240
do‘stingizni ko‘rib qoldingiz. Siz undan xol-ahvol so‘radingiz, lekin u tashabbusni sizga
berib, nimaiki demang, sizni ma’qullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqat
juda bemaza bo‘lgan va siz ikkinchi marta o‘sha odam bilan iloji boricha rasman salom
— alikni bajo keltirib o‘tib ketavergan bo‘lardingiz. Ya’ni, muloqot faoliyati shunday
shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi,
bilimlar va
tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo‘ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar
davomida o‘ziga jalb etadi.
Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan,
ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi
suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladilar.
XXI asr bo‘sag‘asida odamning eng tabiiy bo‘lgan muloqotga ehtiyoji, uning
sirlaridan xabardor bo‘lish va o‘zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo‘lgan intilishi
yanada oshdi va buning qator sabablari bor.
Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o‘tib bormoqdamiz.
Axborotlarning ko‘pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u
bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni taqozo etdi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga
aylanadi va bu o‘z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va tempini
o‘zgartiradi.
Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan
odamlar guruhining
ko‘payishi, ular o‘rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig‘iz
sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi
muloqotni talab qiladi. Umuman, XX1 asrning korporasiyalar asri bo‘ladi, deb
bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporasiya insonlarning o‘zaro til
topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo‘lishi
haqida
gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko‘p xollarda bevosita
yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar — uyali aloqa, fakslar, elektron
pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lo‘nda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu
ham o‘ziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi.
Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday
kasb-xunarlar soni ortdiki, ular
sosionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning
samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi,
turli xil
xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda
odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsulini
belgilaydi.
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga
o‘rgatish (sosial psixologik trening) masalalari bilan shug‘ullanuvchi fanlarning ham