar), voqeliklar hamda ularning ta’siri etakchi 
o‘rin tutadi; 
bolaning kamol topishi, shaxs bo‘lib shakllanishida ijtimoiy, xususan, ota- 
onalar va bola o‘rtasidagi munosabatlar, ularning o‘ zaro hissiy birligi muhim 
ahamiyatga ega; 
shaxs muayyan sxemalar hamda kognitiv tuzilmalar yordamida 
boshqariladi; shu sababli uning ana shu sxema va kognitiv tuzilmalarga 
moslashuvi ijtimoiylashuv mohiyatini anglatadi; 
shaxs ijtimoiy ta’sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik 
madaniyati unsurlarini o‘zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy jihatdan kamol 
topadi va axloqiy sifatlarga ega bo‘ladi - mazkur holat shaxs ijtimoiylashuvining 
ustuvor jihati hisoblanadi; shaxsning ijtimoiylashuvi turli ijtimoiy tuzumlar
jamiyat rivojining muayyan davrlarida bir xil kechmaydi; har bir davri shaxsning 
ijtimoiylashuvida o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi; ijtimoiylashuv 
bolalikkagina xos xususiyat bo‘lmay, shaxs hayotining barcha davrlarini qamrab 
oladi. Ma’lumki, ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi qadriyatlarni qabul 
qilishi va zaruriy darajada ijtimoiy, fuqaroviy va shaxsiy etuklikka erishishi 
asosida jamiyatga kirib borishidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa, inson o‘zini 
jamiyatda shaxs sifatida anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta’lim, o‘z- o‘zini 
tarbiyalash jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o‘z maqsadlarini mustaqil 
aniqlay olsa va ularga erishish yo‘llarini belgilay olganida, o‘z qadr- qimmatini 
anglab etganida, jamiyatdagi o‘z o‘rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga 
oshadi. 
Shaxsning ijtimoiylashuvi - ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik 
funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor 
va qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi. 
Ijtimoiylashuv jarayoni o‘zining sifat xususiyatlariga, tarkibiga, 
qonuniyatlariga, 
omillariga, 
shart-sharoitlariga, 
boshqarilishiga 
va 
ijtimoiylashgan insonda namoyon bo‘lishiga (uning xususiyatlari, sifatlari, o‘ziga 
xosliklari) ko‘ra murakkabdir. Ana shu sababli u o‘zida turli fanlar tomonidan 


193 
ko‘rib chiqiladigan ijtimoiylashuvning xilma-xil - madaniy, axloqiy, xuquqiy, 
mehnat, psixologik ko‘rinishlarini aks ettiradi. Pedagogika haqida gap ketganda 
esa, bu sohadagi ijtimoiylashuv jarayoni pedagogikaning predmeti, sohasi va 
ehtiyojlarining o‘ziga xosligini hisobga olib, pedagogik ijtimoiylashuv turi 
sifatida alohida e’tibor bilan qarab o‘tiladi. Bu insonning dunyoga kelgan 
vaqtidan boshlab ijtimoiy belgilangan va muhim pedagogik yangidan 
shakllanuvchi tajribalarni - tarbiyalanganlik, ta’lim olganlik, ma’lumotlilik va 
rivojlanganlik hamda ularning kelgusidagi butun umri mobaynida muttasil 
o‘zgarib borishi (mukammallashuvi) jarayoni va yuzaga kelish natijasidir. Bu 
holda shaxsga nisbatan sust ravishda yondashuv kuzatilmaydi, balki u ijtimoiy 
munosabatlarning va pedagogik tizimning sub’yekti sifatida, tajriba egallashda 
faollik va mustaqillikni namoyon qiluvchi hamda o‘z-o‘zini shakllantiruvchi, 
shu bilan birga o‘z hayot yo‘li uchun javobgarlikni his etuvchi sub’yekt sifatida 
qaraladi. Pedagogikaning vazifasi - insonga fikrlovchi shaxs, ijtimoiy faol fuqaro 
bo‘lib yetishishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini va xulq-atvorini, o‘z istak-maqsadlarini 
yo‘nalishini anglaydigan, pedagoglar va jamiyatdagi pedagogik tizim bilan 
birgalikda umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashga yo‘nalgan 
shaxs bo‘lishiga yordam berishdir. Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy 
mexanizmlari mavjud: ana’naviy - oila va yaqin muhit orqali o‘quvchilarni 
ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni 
yaratish; institusional - ijtimoiy institutlar va ta’ lim muassasalari tomonidan 
o‘quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni 
yaratish; 
shaxslararo - o‘quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda 
muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish; 
O‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning muhim sharti ularda ijtimoiy 
kompetentlikni qaror toptirishdir. Ijtimoiy kompetentlik insondan ijtimoiy 
vaziyatlarga yo‘nalganlik va boshqarish qobiliyatini talab etuvchi boshqa 
kishilar bilan kommunikasiyani yo‘lga qo‘yishda o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy 
kompetentlikning asosiy funksiyalariga moslashuv, ijtimoiy oriyentasiya, shaxs 
integrasiyasi va umumijtimoiy tajribani kabilar kiradi. Ijtimoiy tajriba 
o‘quvchilami ijtimoiylashtirishning integral natijaviy tavsifini o‘zida aks ettirib, 
faoliyatga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga asoslanishni talab etadi. 
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv nuqtai nazaridan ijtimoiy tajriba 
o‘quvchining boshqa kishilar, atrof-muhit bilan o‘zaro harakati natijasida yuzaga 
keluvchi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va ustanovkalar yig‘indisini o‘zida aks 


194 
ettiradi. Ana shu sababli shaxsda o‘z-o‘zini tashkillashtirish va o‘z- o‘zini 
korreksiyalash madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan “o‘z-o‘zini 
boshqarish tajribasi”ni ijtimoiy tajribaning komponenti sifatida qarash maqsadga 
muvofiqdir. O‘z-o‘zini boshqarish tajribasini shakllantirishning asosiy ijtimoiy 
sohalari sifatida individni sub’yekt-sub’yekt munosabatlariga jalb etish; 
sub’yektda tashabbuskorlikni shakllantirish; hayotiy faoliyat jarayonida o‘z- 
o‘zini tashkillashning universal namunalarini qabul qilish kabilarni kiritish 
mumkin. Aksiologik yondashuv nuqtai nazaridan shaxsda ijtimoiy tajribani 
shakllantirish ikkita o‘zaro aloqador yo‘nalishda amalga oshadi. Birinchidan, 
inson hayotining mazmuni, shaxslararo munosabatda ma’naviy-axloqiy me’yor 
va qoidalar sifatida individda qadriyatga yo‘naltirilgan oriyentasiyani 
shakllantirish, ikkinchi tomondan shaxsiy nuqtai nazardan yuqori mavqega 
ega o‘z-o‘zini boshqarishda aks etuvchi o‘zaro birgalikdagi faoliyat jarayonidagi 
xatti-harakatlar, ijtimoiy va hayotiy ahamiyat kasb etuvchi xulq- atvor 
me’yorlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi. O‘quvchilarni 
o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltirish pedagogik hodisa sifatida shaxs salohiyatini 
rivojlantirish bilan bog‘liq intellektual, emosional- hissiy va faoliyatga 
yo‘naltirilgan sohalar uyg‘unligini talab etadi hamda o‘quvchilarning ijodiy 
qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini 
oshirishga xizmat qiladi. O‘quvchilarning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi 
quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim: 
ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o‘zining rolini aniqlay olish, 
vaziyatga moslashuvchanlik va safarbarlik; 
loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini anglash, individual xulq- 
atvor strategiyalarini tanlay olish; interiorizasiya: ijtimoiy faoliyatning asosiy 
me’yorlarini qabul qilish va faoliyatda namoyon etish. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Individ” tushunchasi nimani ifoda etadi? 
2.
Odamning shaxs sifatida shakllanishining asosini nima tashkil 
etadi? 
3.
Shaxsning rivojlanishi tushunchasiga izoh bering. 
4.
Shaxs rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 
5.
Shaxs rivojlanishiga doir zamonaviy yondashuvlarni izohlang 
6.
Shaxs rivojlanishining yosh davrlariga tavsib bering. 
7.
Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari deganda nima 
tushuniladi? 


195 
8.
Shaxs ijtimoiylashuvining mazmun-mohiyatini yoritib bering. 
ADABIYOTLAR 
1.
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni / 
Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" 
nashriyot-matbaa konserni, 1998. 
2.
O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining 
poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998 
3.
Pedagogika. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, 
O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 
4.
Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –
Toshkent, fan va texnologiya. 2010 
5.
Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. –Toshkent, 2007. 
6.
Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining 
poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 
7.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va varovon, demokratik O‘zbekiston 
davlatini birgalikda barpo etamiz.-T.: O‘zbekiston, 2017. 
8.
Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjayev.-Toshkent, 
“Sano-standart” nashriyoti, 2017. 
9.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta, o‘rta 
maxsus va kasb-hunar Ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni. 2018 yil 
3-Mavzu: 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə