"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Ta’lim nazaryasi va tarbiya metodlari



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Ta’lim nazaryasi va tarbiya metodlari
Reja: 
1. Tarbiya haqida tushuncha, maqsadi va vazifalari 
2. Tarbiyaning umumiy usullari va uning tavsifi 
3. Tarbiyaning metodlari haqida tushuncha. 
4. Tarbiya metodlarning vazifasi. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari 
Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning 
mazmuni, usuli va tashkil e’tish masalalarini o‘rganadi. Tarbiya nazariyasi markaziy 
Osiyo faylasuflarining va xalq pedagoglarining tarbiya borasida boy tajribalariga 
tayanadi. U o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, 
fiziologiya, psixologiya, fanlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning 
tashqi bilimlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik 


196 
bilan uzviy bog‘langandir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, 
g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy 
qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy rivojlanadi. Bola o‘sgan sari bu faoliyatlar 
takomillashadi, mustahkamlashadi. 
Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning 
mazmuni, usuli va tashkil etish masalalarini o‘rganadi. Tarbiya nazariyasi markaziy 
Osiyo faylasuflarining va xalq pedagoglarining tarbiya borasida boy tajribalariga 
tayanadi. U o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sosiologiya, etika, estetika, 
fiziologiya, psixologiya, fanlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning 
tashqi bilimlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik 
bilan uzviy bog‘langandir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, 
g‘oyaviy, ahloqiy, irodaviy estetik hislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy 
qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy rivojlanadi. Bola o‘sgan sari bu faoliyatlar 
takomillashadi, mustahkamlashadi. Tarbiya qoidalari pedagogik ta’lim va tarbiya 
jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanaladigan boshlang‘ich holat, 
rahbarlik asosidir. Ta’lim qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi 
qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya 
qoidalari sharq va markaziy Osiyo faylasuf donishmandlarining fikrlari va milliy 
pedagogikada erishgan yutuqlarga asoslanadi.Tarbiyaning mazmuni, tashkil etishi, 
usullari va ularga qo‘yiladigan talablar shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi. Tarbiya 
qoidalari pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida 
foydalanaladigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. Ta’lim qoidalari o‘qituvchi, 
tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini 
shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari sharq va markaziy Osiyo 
faylasuf donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogikada erishgan yutuqlarga 
asoslanadi.Tarbiyaning mazmuni, tashkil etishi, usullari va ularga qo‘yiladigan talablar 
shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi 
-tarbiyaning insonparvarligi va demokratligi 
-tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi 
-tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning usivorligi 
-o‘qituvchining yoshini va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish 
-izchillik, tizimchilik, uzluksizligi. 
Tarbiya usullarini o‘rganish, taxlil qilish , bu usullardan pedagog jarayonda 
foydalanish, ko‘nikma va malakalarni e’gallashni osonlashtirish uchun ularni shartli 
ravishda bir necha guruxga bo‘lib olamiz: 


197 
-Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar. 
-O‘z o‘zini tarbiyalovchi usullar. 
-Rag‘batlantirish usullari. 
-Jazolash usullari 
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar. 
Bu guruhda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni, ma’naviy va siyosiy 
g‘oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari va irodasiga ta’sir e’tish usullari 
kiradi: -suhbat va hikoya -hikoya -namuna (qush uyasida ko‘rganini qiladi) 
Mashq o‘rgatish usullari. Mashq muayyan xatti harakatlarni ko‘p marotaba 
takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlanish o‘quvchi uchun ongli, ijodiy 
jarayondir. Mashq natijasida ko‘nikma odat, yangi bilimlar hosil qiladi. O‘quvchining 
aqliy qobiliyati rivojlanadi. Axloqiy tajribasi kengayadi. O‘rgatish ijtimoiy xulq 
atvorni odatiy shaklga aylantirish maqsadida tarbiyalanuvchilarning bajarilishlari 
uchun rejali va izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir. 
O‘rganish bir necha izchil harakatlar yig‘indisidir Pedagogik talab tarbiyaning e’ng 
muhim usullaridan biridir. Talab–bu -o‘quvchining turli vazifalarini bajarishi -ijtimoiy 
xulq atvor mezonlarini ifodalashi -u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur 
bo‘lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon bo‘lishi. -turli ko‘rsatma sifatida namoyon 
bo‘lishi u yoki bu harakatlar Rag‘batlantiruvchi yoki uni to‘xtatuvchi bo‘lishi. -oqilona 
harakatlarga undovchi bo‘lishi. 
O‘z- o‘zini tarbiyalash usullari. O‘z o‘zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor 
bo‘lganda, u o‘zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mutsaqillik ko‘rsata 
boshlagan vaqtdan boshlanadi. O‘z o‘zini tarbiyalashda (axloqiy, jinsiy, intementual, 
xissiy-irodaviy) maslaxat va ko‘nikma lar berilishi lozim. -o‘z o‘zini tahlil qilish -o‘z 
o‘zini baholash o‘z o‘ziga xolisona berish, qoniqish hosil qilish va x . Rag‘batlantirish 
va jazolash usullari. O‘quvchi bolalarning har biri o‘sib, ulg‘ayib, kamol topib 
borayotganidan xursand bo‘lganini sezishi kerak. Shundagina bola o‘zining olg‘a siljib 
borayotganini ko‘ra biladi, o‘z kuchiga ishonadi. 
Rag‘batlantirish quyidagi turlarga bo‘linadi: (maktablarda)
1)O‘quvchining kuchi etadigan, ma’suliyatli topshiriq berish orqali bolaga 
ishonch bildirish: bunda bola o‘z qadr qimmati bilan faxrlanadi. 
2) maktab (majlislarda) 
3) estalik sovg‘alar berish.
4) maqtov yorlig‘i berish 
5) stipendiya bilan ta’minlash. 
6) hurmat taxtasiga rasmini osish 


198 
7) qo‘llab quvvatlash
8) ma’suliyat va jamoaning minnatdorchiligi
9) sinfda birinchi o‘rinda turish
10) musobaqalarda bayroq ko‘tarish gazeta, radioda, televizorda e’lon va x. 
Jazolash bu tarbiyalanuvchining harakat va faoliyatiga salbiy baho berish, bu 
oxirgi tarbiya usuli, (urish, kaltaqlash, jismoniy jazo mumkin e’mas) Turlari. -tanbeh 
berish - xayfsand e’lon qilish -uyaltirish. Jazo yaxshi o‘ylab qo‘llanishi lozim, qiziq 
ustida tinimsiz jazolash mumkin emas. Jazo yakka tartibda bo‘lishi kerak ya’ni bitta 
jazo aybiga mos. 
Pedagogik mahorat ta’lim va tarbiya berish sa’nati deyiladi. Pedagogik 
maxoratga quyidagilar kiradi:
1.Nutq madaniyati
2.O‘qituvchining muomila va munosabati 
3. Kommunikativ munosabat (aloqa o‘rnatish) insonning qalbiga kirish 
qobiliyati.
4.Pedagogik odob (o‘qituvchi ichki va tashqi olami) 
5.Pedagogik texnika: -mimika (yuz ko‘z ifodasi) -jets (gavda va qo‘l harakati) -
pantomimika (so‘zsiz harakatlari)
6.Nutq texnikasi. -nafas -ovoz -intonasiya (tovushni o‘zgartirish qobiliyati) -
diksiya -pauza -ritm -tamp (sur’at) 
Tarbiyalanuvchilarning 
yosh 
xususiyatlari. 
Tarbiya 
jarayonida 
tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yosh 
xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va 
psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta 
ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan 
o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni 
shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi. 
Tarbiyalanuvchilarning 
yosh 
xususiyatlari. 
Tarbiya 
jarayonida 
tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yosh 
xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va 
psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta 
ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan 
o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni 
shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi. 
Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. Xalq pedagogikasi o‘zbekona axloq, 
odob va tarbiyaning barcha qirralarini o‘zida mujassamlashtirgan. Xalq 


199 
pedagogikasida turlicha tarbiya metodlari hamda vositalaridan foydalaniladi. Bu metod 
va vositalar nihoyatda rang-barang bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan ilmiy pedagogikadan 
ustunlik qiladi. Binobarin, ushbu metodlar ilmiy pedagogikaning shakllanishiga ham 
o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Xalq pedagogikasida qo‘llanilgan xilma-xil tarbiya metodlarini 
quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin. 
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning 
yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. 
Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, 
irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. 
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi 
yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi 
o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga 
mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani 
boyitadi 
Tarbiya metodlari: 
-Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish). 
-Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish). 
-Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘rash, o‘rnak 
bo‘lish). 
-Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak 
bildirish, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va hokazolar). 
qoralash va jazo (ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, 
ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va 
hokazolar). 
Xalq pedagogikasi namunalari, tarbiya metodlari va tarbiyaviy ta’sirlar muayyan 
vositalar yordamida qo‘llanilgan. Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat 
jarayonlari, hasharlar, turli gurunglar (choyxona, to‘y marosimlari), sayillar, oilaviy 
an’analar (tug‘ilgan kun, fuqarolik pasporti, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy 
ma’lumotga egalik to‘g‘risidagi attestat va diplom, shuningdek, davlat mukofotlarini 
olish kabi holatlarni nishonlash) va musobaqalar o‘ziga xos tarbiya vositasisanaladi. 
Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori 
darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning 
samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqati nazaridan baholash mumkin. 
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘lik. 
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy 
sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-


200 
tuyg‘usi va irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi. 
Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o‘quvchilar ongiga 
jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar 
dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga 
ko‘maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo‘llaniladi. 
O‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichik va 
xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash lozim. 
Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir. 
Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘urur tuyg‘usiga 
ega bo‘lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat. 
Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan 
muayyan huquq va burchlar asosida bog‘langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. 
Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitusiyasiga sadoqat ruhida 
tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi 
hamda Konstitusiyasining mohiyati tushuntiriladi. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Tarbiyaning maqsadi va vazifalari haqida so`zlab bering. 
2.
Tarbiyaning umumiy usullari qaysilar? 
3.
Tarbiyaning metodlari haqida nimalarni bilasiz? 
4.
Tarbiya metodlarning vazifasi va o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari haqida 
gapirib bering. 
ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni / 
Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" 
nashriyot-matbaa konserni, 1998. 
2.
O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining 
poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998 
3.
Pedagogika. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, 
O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 
4.
Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –
Toshkent, fan va texnologiya. 2010 
5.
Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. –Toshkent, 2007. 
6.
Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining 
poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 


201 
4-Mavzu

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə