"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Muomala madaniyati
– insonlararo muloqotda namoyon bo‘ladigan odob-axloq 
belgisi bo‘lib, so‘zlashuv madaniyatini tartibga soladigan hamda shaxs xulqi 
go‘zalligini aks ettiradigan ma’naviy-axloqiy hususiyatni ifodalovchi tushuncha. 
Hozirgi zamon, bugungi kun “muomala madaniyati” juda keskinlashib borayotgan, 
tahlikali davrlarni o‘z ichiga oladi. Quyida bir necha muomila madaniyati ga oid 
kerakli qadamlarni ko‘rishingiz mumkin.
1

Yolg‘on 
so‘zlamang. 
Yolg‘on — insoniyatga qarshi katta jinoyatdir. Haqiqasiz jamiyatning xavfsizligi 
kafolatlanmagan. Yolg‘on so‘z gapiruvchiga zarar qiladi: nafaqat uyatga qoldiradi, 
balki kishida odat paydo qilib, hatto o‘zi istagan vaqtda ham rost so‘zlashga qiynala 
boshlaydi. Vaqt o‘tishi bilan so‘zlovchi o‘zining yolg‘on gapirayotganini ham sezmay 
qoladi. 
2

Qo‘lingizdan 
kelmaydigan 
ishdan 
so‘z 
ochmang
Tilingizdan tasodifan asossiz gap chiqib ketuvchi vaziyatlardan uzoq turing. 
Ishonchingiz komil bo‘lmagan narsalarga boshqalarni ishontirishga urinmang. Yoki 
so‘zlayotgan gaplaringiz shunchaki taxmin yoki shaxsiy fikringizligini ochiqlang. 
3

Kamgap 
bo‘ling 
Bekordan-bekorga oraga suqilmang. Ozroq gapirish evaziga o‘zgalarni tinglash 
imkoniyatini yarating va yangi bilim, zakovat va malakaga ega bo‘ling. 
4

Vazmin 
bo‘ling 
Bahslar qaynagan vaqtda baqira ko‘rmang, o‘zingizni qo‘lga oling. Raqibingizni 
baland ovoz bilan emas, sog‘lom aql bilan jim qiling. 
5

So‘zlovchining 
gapini 
bo‘lmang
Inson so‘zlayotganda har ne bo‘lsa ham uning gapini bo‘lmang. Oxirigacha tinglang. 
Shunda siz uni yaxshiroq tushunasiz va nisbatan munosibroq javob berishingiz 


251 
mumkin bo‘ladi. 
6

So‘zlaringizni 
chamalab 
boring
Avvalo o‘ylang yoki sukut saqlang. Aytmoqchi bo‘lganlaringizni ma’nosiga e’tibor 
qaratib, iboralaringizni chamalab oling. Bemulohaza odamlar so‘zlashni 
boshlamagunlaricha o‘ylashmaydi. Yoki gapirib bo‘lgandan keyin o‘ylashadi. 
7

Yoqimsiz 
kishilarning 
kamchiliklarini 
kuzating
O‘ziga bino qo‘ygan va surbet kishilar orasiga tushib qolsangiz, ularning 
kamchiliklariga e’tiboringizni qarating va ehtiyot bo‘ling. Shunda suhbat davomida 
ham, umumiy muomalada ham ularning xatolaridan qochishning uddasidan chiqa 
olasiz. 
8

O‘zingizni 
maqtamang
Maqtanmang va o‘z-o‘zingizni baholamang. Sizni maqtovchi faqat sizning tilingiz 
bo‘lsa, bu obro‘yingiz o‘ta past va tezlik bilan qulashda davom etayotganidan 
dalolatdir. 
9

Insonlar 
orqasidan 
salbiy 
gaplar 
so‘zlamang 
Davrangizda kimdir yo‘q bo‘lsa, uning ortidan iloji boricha faqat yaxshi so‘zlar 
aytishga harakat qiling. Salbiy mulohazalarga loyiq bo‘lmagan kishilar haqida hech 
qachon yomon so‘zlamang. Bu turdagi so‘zlashuvlar insonga yaxshiroq bo‘lishga yoki 
boshqalarni himoya qilishga xizmat qilsagina istisno bo‘lishi mumkin. 
10

Nuqsonlarni 
mazax 
qilmang 
Insonlarning tug‘ma kamchiliklari haqida hazil qilmang va bunday hazillarga qo‘shilib 
kulmang. Bu turdagi xatti-harakat juda yomon taassurot qoldiradi. 
11

Salbiy 
mulohazalardan 
ehtiyot 
bo‘ling 
Hech kimni tanqid qilmaslikka, tahdid qilmaslikka va kimningdir tomoniga qahrli 
so‘zlar aytmaslikka harakat qiling. Kishining xatosini ko‘rsatishingiz kerak bo‘lsa, 
eshituvchi kishiga noxush bo‘lmasligi uchun uni malomat va ginasiz aytish yo‘lini 
toping. Vaholanki bu kabi ta’nalar hech qachon foyda bermaydi, ammo dilni og‘ritadi 
va katta ehtimol bilan insonni sizga qarshi qayraydi. 
12

Gʻazablanmang
Agar ikkinchi shaxs qizishib ketib sizning tomoningizga nomaqbul so‘zlar gapirsa, 
yaxshisi unga achining va jahl otiga minmang. Sukut yoki o‘ta boadab javob bunga 
eng yaxshi reaksiyadir. Ular yo shovqin soluvchini yumshatib afsuslanishga majbur 
qiladi yoki unga jazoga aylanadi. Holat qanday tus olmasin, muloyimlik va 
xushmuomalalik o‘z asablaringizni asrashga yordam beradi, shuningdek aqlli va dono 
inson sifatida qabul qilishlariga sabab bo‘lib, obro‘yingizni oshiradi. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


252 
1. Yaxshi rahbar bo`lish sirlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 
2. Muomula madaniyatiga doir kerakli qoidalar qaysilar? 
3. Siz o`zingizni yaxshi rahbar sifatida ko`ra olasizmi? 
ADABIYOTLAR 
1. Dracheva E.L. Boshqarish: darslik / E.L.Dacheva, L.I. Yuliqov. - 3d. - 
Sterotip. - M. 
2. Yegorzin A.P. Xodimlarni boshqarish: universitetlar uchun darslik / A.P.T. 
Stegorxin. - 3-Ed.-N.Novgorod: Nimb, 2001 Nashriyot uyi 
3. Zborovskiy g.e. Boshqaruv sosiologiyasi: qo‘llanma / E.G. Zborovskiy, N.B. 
Kostina.- m.: Gararika, 2004 nashriyotidagi nashr 
4. Ivanov MA Tashkilot vositangiz sifatida. Rossiya mentaliteti va biznes 
amaliyoti / M.A. Ivanov, D.M Norsterman. - m.: Alpina Nashriyasining nashriyotini 
nashr etish, 2003 yil 
5. Ignateva A.V........... Boshqaruv tizimlarini tadqiq qilish: universitetlar uchun 
qo‘llanma / A.V.V. Ignatiyev, M.M. Maksimtsov. - M .: Juniti - Dana, 2001 
13-Mavzu:

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə