"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

 


263 
ADABIYOTLAR
 
1.Abdurahmonov Q.H., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va 
sosiologiyasi». Toshkent: «O‘qituvchi»-2001 yil, 280-326 betlar.
2.Abdurahmonov Q.H, Holmo‘minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va 
sosiologiyasi». Toshkent-2004 yil, 126-143 betlar.
3.Dodoboyev Yu.T., Xudoyberdiyev.A. «Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi». 
Farg‘ona-2001 yil, 64-84 betlar.
4.Usmonov S.N., Dodoboyev Yu.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: 
«Fan»-1999 
yil, 
88-90-betlar. 
5.O‘lmasov A. «Iqtisodiyot asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil, 16-18-betlar.
15-Mavzu
: Muloqot va uning turlari 
Reja: 
1. Muloqot haqida tushuncha. 
2. Muloqot turlari va vazifalari 
Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash 
xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida 
ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga 
keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, 
boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va 
rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining 
eng to‘liq va aniq ta’rifidir 
Mazmun-maqsadlari va vositalariga ko‘ra muloqotni bir nechta turlarga bo‘lish 
mumkin. Mazmuniga ko‘ra, 
u moddiy (faoliyat 
jismlari 
va 
mahsulotlari 
almashinuvi), kognitiv (bilimlar almashinuvi), kondisiv (ruhiy va jismoniy holatlar 
almashinuvi), motivasion (xohishlar, maqsadlar, qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar 
almashinuvi), faoliyatli (harakatlar, muolajalar, malakalar, ko‘nikmalar almashinuvi) 
bo‘lishi mumkin. Moddiy muloqotda sub’ektlar, shaxsiy faoliyat bilan mashg‘ul 
bo‘lgan holda, uning mahsulotlari bilan almashadilar, ular o‘z navbatida dolzarb 
ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Kondisiyali muloqotda odamlar 
o‘zlarini ma’lum jismoniy yoki ruhiy holatga keltirishga mo‘ljallangan bir-birlariga 
nisbatan o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar. Masalan, kayfiyatni ko‘tarish yoki, aksincha, uni 


264 
tushirib yuborish; bir-birini qo‘zg‘atib yuborish yoki tinchlantirish, va, oqibatda, bir-
birining kayfiyatiga ma’lum ta’sir o‘tkazish. Motivasiyali muloqotning mazmuni bir-
biriga ma’lum istak, mayllarni etkazish yoki ma’lum yo‘nalishda harakatlanishga shay 
bo‘lishlikdan iborat. Bunday muloqot sifatida insondagi biror maqsadga, boshqa 
odamda biror-bir intilishning paydo bo‘lishi yoki yo‘qolishi, kimdadir harakatga 
bo‘lgan ma’lum maylning yuzaga kelishi, qandaydir ehtiyojning dolzablashtirilishi 
uchun etishish istagining kuchliligi kabi vaziyatlarni keltirish mumkin. Kognitiv va 
faoliyatli muloqotning ifodasi bilish yoki o‘quv faoliyatining turlari bilan bog‘liq 
muloqot bo‘la oladi. Bunda sub’ektdan sub’ektga dunyoqarashni kengaytiruvchi, 
layoqatlarni rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi axborot etkaziladi.
Maqsadlariga ko‘ra, muloqot xizmat ko‘rsatish ehtiyojlariga muvofiq holda 
biologik va ijtimoiy turlarga bo‘linadi. Biologik – bu organizmni mustahkamlash, 
muhofazalash va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan muloqot. U asosiy hayotiy 
ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq. Ijtimoiy muloqot maqsadlari shaxslararo 
aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, individ shaxsiy kamolotining interxususiy 
munosabatlarini o‘rnatish va rivojlantirishdan iborat. Biologik va ijtimoiy ehtiyojlarni 
nechta turga ajratish mumkin bo‘lsa, muloqotning ham shuncha xususiy maqsadlari 
bo‘lishi mumkin. 
Vositalariga ko‘ra, muloqot bevosita va vositali, to‘g‘ridan –to‘g‘ri va bilvosita 
bo‘lishi mumkin. Bevosita muloqot tirik mavjudotga tabiat tomonidan berilgan tabiiy 
organlar: qo‘llar, bosh, tana, tovush paylar va boshqalar yordamida amalga 
oshiriladi. Vositali muloqot muloqot va axborot almashinuvni tashkil etishda maxsus 
vosita va qurollardan foydalanish bilan bog‘liq. Bular yo tabiiy (yog‘och, erdagi izlar 
va h.k.) yo madaniy (belgilar tizimlari, matbuot, radio, televideniye, internet va h.k.) 
jismlar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot shaxsiy aloqalar va muloqot aktining o‘zida 
qatnashayotgan odamlarning bir-birini bevosita idrok qilishini belgilaydi, ularga, 
masalan, jismoniy aloqalar, odamlarning bir-birlari bilan suhbatlashishlari, bir-
birlarining harakatlarini bevosita ko‘rib turgan holda, ularga javob qaytarishlari 
kiradi. Bilvosita muloqot vositachilar sifatida ish yuritadigan boshqa odamlar orqali 
amalga oshiriladi. 
Muloqot turlari orasida, shuningdek, ish bo‘yicha va shaxsiy, instrumental va 
maqsadli kabi turlarni ajratish mumkin. Ish bo‘yicha muloqot, odatda, xususiy qism 
sifatida insonlarning hamkorlikdagi samarali faoliyatiga kiritilgan va bu faoliyatning 
sifatini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Uning mazmuniga odamlar ichki 
dunyosining muammolari emas, balki ularning nima bilan mashg‘ulliklari kiradi. Ish 
bo‘yicha muloqotda suhbatdoshning shaxs, xarakter, yosh, kayfiyat xususiyatlari 


265 
hisobga olinadi, lekin ishdan ko‘riladigan manfaat shaxsiy ixtiloflardanda ustun va 
muhimdir. Ish bo‘yicha muloqotdan farqli ravishda shaxsiy muloqot, aksincha, asosan, 
ichki xarakterning psixologik muammolariga, inson shaxsini chuqur va yaqinlik bilan 
ochib beradigan: hayot mazmunini izlash, muhim insonga, atrofdagi voqealarga, 
qandaydir ichki nizolini hal etishga nisbatan munosabatini aniqlashga qaratilgan. 
Instrumental muloqot sifatida mustaqil ehtiyoj bilan rag‘batlantirilmaydigan, 
maqsadga aylanmagan, lekin muloqot aktining o‘zidan qoniqishdan tashqari, 
qandaydir boshqa maqsadga qaratilgan muloqotni keltirish mumkin. Maqsadli – bu o‘z 
holicha maxsus ehtiyojni, ushbu vaziyatda muloqotga bo‘lgan ehtiyojni qondirish 
vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi muloqot. Ta’kidlab o‘tish lozimki, odamlarning amaliy 
faoliyatida muloqotning quyidagi turlarini ajratadilar: 
1. «Niqoblar aloqasi» - suhbatdoshning shaxs xususiyatlarini tushunish va 
hisobga olishga intilish mavjud bo‘lmagan rasmiy muloqot bunda haqiqiy hissiyotlar, 
istaklar, munosabatlarni yashirish imkonini beruvchi rasmiy iboralar, odatiy 
xushmuomalalik, dimog‘dorlik niqoblari, yuz, imo-ishora ifodalarining to‘plami 
qo‘llaniladi. 
2. Oddiy muloqotda boshqa odamga zarur yoki xalal beruvchi ob’ekt sifatida 
baho beradilar: agar zarur bo‘lsa, aloqaga faollik bilan kirishadilar, agar xalal 
beradigan bo‘lsa, – itarib yuboradilar, yoki tahdidli qo‘pol iboralarni qo‘llaydilar. 
3. Rasmiy-rolli muloqot – bu sheriklarning ijtimoiy rollari darajasidagi muloqot 
(boshliq – qo‘l ostidagi xodim, sotuvchi – xaridor, servis xizmati xodimi – mijoz). 
Bunda ma’lum qoidalar va xohishlar asosida ish yuritilib, muloqot mazmuni va 
vositalari ularga bo‘ysundirilgan. 
4. Boshqariladigan muloqot suhbatdoshning shaxs xususiyatlaridan kelib chiqib, 
turli usullarni ( xushomad, qo‘rqitish, aldov va boshqalar) qo‘llagan holda undan foyda 
olishga qaratilgan. 
5. Dunyoviy muloqot – bu turning mohiyati biror mavzuga oid bo‘lmasligidan 
iborat, ya’ni, odamlar o‘z fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy 
bo‘lgan fikrlarni bildiradilar. 
6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot. 
7.Do‘stlarning ma’naviy, shaxslararo muloqoti vaqtida istalgan mavzuni 
qo‘zg‘atish va bir-birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi va harakatlar yordamida 
tushunish mumkin. 


266 
Muloqotning kommunikativ, interaktiv va perseptiv tomonlari.Muloqotning 
kommunikativ tomoni deyilganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, g‘oyalar, 
fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Bu jarayonning 
asosiy vositasi bo‘lib til xizmat qiladi. Til shaxslar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lib,
uning yordamida kishilar bilgan ma’lumotlari va hokazolarni bir-birlariga yetkazadilar. 
Ma’lumki, aloqa vositasi sifatida nutqning asosan 2 turi farqlanadi: yozma nutq hamda 
og‘zaki nutq. Og‘zaki nutqning o‘zi dialogik va monologik turlargabo‘linadi. Dialogik 
nutqning mazmuni, uning xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning 
shaxsiy 
qarashlariga, 
qiziqishlariga, 
bir-birlariga 
bo‘lgan munosabatlariga, 
maqsadlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘qituvchi bilan 
o‘quvchining, hissiy rahbarlarning, diplomatlarning, ko‘chada uchrashib qolgan 
dugonalarning dialogik suhbatlari bir-biridan farq qiladi. 
Monologik nutq esa bir kishining boshqa kishiga yoki kishilar guruhiga nisbatan 
murojaati bo‘lib, uning psixo-logik tuzilishi, fikrlarning mantiqan tugal bo‘lishi, 
gapirayotgan paytda grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerakligi kabi shartlari 
mavjud. Masalan, ma’ruzaga tayyorlanayotgan talaba tayyorgarlik paytidan boshlab, 
ma’ruza qilib bo‘lgunga qadar, qator ichki ruhiy kechinmalarni boshdan kechiradi, 
unga ko‘p kuch va vaqt sarflaydi. Dialogik nutqqa nisbatan bu nutq turi murakkabroq 
hisoblanadi. Til vositasida olib boriladigan muloqot verbal, ya’ni so‘zli deyiladi. 
Muloqotning interaktiv tomoni. Muloqotning interaktiv tomonida birgalikdagi 
faoliyatda bir-birlariga amaliy jihatdan bevosita ta’sir etishlarinn ta’minlaydi. Shu 
tufayli odamlar hamkorlikda ishlash, bir-birlariga yordam berish, bir-birlaridan 


267 
o‘rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarini namoyon 
etishlari mumkin. Shu tufayli o‘qituvchi bola shaxsiga maqsadga yo‘nalgan holda ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. Aslini olganda, har qanday muloqot, agar u bema’ni, maqsadsiz, 
quruq gaplardan iborat bo‘lmasa, doimo muloqotga kirishuvchilarning xulq-
atvorlarini, ularning ustanovkalarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega. 
Jamiyat miqyosida oladigan bo‘lsak, odamlarning turli sharoitlarda o‘zlarini 
tutishlari, xulq-atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik qonuniyatlarga 
bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Bunga sabab jamiyatda qabul qilingan turli normalar, 
qonun-qoidalardir. Chunki, o‘zaro muloqot va o‘zaro ta’sir jarayonlarida shunday 
hatti-harakatlar obrazlari kishilar ongiga singib boradiki, ularni har bir kishi norma 
sifatida qabul qiladi. Masalan, o‘smir bola, umuman yoshlar jamoat joylarida 
kattalarga o‘rin bo‘shatib berishlari kerakligi ham xulq-atvorning bir normasi. Shu 
normaga amal qilish yoki qilmaslik ijtimoiy nazorat tizimi orqali boshqariladi. Ya’ni, 
yuqoridagi sharoitda agar o‘smir bola avtobusda qariyaga joy bo‘shatmasa, 
jamoatchilik o‘sha zahoti uni ijtimoiy tartibga chaqiradi. Demak, har bir shaxs turli 
sharoitlarda turlicha rollarni bajaradi, bu rollarning qanday bajarilayotganligi, 
odamlarning kutishlariga mos kelishligi ijtimoiy nazorat tizimi orqali kuzatib turiladi. 
Shuning uchun ham muloqotga kirishgan kishilar doimo o‘z xulq-atvorlarini, 
qolaversa, o‘zgalarning xulq-atvorini nazorat qilib, harakatlarda bir-birlariga 
moslashadilar. Lekin gohida shaxsdagi rollarning ko‘p bo‘lishi rollarning ziddiyatiga 
olib kelishi mumkin. Masalan, maktab o‘qituvchisining o‘zi o‘qitayotgan sinfda 
farzandi bo‘lsa, dars paytida shunday ziddiyatni boshdan kechirishi mumkin, ya’ni bir 
vaqtning o‘zida ham ota yoki ona, ham o‘qituvchi rolini bajarishga majbur bo‘ladi. 
Yoki xulqi yomon o‘quvchining uyiga kelgan o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ham 
o‘qituvchi, ham mehmon rollari o‘rtasida qiynaladi. 
Turli rollarni bajarayotgan shaxslarning o‘zaro muloqotlari kutishlar tizimi 
orqali boshqariladi. Masalan, xohlaydimi yoki xohlamaydimi, o‘qituvchidan ma’lum 
harakatlarni kutishadiki, ular o‘qituvchi roliga zid bo‘lmasligi kerak. O‘z rollariga mos 
harakat qilgan, doimo me’yor mezonida ish tutgan kishining harakatlari odobli 
harakatlar deb ataladi. Masalan, o‘qituvchining odobi, o‘z kasbini ustasi ekanligi, 
bolalar qalbini tushuna olishi, ularning yosh va individual xususiyatlarini hisobga 
olgan holda ish tutishi uning odobga ega ekanligining belgisidir. Odobsiz odam esa 
buning aksidir. Demak, o‘zaro muloqot jarayonida bir odam ikkinchi odamga 
psixologik ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi yoki 
anglanmasligi mumkin. Ya’ni, ba’zan biz nima uchun bir shaxsning bizga naqadar 
kuchli ta’sirga ega ekanligini, boshqa biri esa, aksincha, hech qanday ta’sir kuchiga 


268 
ega emasligini tushunib yetmaymiz. Bu esa pedagogikada muhim muammodir. Har bir 
pedagogning o‘z ta’sir uslublari va ta’sir kuchi bo‘ladi. O‘qituvchi shaxsining 
bolalarga ta’siri quyidagi eksperimentda juda yaqqol kuzatilgan. Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilariga anchagina o‘yinchoqlar berib, shularning ichida faqat bittasiga, qizil 
yog‘och o‘yinchoqqa tegmaslik aytilgan. Bolalar yolg‘iz qoldirilib, harakatlari pinxona 
kuzatilgan. Juda ko‘p bolalar taqiqlangan o‘yinchoqqa baribir tegishgan. 
Eksperimentning ikkinchi seriyasida esa endi barcha uyinchoqqa tegish mumkin-u, 
faqat qizil qutichaning qopqog‘ini ochish mumkin emas, deb aytilgan. Shu quticha 
tepasiga esa shu bolalarning o‘qituvchisi surati ilib qo‘yishgan. Bu seriyada 
birinchisiga qaraganda “ta’qiqni buzuvchilar" soni keskin kamaygan. Demak, bu narsa 
o‘qituvchi shaxsining bola harakatlariga ta’sirini yaqqol isbotlab turibdi. 
Shaxslararo ta’sir haqida gap ketganda, o‘qituvchi obro‘yining roli haqida ham 
aytish lozim. Chunki, obro‘li odam doimo o‘sha obro‘ qozongan guruhida o‘z 
mavqeiga va ta’siriga ega bo‘ladi. Shaxs obro‘yi uning boshqa shaxslarga irodaviy va 
emosional ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatidir. Ma’lumki, obro‘ amal yoki hayotiy tajriba 
bilangina orttirilmay, uning haqiqiy asosi - shaxsning odamlar bilan to‘g‘ri 
munosabati, undagi odamiylik xislatlarining, boshqa ijobiy xislatlarining 
uyg‘unlashuvidadir. Psixologik obro‘ - ta’sir ko‘rsatishning eng muhim mezonidir. 
Muloqotning perseptiv tomoni. Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan 
ma’lumotlar almashib, o‘zaro ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to‘g‘riroq 
va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon 
shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog‘liqdir. Birgalikdagi faoliyat 
jarayonida shaxslarniig bir-birlarini to‘g‘ri tushunishlari na aniq idrok qilishlari 
muloqotning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Rus psixologi A.A. Bodalev 
boshchiligidagi laboratoriya bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash borasida 
qator psixologik qonuniyatlarni kuzatgan. Bunday mexanizmlarga: 
identifikasiya; 
refleksiya; 
stereotipizasiya kiradi. 
Identifikasiya shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar bir-birlarini 
to‘g‘riroq idrok qilish uchun o‘zlarini bir-birlarining o‘rniga qo‘yib ko‘rishga harakat 
qiladilar. Ya’ni, o‘zidagi bilimlar, tasavvurlar, hislatlar orqali boshqa birovni 
tushunishga harakat qilish, o‘zini birov bilan solishtirish (ongli yoki 
ongsiz) identifikasiyadir. Masalan, birinchi marta uchrashuvga ketayotgan yigitning 
ichki holatini uning o‘rtog‘i yoki akasi tushunishi mumkin. Refleksiya muloqot 
jarayonida suhbatdoshning pozisiyasidan, xolatidan turib, o‘zini tasavvur qilishdir, 


269 
ya’ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo‘lib o‘ziga birovning ko‘zi bilan 
qarashga intilishdir. Chunki, busiz odam muloqot jarayonida o‘zini aniq bilmasligi, 
noto‘g‘ri muloqot formalarini tanlashi mumkin. 
Stereotipizasiya odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o‘rnashib 
qolgan ko‘nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Ijtimoiy 
stereotiplar har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. 
A.A. Bodalev va uning shogirdlari bunday stereotiplar ba’zan muloqotni to‘g‘ri 
yo‘nalganligini ta’minlasa, boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo‘lishi 
mumkinligini kuzatishgan. Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal 
atribusiya (lotinchasiga “kauza" — sabab, “atrebusio" — bermoq, qo‘shib bermoq 
ma’nosini bildiradi) deb ataladi. Masalan, o‘qituvchi bilan hamsuhbat bo‘lib qolgan 
odamda suhbat boshidayoq “hozir odob-ahloqdan dars berishni boshlamasmikan" 
degan shubha paydo bo‘lishi mumkin. Bu ham stereotipga misol bo‘la oladi. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.Muloqot haqida to`liq ta`rif bering. 
2. Mazmuniga ko`ra muloqotni necha guruhga ajratishimiz mumkin? 
3. Maqsadiga ko`ra muloqot nechaga bo`linadi? 
4. Odamlar amaliy faoliyatiga ko`ra muloqotning turlarini ko`rsating. 
5.Identifikatsiya qanday psixologik hodisa ? 
AMALIY MASHGʻULOTLAR MAVZULARIDA FOYDALANILGAN 
ADABIYOTLAR RO‘YXATI. 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari 
sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
Qarori. //Xalq so‘zi, 2005 yil. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bozor islohotlarini 
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmoni. //Xalq so‘zi, 2005 yil, 15 iyun, 1-bet. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’yektlarini 
huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
Farmoni. //Xalq so‘zi, 2005 yil, 16-iyun, 1-bet. 
4. Kelvin Seifert va Rosemary Sutton. Educational Psychology 
Copyright © 2009 Kelvin Seifert. 
5. Bordavskaya N.V., Rean A.A. Pedagogika.-M.: Piter, 2004. 
6. Professionalnaya pedagogika. Uchebnik dlya studentov. – M.: 
Pedagogika, 2002. 
7. Nishonova S. Komil insonni tarbiyasi: o‘rta maxsus, kasb-hunar 


270 
ta’limi muassasalari uchun qo‘llanma. -T.: Istiqlol. 2003 
8. Gʻulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. T.: 
―Sharq‖ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2000. 
9. Egamberdiyev E., Xo‘jamqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik. – T.: 
Ma’naviyat, 2003. 
10. Xoshimov K. va boshqalar tahriri ostida. Pedagogika tarixi – T.: Fan, 2001. 
11. E. G. Goziyev, K. Q. Mamedov. Kasb psixoloiyasi. T. 2003 y. 
12. N. V. Gafurova, V. L. Lyax, ye. V. Feskova i dr. ―Psixologiya 
professionalnogo obrazovaniya‖ (sibirskiy federalnыy universitet) SFU, 2010g. 
Internet resurslari 
1. www.edu.uz 
2. www.ziyonet.uz 
3. 
www.tuit.uz
 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə