242
olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g‘or ichida yashagan ekan.
Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o‘tgach, u turgan yerda bir o‘rgimchakni
ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz, deb yozadi u, shu hayosiz g‘or ichidagi
tanho tirik mavjudotlar edik. Men o‘rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri
uchun qayg‘ura boshladim.»
Shaxsning muloqotga bo‘lgan ehtiyojining to‘la qondirilishi uning ish
faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o‘zaro
gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko‘pincha odamni ishlash qobiliyatini ham
oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o‘tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma-yon turib
bajariladigan operasiyalarda odamlar o‘z oldida turgan hamkasbiga qarab ko‘proq,
tezroq ishlashga kuch va qo‘shimcha iroda topadi. To‘g‘ri, bu hamkorlikda o‘sha
yonidagi odam unga yoqsa, ular o‘rtasida o‘zaro simpatiya hissi bo‘lsa, unda odam
ishga «bayramga kelganday» keladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik
sosiolog hamda psixolog Jon Moreno asrimiz
boshidayoq ana shu omilning
unumdorlikka bevosita ta’sirini o‘rganib, sosiometrik texnologiyani, ya’ni so‘rovnoma
asosida bir-birini yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sosiometriya
metodikasiga asos solgan edi.
Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi
faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi yangi
demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda
emas, balki kollegial — birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‘lganligini hisobga
olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqat texnikasi mehnat unumdorligi va
samaradorlikning muhim omillaridandir.
Dostları ilə paylaş: