"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Mehnat 
unumdorligini 
oshirish 
rezervlari 
– 
bu 
texnika, 
texnologiyani 
takomillashtirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni yaxshilash 
hisobiga mehnat unumdorligi ichidan, mehnatunumdorligini oshirishning barcha 


261 
omillaridan yanada to‘laroq foydalanish imkoniyatidir. Rezervlar (zahiralar) mehnat 
unumdorligini oshirish omillari bilan chambarchas bog‘liqdir. Mehnat unumdorligini 
oshirish rezervlarining bir necha tasniflari mavjud bo‘lib, ularning hammasi ikkita 
katta guruhga bo‘linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan)foydalanishni yaxshilash 
rezervlari (mehnat, sharoitlarini tashkil etish, ishlovchilarning ishlash qobiliyatini 
oshirish kadrlar tarkibi va ularni joy-joyiga qo‘yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy 
shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, xodimlarning mehnat natijalaridan yuqori 
moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirishnita’minlash bilan bog‘liq masalalar 
kiritiladi) asosiy va aylanma fondlardan yanada samaraliroq foydalanish rezervlari 
(asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashinalar, mexanizmlar, apparatlar vash u kabilar) 
quvvat va vaqt jihatidan yaxshiroq foydalanish rezervlarini, shuningdek, xom ashyo, 
materiallar, butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, energiya va boshqa aylanma fondlardan 
yanada 
tejamli 
va 
to‘liq 
foydalanishni 
o‘z 
ichiga 
oladi).
Rezervlar foydalanish imkoniyatlari belgilari bo‘yicha
 
zahira rezervlariga va nobud 
bo‘lish (bekorga sarflash) rezervlariga bo‘linadi. Masalan, asbob-uskunalardan quvvuti 
va ish smenasi bo‘yicha to‘liq joydalanmaslik, o‘rganilgan, lekin hali joriy etilmagan 
mehnat usullari-zahira rezervlaridir

Ish vaqtining bekor sarf bo‘lishi yaroqsiz 
mahsulot ishlab chiqarilishi, yoqilg‘ini ortiqcha sarflash nobud bo‘lish rezervlariga 
kiradi.
Rezervlar tushunchasiga
 
ishlab chiqarishda i shvaqtining bekor sarf qilinishi
 
(bular 
smena ichida va kun mobaynida bekor turishlar, ishga kechikib kelish va rejada ko‘zda 
tutilmagan ishga kelmay qolishlarning barchasi) mehnatning ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq bo‘lmagan holda sarflanishi (mehnat qurollari va mehnat ashyolaridan oqilona 
foydalanmaslik, ham belgilangan texnologiya jarayonilarining buzilishi oqibatida 
mehnatning 
rejadagidan 
tashqarii 
ortiqcha 
sarflanishi) 
ham 
kiradi.
Rezervlar foydalanish vaqtiga qarab
 
joriy va istiqbol rezervlariga bo‘linadi. Joriy 
rezervlar
 
texnologiya jarayoni muhim darajada o‘zgartirilmay va qo‘shimcha kapital 
mablag‘lar sarflanmay amalga oshiriladi, istiqbol rezervlari ishlab chiqarishni qayta 
tashkil etishni ancha mukammal asbob-uskunalar o‘rnatilishi, tayyorgarlik ishlariga 
kapital 
mablag‘lar 
va 
ko‘proq 
vaqt 
sarflashni 
talab 
qiladi.
Rezervlar aniqlash va foydalanish joyiga qarab
 
xalq xo‘jalik, tarmoq va ichki ishlab 
chiqarish rezervlariga bo‘linadi. Xalq xo‘jalik rezervlariga, avvalo, boy tabiiy 
resurslar, ulardan har tomonlama foydalanish va shu kabilar kiradi. Tarmoq 
rezervlariga
 
shunday rezervlar kiradiki, ulardan foydalanish, umuman tarmoqda gi 
xodimlar mehnatunumdorligini oshiradi (korxonalarning ixtisoslash-tirilishi, ishlab 


262 
chiqarishning bir joyga to‘planishi va kombinasiyalanishi, texnika va texnologiyaning 
takomillashtirilishi va hokazo). Ichki ishlab chiqarish rezervlari mehnat unumdorligini 
oshirishda muhim ahamiyatga egadir, chunki pirovard natijada ularning hammasi 
aniqlanadi 
va 
bevosita 
korxonalarda 
amalga 
oshiriladi.
Mehnat unumdorligining ko‘rsatkichlari va uni oshirish yo‘llari.
Mehnat unumdorligi 
darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko‘rsatkichlar 
tizimi qo‘llanadi. Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarga
 
bitta ishlovchining ishlab 
chiqargan o‘rtacha yillik, o‘rtacha oylik, o‘rtacha kunlik va o‘rtacha soatlik mahsuloti 
qiymatining ifodasi kiradi. Xususiy ko‘rsatkichlar
-
bu muayyan turdagi mahsulot 
birligini ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi yoki bir kishi kunida yohud bir kishi soatda 
muayyan turdagi natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqtni 
bildiradi. Yordamchi ko‘rsatkichlar
 
muayyan ish turining birligiga yoki vaqt birligi 
ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni tavsiflab beradi.
Mehnat unumdorligining umumlashgan ko‘rsatkichi bitta xodimning o‘rtacha 
yillik mahsulot ishchilarning mahsulot ishlab chiqarishga emas, balki ularning sanoat 
ishlab chiqarish xodimlari umumiy sondagi salmog‘igi shuningdek, ularning ishlagan 
kunlari va ish kunining qancha davom etishi (muddati) ga ham bog‘liq bo‘ladi.
Mehnat unumdorligini oshirishga quyidagi yo‘llar bilan erishish mumkin: 
a)korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan to‘laroq foydalanish hisobiga mahsulot 
ishlab chiqarishni ko‘paytirish, chunki ishlab chiqarish hajmi oshganda, ish vaqti 
sarflanishining, faqat o‘zgaruvchan qismi ko‘payadi, doimiy esa o‘zgarmasdan qoladi. 
Natijada, mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt kamayadi;
b)mahsulot ishlab chiqarishni intensivlashtirish, uning sifatini oshirish, ishlab 
chiqarishni kompleks mexanizasiyalash va avtomatlashtirishni joriy etish
takomillashgan texnika va ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘llash, ishlab chiqarishni 
tashkil etish, moddiy texnika ta’minotini va tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejasiga 
muvofiq, boshqa omillarni yaxshilash hisobiga i shvaqtining bekor sarf bo‘lishini 
qisqartirish yo‘li bilan mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarflarini qisqartirish.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.Mehnat unumdorligiga ta`rif bering. 
2. Omillar deb nimaga aytiladi? 
3. Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari nimalar? 
4. Rezervlar foydalanish imkoniyatiga ko`ra qanday guruhlarga bo`linadi? 
5. Mehnat unumdorligining ko`rsatkichlari va uni oshirish yo`llarini ko`rsating. 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə