"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Rahbarlik odobi va muomala madaniyati



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Rahbarlik odobi va muomala madaniyati 
Reja: 
1. Yaxshi rahbar bo`lish sirlari 
2. Muomula madaniyati 
Yaxshi rahbar bo`lish sirlari 
Yaxshi rahbarlar o‘z xodimlarining fikrini tinglashadi, ulardan o‘rganishadi va 
o‘z jamoalari uchun foydali bo‘lishga harakat qilishadi. Ular ishda amal qiluvchi yana 
bir necha qoida mavjud. "Layfxaker" haqiqiy yetakchilar amal qiluvchi olti qoida bilan 
tanishtirdi. 
1.
Gapirishdan ko‘ra ko‘proq tinglashadi 
Inson haddan tashqari ko‘p gapirsa, bu uning o‘ziga ishonmasligidan dalolat 
berishi ham mumkin. Yaxshi rahbar o‘z xodimining fikrini bayon qilishiga imkon 
beradi, chunki u uchun xodimlarining fikrlari haqiqatda qiziq. Rahbar ularni o‘ylashga 
undaydigan va ishning mohiyatini chuqurroq anglab yetishga yordam beradigan qiziq 
savollar beradi. Bu qanday tuzilgan? Sizga uning nimasi yoqdi? Bundan qanday saboq 
oldingiz? Bu ishni yanada yaxshi bajarishingiz uchun nima kerak bo‘ladi?
2
.O‘z ishlari haqida boshqalarning fikriga quloq tutishadi. 


249 
Haqiqiy yetakchi jamoaning o‘z rahbarlik usullari haqidagi fikrini bilmay turib, 
undagi ishchi muhitni boshqara olmaydi. Rahbar uning boshqaruv uslubi xodimlarni 
qoniqtiryaptimi yoki yo‘q, jamoada qanday o‘zgarishlar bo‘lishini istashlariga - doimo 
qiziqish bildirishi kerak. Bu uning barqaror va samarali faoliyati uchun zarur ekanini 
yaxshi anglaydi. 
3.
 Xodimlari bilan ishonchli munosabat o‘rnatishadi 
O‘zingizdagi yetakchilik fazilatlarini rivojlantirishni xohlasangiz, o‘zingizni 
shunday tutingki, odamlar sizga ishonsin. Yaxshi rahbar uchun xodimlarining muhim 
masalalar bo‘yicha unga murojaat qilishi juda muhim. Ishonchli munosabatlar 
rahbarning ochiqligi, e’tiborliligi va adolatli ekanini bildiradi. 
4
. O‘z kompaniyasi xodimlarining hayotini yaxshilashga harakat qilishadi. 
Haqiqiy yetakchi faqat o‘z qiziqishlari bilangina cheklanib qolishi kerak emas. 
U o‘z xodimlari uchun qayg‘uradi va ularning ehtiyojlariga e’tiborli bo‘ladi. Shu tariqa 
u kuchli va jipslashgan jamoani tashkil qiladi. 
Rahbar ishchilar ko‘z o‘ngida o‘z nufuzini oshirish uchun o‘ziga o‘zi savol 
berishi kerak: xodimlarim ishxonada o‘zlarini qulay his qilishlari va o‘z ishlarini 
sevishlari uchun bugun nima qilishim mumkin? 
5
. O‘z xatolarini tan olishadi 
Haqiqiy yetakchi faqat o‘z qiziqishlari bilangina cheklanib qolishi kerak emas. 
U o‘z xodimlari uchun qayg‘uradi va ularning ehtiyojlariga e’tiborli bo‘ladi. Shu tariqa 
u kuchli va jipslashgan jamoani tashkil qiladi. 
Rahbar ishchilar ko‘z o‘ngida o‘z nufuzini oshirish uchun o‘ziga o‘zi savol 
berishi kerak: xodimlarim ishxonada o‘zlarini qulay his qilishlari va o‘z ishlarini 
sevishlari uchun bugun nima qilishim mumkin? 
6.
 O‘z pozisiyalarida qat’iy turishadi 
Yaxshi rahbar qat’iy xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bu sifat kompaniya jiddiy 
sinovlarga duch kelganida muhim qarorlar qabul qilish uchun ham zarur. U o‘z 
tamoyillaridan voz kechishi kerak emas. Haqiqiy yetakchi o‘zini ham, xodimlarini ham 
aldamay, doim vijdonan harakat qilishi kerak. 


250 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə