mutaxassisliklari uchun - 3 yil yoki medisina, jarrohlik va doyalik (akusherlik)
ixtisosligi bo‘yicha doktor unvoniga ega bo‘lishi uchun 4 yil o‘qishlari shart.
doktor
- magistr darajasiga to‘g‘ri keladi, mazkur darajaga lesensiat
darajasini olgandan keyingina kamida yana 1
yil tahsil olib, dissertasiyani yozib,
albatta
uni
yoqlash
talab
etiladi.
“oliy ta’lim agreje”si
- ushbu iyerarxiya (ketma-ketlik)ning oliy darajasi
hisoblanadi va u doktorlik darajasini olib, 2 yil muddat o‘tishidan
keyingina
berilishi
mumkin.
Universitetlarda,
shuningdek universitetdan keyingi ta’lim yoki, odatda,
davomiyligi 2-3 yil bo‘lgan 3-chi sikl (bosqich) ta’limi‖ bordir. Mazkur ta’lim
turininig maqsadi insonlarga ko‘shimcha ta’lim yoki daraja olish uchun imkoniyat
yaratish hisoblanadi. Ba’zi fanlardan universitet darajasiga ega bo‘lish uchun
kechki yoki dam olish kunlari kurslari tashkil etilishi orqali yoshi katta bo‘lgan
kishilarga imkoniyat yaratiladi. Ba’zi universitetlarda ta’limning almashib
kelishi, ya’ni ta’lim olish jarayoni ishlab chiqarishdagi
amaliyot bilan almashib
keladi va tanaffusli ta’lim kabi shakllari mavjud. Belgiya oliy maktab tizimi
uchun ta’lim jarayoni bilan zamonaviy fanni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari
bo‘yicha
amaliy
tadqiqotlarning
bog‘liqligi
an’ana
bo‘lib
qolgan.
Ilm, fanni rivojlantirish uchun universitetlarning byudjetidan 40% gacha
bo‘lgan miqdordagi mablag‘ ajrtiladi. Ilmiy tadqiqotlarining moliyalashtirilishi
vazirlik, sanoat va qishloq xo‘jaligida ilmiy- tadqiqotlarga ko‘mak
Instituti
yo‘nalishlari bo‘yicha davlat mablag‘lari, ilmiy tadqiqotlar Milliy jamg‘armasi,
shuningdek turli xil kompaniya, jamg‘arma va assosiyasiyalar yo‘nalishi bo‘yicha
xususiy
(shaxsiy)
manbalar
hisobidan
amalga
oshiriladi.
1995 yil 8 avgustdagi Oliy maktablarda ta’limni tashkil etish to‘g‘risidagi
Dekret uzun va qisqa‖ tipdagi ta’limni belgilab berdi. Shuni alohida ta’kidlash
kerakki, oliy o‘quv yurti nomidagi institut yoki universitet so‘zlari mazkur
o‘quv yurti o‘z bitiruvchilariga oliy ma’lumot beradi degani emas. Qisqa muddatli
ta’lim 3 yillik (ba’zi hollarda san’at
va tibbiyot sohalari
bo‘yicha 4
yil) muddatli
bir sikldan iborat bo‘ladi. Nazariy qismini o‘qitish navbatma-navbat laboratoriya,
ustaxonalardagi
amaliy
mashg‘ulotlar
bilan
birgalikda
olib
boriladi.
Ko‘pincha fermer, buxgalteriya,
hamshira, maktab o‘qituvchisi, mexanik,
kutubxonachi, fotograf, kotiba kabi mutaxassisliklarda o‘qishning 1-yilidan
boshlanadi.
Uzoq muddatli oliy ta’lim, ba’zi hollarda universitet darajadagi, uzoq
muddatli ta’lim bilan ham nomlanadigan har biri davomiyligi 2 yildan iborat 2
sikldan
iborat.
Belgiya oliy o‘quv yurtlari tomonidan berilgan barcha diplomlar Evropa
Ittifoqi
davlatlari,
shuningdek
Islandiya,
Norvegiya,
Tursiya
va
Malta
mamlakatlarida
e’tirof
etiladi.
Birinchi bosqich Graduye diplom berilishi bilan yakunlanadi.
Ikkinchi
pog‘ona tahsilidan keyin Licyenciye diplomi beriladi. Institut va universitetlarning
ikkinchi pog‘ona bitiruvchilari uchun yagona bo‘lib, umumiy hisoblangan uchinchi
pog‘onadan keyin bitiruvchiga (Ingeneurdiplome) diplomli muhandis darajasi
beriladi. Aslida, oliy ta’lim sektorlari oralig‘idagi chegaralar o‘zgalar
uchun yopiq,
mahdud emas hamda talabalar navbatdagi ta’lim bosqichini o‘z mutaxassisligiga
mos keladigan hohlagan oliy o‘quv yurtida davom ettirishi mumkin.
OO‘Yuga kirish imtixonlari mavjud emas: tahsil olish uchun yozilish tizimi
mavjuddir. Ba’zi OO‘Yular kelajak talabalari uchun qo‘shimcha ravishda test
sinovlarini o‘tkazishadi.
Dostları ilə paylaş: