243
2.
Paralingvistik ta’sir — bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni
kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda
ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan
amalga oshiriladigan xarakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do‘stimiz bizga
biror narsani va’da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib
olamiz. Kuyib-pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa
ishonamiz, albatta.
3.
Noverbal ta’sirning ma’nosi «nutqsiz»dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda
bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, xolatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika,
pantomimika,
qarashlar, bir-birini bevosita xis qilishlar, tashqi qiyofa, undan
chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot
jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib
olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning
dastlabki daqiqalarida
o‘rtog‘ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko‘rganimdan biram xursandman»,
desa, ishonasizmi?
Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir-birlariga
ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‘zlar vositasida
ta’sir etishni o‘ylar ekan. Aslida esa, o‘sha so‘zlar va ular
atrofidagi xarakatlar muhim
rol o‘ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko‘ra,
birinchi marta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo‘lishiga
gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal xarakatlar 58% gacha
ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat o‘zgarishi mumkin albatta, lekin xalq ichida
yurgan bir maqol to‘g‘ri: «Ust — boshga qarab kutib olishadi, aqlga qarab
kuzatishadi».
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi
sheriklarning rollariga ham bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskori — bu shunday sherikki,
unda ataylab ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun
barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshliq ishi tushib, biror
xodimni xonasiga taklif etsa, u o‘rnidan turib kutib oladi, iltifot ko‘rsatadi, xol-ahvolni
ham quyuqroq so‘raydi va so‘ngra gapning asosiy qismiga o‘tadi.
Ta’sirning adresati — ta’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning
suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo‘lmasa, yoki adresat tajribaliroq sherik bo‘lsa, u
tashabbusni o‘z qo‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin
bo‘ladi.
Muloqot va uni o‘rganish muammolari
.
Oxirgi yillarda «professionalizm»
tushunchasi tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Chunki jamiyatda tub islohotlarni
244
amalga oshirish, mehnat unumdorligini «inson omili»ni takomillashtirish hisobiga
oshirish davr talabi bo‘lib qoldi. Ayniqsa, odamlarni boshqarish sohasidagi
professionalizmga katta e’tibor qaratilmoqda. Juda ko‘pchilik mutaxassislar barcha
bajaradigan funksiyalari orasida odamlar bilan til topishish, ularga ta’sir ko‘rsatish, ular
faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarish eng murakkablaridan ekanligini e’tirof
etmoqdalar. Odamlar bilan normal munosabatlarni o‘rnata olmaslik, ayniqsa, biznes
sohasida amaliy sheriklarning xolatlari,
kutishlarini aniqlay olmaslik, o‘z nuqtai
nazariga o‘zgalarni professional tarzda ko‘ndira olmaslik, «birov»ni, uning ichki
kechinmalari va o‘ziga bo‘lgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy
psixologiyada kommunikativ uquvsizlik, yoki diskommunikasiya xolatini keltirib
chiqaradi. Bunda odamlar oddiy til bilan aytganda, bir-birlarini tushunolmay qoladilar,
shuning oqibatida pishib turgan loyiha yoki yaxshi reja amalga oshmasligi, bir necha
oylarga cho‘zilib ketishi mumkin.
Shuning uchun ham hozirgi zamon ijtimoiy
psixologiyasining tadbiqiy
yo‘nalishida, boshqaruv psixologiyasida katta yoshli odamlarni kommunikativ
bilimdonlikka o‘rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta
ahamiyat berilmoqda. Har bir korxona, xususiy firma yoki davlat muassasasini
boshqaruvchi menedjer, rahbar tayyorlash muammosi ana shu rahbarlarni,
boshqaruvchilarni psixologik jihatdan odamlar bilan ishlashga o‘rgatish muammosini
chetlab o‘tolmaydi. Umuman, hozirgi davrda har qanday mutaxassis — vrach,
muxandis, o‘qituvchi, iqtisodchi, agronom, quruvchi, jurnalist, madaniyatshunos yoki
boshqalar ham kommunikativ malakalarga ega bo‘lmaguncha,
bozor munosabatlari
sharoitida tezda jamoaga kirishib, ko‘pchilik bilan til topishib, o‘z professoinal
mahoratini ko‘rsata olmaydi. Har bir ziyoli inson boshqalar bilan hamkorlik qilish
mahorati va san’atiga ega bo‘lishi kerak.
245
Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o‘rgatishni har qachongidan
ham dolzarb qilib qo‘ymoqda. To‘g‘ri, muloqotga kirishish — ijtimoiylashuv
jarayonida barcha sifatlardan oldinroq shakllanadigan qobiliyatlardan,
u tabiiy va
hayotiy narsa. Bola tili juda yaxshi chiqib ulgurmay, atrofidagilar bilan aktiv
muloqotga kirisha boshlaydi. Lekin masalaning paradoksal tomoni ham shundaki,
yillar o‘tgan sari ongli, aqlli odam har bir gapini o‘ylab gapiradigan, har bir qadamini
o‘ylab bosadigan bo‘lib qoladi, bu uning jamiyatdagi mavqesini belgilovchi vositadir.
Bu muloqotga kirishishga ruhan tayyorlanishning ahamiyatini ham odam anglashini
taqozo etadi. Shunday qilib, ana shu eng tabiiy va bir qarashda oddiy inson faoliyati
shu qadar murakkab va serqirraki, uning mexanizmlarini o‘rganish, guruhlarda to‘g‘ri
munosabatlarni tashkil etish va odamlarni samarali muloqatga o‘rgatish muammosi
bugungi ijtimoiy psixologiyaning muhim masalalaridandir.
Professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:
Dostları ilə paylaş: