"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Psixologiyaning ilmiy – taqdiqot metodlari



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Psixologiyaning ilmiy – taqdiqot metodlari
Reja: 


205 
1.
Psixologiyaning tuzilishi, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni. 
2.
Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi. 
3.
Psixologiyaning asosiy tamoyillari 
4.
Psixologiyaning tadqiqot metodlari 
Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o‘zidan emas, balki mustaqil fan 
bo‘lishga da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat. 
Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy va amaliy, 
umumiy va maxsus sohalari o‘rin olgan. psixologiya fanining asosiy sohalari 
odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning hulq-
atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. fanning 
bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur 
bo‘lgan bilimlarni berishlari kerak. ba’zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. umumiy 
psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va 
bo‘limlarining rivojlanishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi. (2.1 rasm). 
Psixikani o‘rganish qator boshlang‘ich boshqaruv nizomlariga asoslangan 
tamoyillarga tayanadi, bu tamoyillar tadqiq etilayotgan ob’ektni mazmunli bayon etish, 
tajriba ma’lumotlariga ega bo‘lish muolajalarini rejalashtirish, ularni umumlashtirib, 
izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish imkonini beradi. 
Psixologiyaning asosiy metodli tamoyillari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan: 
1. Determinizm tamoyili. Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar ma’lum 


206 
sabab, qonuniyatga ko‘ra paydo bo‘ladi, o‘zgaradi va nobud bo‘ladi. Psixologik 
tadqiqotda psixika hayot tarzidan kelib chiqib, mavjudlikning turli tashqi sharoitlari 
ta’sirida o‘zgarishini bildiradi. 
Hayvonlar psixikasi haqida so‘z yuritilganda, uning rivojlanishi biologik qonun 
sifatidagi tabiiy tanlanish bilan belgilanishini ta’kidlash lozim. Odam psixikasini 
oladigan bo‘lsak, inson ongi kelib chiqishining shakllari va rivojlanishi oxir-oqibat 
hayot uchun zarur moddiy vositalarni ishlab chiqish usulining rivojlanish qonunlari 
bilan belgilanadi. Determinizm tamoyilidan kelib chiquvchi xulosa sifatida inson 
ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatini tushunish xizmat qiladi. 
2. Ong va faoliyat birligi tamoyili. Ong va faoliyat uzviy birlikni tashkil etadi, 
lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash emas. Ong va faoliyat birligi tamoyili. Ong va 
faoliyat uzviy birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash emas. ong 
faoliyat jarayonida uning ichki rejasini, dasturini hosil qilgan holda shakllanadi. aynan, 
ongda voqelikning harakatchan ko‘rinishlari yuzaga keladi, ular yordamida inson atrof 
muhitda o‘z yo‘nalishini aniqlay oladi. Ong va faoliyatning birligi tamoyili 
ruhshunoslarga hulq-atvor, faoliyatni o‘rgangan holda, samarali maqsadga muvofiq 
harakatlarning ichki psixologik mexanizmlarini aniqlash, ya’ni, psixikaning ob’ektiv 
qonuniyatlarini ochib berish imkonini beradi. 
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish tamoyili. Ushbu tamoyil psixika 
haqida uning faoliyat jarayoni va natijasi sifatida uzluksiz rivojlanishda ko‘rib 
chiqilgandagina to‘g‘ri tushuncha hosil bo‘lishini bildiradi. Har bir psixik hodisaning 
tadqiq etilishi shu hodisaning aynan hozirgi vaqtga tegishli bo‘lgan xususiyatlarining 
ta’rifini, yuzaga kelish va shakllanish tarixini, shuningdek, rivojlanish istiqbollarini o’z 
ichiga olgan bo‘lishi kerak. Olimlar inson psixologiyasi va hulq-atvorini o‘rganishda 
ularni bir tomondan, organizmning biologik tuzilishi va faoliyati nuqtai nazaridan, 
ikkinchi tomondan, nazaridan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy rivojlanish qonunlari 
yordamida tushuntirib berishga harakat qiladilar. Har bir fan aniq ma’lumotlarga 
asoslanadi. ob’ektiv voqelikning bunday hodisalarini to‘plab, solishtirib, guruhlarga 
ajratib va umumlashtirib, fan yaratilishi kabi eng muhim zaruriyatni, aynan, irodamiz 
va ongimizdan mustaqil ravishda mavjud olamning ob’ektiv qonunlarini ochib beradi. 
bu ma’lumotlarga ega bo‘lish usullari ilmiy-tadqiqot metodlari yoki bilim, nazariya, 
ta’limot deb ataladi. shunday qilib, metod – ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi yoki biror-bir 
reallikni bilish usuli. ilmiy metod o‘z tuzilishiga ko‘ra, yondoshuvlar va muolajalar 
yig‘indisidan iborat. ilmiy tadqiqotlarning metodlari yordamida olimlar keyinchalik 
ilmiy nazariyalar tuzish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ishonchli 
ma’lumotlar oladilar. 


207 
Har qanday fanga o‘xshash psixologiya ham o‘zining tadqiqot metodlariga ega. 
psixologik tadqiqotda qo‘llaniladigan metodlarning barchasini to‘rt guruhga ajratish 
mumkin:
1) tashkiliy metodlar;
2) tajriba metodlari;
3) ma’lumotlarni qayta ishlab chiqish metodlari; 
4) izohlash metodlari.
birinchi guruhga qiyosiy, longityud va majmua metodlari kiradi. ma’lumotlar 
olishning tajriba metodlari kuzatish va o‘zini kuzatish (introspeksiya), tajriba metodlari 
(laboratoriya, tabiiy, shakllantiruvchi), psixologik tashhislash metodlari (testlar, 
anketalar, so‘rovnomalar, sosiometriya, suhbat, intervyu), faoliyat mahsuli tahlili 
(xronometriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va bajarilgan ishlarni baholash va boshqalar), 
tarjimai hol va egizaklar metodlarini o‘z ichiga oladi. ma’lumotlarni qayta ishlash 
metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga ajratish, tahlil) 
metodlari kiradi. izohlash metodlariga turli xildagi irsiy (materilning rivojlanishdagi 
alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va boshqalarni ajratib ko‘rsatgan holda 
tahlili) va tarkibiy (psixika barcha xususiyatlarining tuzilishlari o‘rtasidagi aloqani 
o‘rnatish) metodlar kiradi. 
Endi esa psixologik tadqiqotning asosiy metodlarini birmuncha to‘liqroq holatda 
ko‘rib chiqamiz. 
Qiyosiy metod («ko‘ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub 
odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko‘ra taqqoslashdan iborat. 
masalan, yoshi va jinsi bir xil bo‘lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va 
ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq 
etiladi va olingan ma’lumotlar o‘zaro solishtiriladi. 
Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq 
vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. masalan, talabalarni oliygohda ta’lim 
olish vaqti davomida ko‘plab marta tekshirish. 
Qiyosiy va longityud metodlari o‘z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa 
vaqt ichida ko‘p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi. 
Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, xususiy 
rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu ikki metod bir-birini 
to‘ldiradi. 
Majmuiy metod – tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar, 
masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o‘rtasidagi aloqalar 
va bog‘liqliklarni o‘rnatish imkonini beruvchi o‘rganish usuli. 


208 
Kuzatish – psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, maqsadga 
muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo‘lgan metod. Bu metod 
ilmiyligining asosiy sharti bo‘lib uning ob’ektivligi, ya’ni, qayta kuzatuv yoki 
tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, tajribalarni qo‘llagan holda nazorat olib 
borish 
imkoniyati
xizmat 
qiladi. 
Kuzatish 
bir 
necha 
xil: 
standartlashtirilgan belgilangan dasturga qat’iyan mos ravishda o‘tkazilgan), erkin 
(oldindan o‘rnatilgan chegaralarga ega bo‘lmagan), kiritilgan (tadqiqotchi o‘zi 
kuzatayotgan jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi), yashirin bo‘ladi. 
O‘tkazilish joyiga asosan kuzatishlar dala va laboratoriya kuzatishlariga 
bo‘linadi. Dala kuzatishlari tabiiy sharoitlarda, laboratoriya kuzatishlari esa sun’iy, 
ya’ni, oldindan yaratilgan sharoitlarda o‘tkaziladi. 
Olib borish muntazamligiga ko‘ra kuzatishlar tizimli (ma’lum vaqt davomida 
ob’ektni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan reja bo‘yicha) va tizimsiz (noma’lum vaqt 
davomida rejaga asoslanmagan) bo‘ladi. 
O‘rganilayotgan hodisaning o‘tkazilish davomiyligi, vazifalari va ko‘lamiga 
ko‘ra kuzatishlar qisqa vaqtli (farazlarni ifodalash yoki boshqa metodlar yordamida 
olingan ma’lumotlarni nazorat qilish va to‘ldirish uchun tadqiqotning boshlang‘ich 
bosqichida o‘tkaziladi) va, uzoq oylar va yillar davomida keng ko‘lamli yoki murakkab 
tuzilmali ijtimoiy jarayonlarning kechishini kuzatishga xizmat qiluvchi uzoq vaqtli 
kuzatishlarga bo‘linadi. 
Kuzatish metodini qo‘llash uchun quyidagi shartlar qo‘yiladi: 
- sinaluvchining hulq-atvori uning ko‘pgina ko‘rinishlari va turli vaziyatlarda 
vaziyatlarda har tomonlama baholanishi lozim; 
- kuzatuvchi sinaluvchi bilan juda ko‘p vaqt birga bo‘lishi kerak (kamida 2-3 oy 
davomida). Seanslar haftasiga 3-4 marta o‘tkazilishi kerak, ularning davomiyligi 
kuzatish maqsadidan kelib chiqib o‘rnatiladi; 
- kuzatish jarayoni boshlanmasdan avval sinaluvchi hulq-atvorining qayd 
etiladigan xususiyatlari aniqlab olinishi, va xulq-atvorning bunday belgilari bilan 
tadqiqotchi bu metodni qo‘llagan holda baholamoqchi bo‘lgan psixologik xususiyatlar 
o‘rtasidagi aloqa oldindan o‘rnatilishi kerak; 
- tadqiqotchi avvaldan kuzatish olib borish mashqini olgan bo‘lishi zarur; 
- muammoni xolisona hal etish maqsadida sinaluvchi va tadqiqotchi o‘rtasidagi 
rolli munosabatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak; 
- sinaluvchi bir vaqtning o‘zida kamida 10 ta ruhshunos kuzatuvida bo‘lishi va 
olingan baho har bir ruhshunos belgilagan balldan o‘rtachasini tashkil etgan bo‘lishi 
kerak. 


209 
Barcha ruhshunoslar bir-biriga bog‘langan bo‘lmasliga zarur. Bunday holat 
natijalar samarasini oshiradi (baholash metodi). 
O‘zini kuzatish metodi, yoki introspeksiya ( lot.dan – ichkariga qarayman) – 
insonning o‘zining shaxsiy psixik hodisalarini kuzatishi. Bu psixikani bilishning eng 
eng qulay vositasidir. Uning kashf etilishiga fransiyalik faylasuf Rene Dekartning 
fikricha, ong – alohida tuzilgan, moddiy va tarqoq bo‘lmagan substansiya bo‘lib, 
sub’ektning mulohaza yuritganida ichida qanday hodisalar ro‘y berishi haqidagi 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita bilimlari to‘g‘risidagi dohiyona yorqin g‘oyalari turtki 
bo‘ldi. O‘ziga va ongiga nazar tashlash introspeksiyaning mohiyatini tashkil etadi. 
O‘zini kuzatish orqali ichki kechinmalar, sirli xayollar, xotiradan ko‘tarilgan 
tasvirlar, jamiyat qarashlariga zid istaklar va irodaviy jarayonlar ochib beriladi. Bunda 
o‘zini kuzatish bilan olimning o‘zi ham, uning mijozi – sinaluvchi ham mashg‘ul 
bo‘lishi mumkin. Sinaluvchilarga alohida ko‘rish yoki eshitish ta’sirlovchilari, jismlar 
tasviri, so‘zlar, jumlalar namoyish etiladi; ular qabul etilib, o‘zaro solishtirilib, hosil 
bo‘lgan tasavvurlar haqida ma’lumot berilishi kerak. Bunda sinaluvchilar o‘z 
javoblarida tashqi ob’ektlarni tasvirlovchi atamalarni qo‘llamay, bu ob’ektlar sababli 
yuzaga kelgan o‘z his-tuyg‘ulari va ularning sifatlari haqida so‘z yuritishlari kerak. 
Hozirgi zamon psixologiyasining yangi yo‘nalishi – psixosintezning asoschisi – 
italiyalik shifokor-faylasuf Roberto Assadjioli fikricha, ongimizning bosh rejissyori 
oliy «Men» bo‘lib, uning qo‘l ostidagi aktyorlar esa – bu «Men»imizning ajralgan 
qismlari. Inson o‘zining ichki olamini ko‘zdan kechirishi, unga quloq tutishi bilan 
ikkilamchi, uchlamchi, to‘rtlamchi va boshqa «Men»larning xushqad yoki unchalik 
bo‘lmagan jo‘rovozi mavjudligi ma’lum bo‘ladi. Bilish va yangi nazariy istiqbollarni 
kashf etish metodi sifatida o‘zini kuzatish asosiy o‘rin egallaydi. Jismoniy va ruhiy 
hodisa deb nomlangan psychophysics o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganish bilan 
shug‘ullanadi psixologiya filiali. Shu ma’noda, muddatli psixo-jismoniy usullari 
urinishlar vazn his, yorqinligi, hajmi, va boshqa shunga o‘xshash o‘zgaruvchilar 
sifatida ma’lum psixologik tajribalar ilmiy o‘lchovlar uchun jismoniy qurilmalar 
foydalanish ashyodan barcha usullarini ulanishi mumkin. va hokazo uyqu oralig‘ida 
yoki xotira kabi boshqa murakkab psixologik hodisalar, shuningdek, psixo-jismoniy 
usullarini foydalanish o‘rganib mumkin. Nemis fiziolog va fizik Fechner (1801-1887) 
tomonidan ishlab chiqilgan uch klassik psixofizik usullari, haligacha psixofizika otasi. 
Ular: 
(I) usullari yoki cheklashlarni minimal o‘zgarishlar usuli. 
(II)doimiy rag‘batlantirishning yoki to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar usuli. 
(III) O‘rtacha yoki o‘rtacha xato usuli. 


210 
Bu usullar, birinchi navbatda, mutlaq arafasida va arafasida o‘rtasidagi farqni 
o‘lchash uchun ishlatiladi. Va mutlaq, pol va pol farqlar statistik tushunchalar va ham 
deyarli bir xil tarzda o‘lchanadi. Mutlaq, pol ishonchli hissi ishlab chiqaradi jismoniy 
rag‘bat, minimal qiymati sifatida belgilanishi mumkin. 
Mutlaq chegara Shunday qilib, biz, biz, nur yorqinligi, biz nima mumkin emas 
va shuning uchun ko‘rish mumkin olmaydi kishilardan hidlarni hidi mumkin olmaydi 
o‘sha eshitasiz tovushlarni ajratib turadi. O‘zlari esa farq mavzu orqali idrok qilinishi 
mumkin, ikki rag‘batlantirishning o‘rtasida qiymati eng kam farq sifatida belgilangan 
bo‘lishi mumkin. Bir kishi uning qo‘lini qo‘yish uchun ma’lum bir og‘irlik 
kechirmoqda qachon umumiy birinchi ajratib bo‘lmaydigan bo‘lib, masalan, eng kam 
vazn, pol farq, unga ilova qilinadi. Keling, endi yuqorida aytib o‘tilgan uch psixofizik 
usullarini qisqacha fikr berish chiqaylik. 
Minimal o‘zgarishlar yoki cheklashlar usuli usuli. 
Bu usul mutlaq ostonasini va chegara (porog) farqini aniqlash uchun foydalanish 
mumkin. quyidagicha tartibi tasvirlangan: 
1. Shaxs his duchor bo‘ladi. Misol uchun, u bir ob’ekt (80 sm, masalan), ma’lum 
bir masofada yotgan yoki yo‘q ko‘rishni ega yoki yo‘qligini so‘rang mumkin. 
Psixologiyaning asosiy metodi bo‘lib tajriba hisoblanadi. Tajriba metodi tadqiq 
etilayotgan hodisalar, ijtimoiy yoki psixologik jarayonlar, qarashlar, qonuniyatlar, 
yangi bilimlarga erishishdagi xossalari o‘rtasida mavjud bo‘lgan sababiy-oqibat 
aloqalari haqida aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida qo‘llaniladi. Kuzatishdan 
farqli ravishda tajribada tasviriy ma’lumotdan tashqari, aloqalar, munosabatlar, 
jarayonlar haqida tushuncha beriladi. 
Tajriba o‘rganilayotgan hodisaning xususiyatlari o‘rtasida mavjud aloqalar 
to‘g‘risidagi nazariy tasavvurlarga asoslangan farazni isbotlash uchun tekshirish 
metodi sifatida shakllangan va mavjuddir. Metodologik rejaga ko‘ra, tadqiqot ob’ektini 
tahlil qilish birinchi bosqich bo‘lib, ikkinchi bosqich – o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi 
aloqalarning xususiyati yoki yo‘nalishi, mavjudligi haqidagi farazlarning shakllanishi, 
uchinchi bosqich – o‘zgaruvchilarni mustaqil va mustaqil o‘zgaruvchilarni mustaqil va 
mustaqil bo‘lmagan turlariga ajratish hisoblanadi. Tajribadagi o‘zgaruvchilarni ajratish 
– ob’ektni dastlabki nazariy tahlil qilish natijasi. Tadqiqotchining ta’siri 
yo‘naltirilganlari nazoratdagilar va mustaqil o‘zgaruvchilar deb ataladi. Shundan so‘ng 
tajribaning metodik qismi boshlanadi. Tadqiqotning maqsadi aniqlanib, dasturi 
tayyorlangandan so‘ng esa ikki guruh – tajriba va nazorat guruhlari tuziladi. 
Nizom bo‘yicha tajribaga qo‘yiladigan muhim talablardan psixologlar 
quyidagilarni sanab o‘tadilar: tadqiqot farazlariga ko‘ra aniq yo‘nalganlik; tadqiqot 


211 
ob’ektini yuqori darajada bilish va to‘liq ta’riflash; tajriba muolajalarini olib borishni 
qat’iy nazorat qilish, ularning aniqligini ta’minlash; qayta ishlab chiqish, takrorlash 
imkoniyati; ijtimoiy ob’ektga mos keluvchi metodlar, kuzatish va o‘lchash 
vositalarining mavjudligi. Tajriba tadqiqotlarini olib borishda quyidagilarni bilish 
lozim. 
Tajriba predmeti – o‘rganilayotgan ob’ekt xossalari va uning ijtimoiy faoliyati 
va hulq-atvorini belgilab beruvchi omillar tizimi o‘rtasidagi munosabatlar va aloqalar. 
Tajribadagi o‘zgaruvchi – o‘rganilayotgan ob’ekt holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va 
bevosita ta’sir etuvchi nazorat ostidagi va nazoratga olinmaydigan omillar. 
O‘zgaruvchilar tizimi tajribadagi vaziyatda etakchilik qiladi va bu vaziyat xuddi shu 
tizim orqali ta’riflanadi. Asosiy o‘zgaruvchilar mustaqil va bog‘langan bo‘lishi 
mumkin. Mustaqil o‘zgaruvchi – tadqiqotchi tomonidan o‘zgartiriladigan va tajriba 
guruhi faoliyatiga kiritiladigan omil. Bog‘langan o‘zgaruvchi – mustaqil o‘zgaruvchi 
ta’sirida o‘zgaradigan omil. 
Tajribaviy vaziyat – tajriba o‘tkazilayotgan sharoitlar yig‘indisi. U dala va 
laboratoriya sharoitida o‘tkazilishi mumkin. 
Tajriba ob’ekti – ijtimoiy guruh, jamoa, shaxs (tajriba ishtirokchilari). Tajribada 
ikki xil ob’ekt: nazorat va tajriba guruhlari ajratiladi. Ikki guruhning tuzilishi 
tafovutlarni aniqlashga va kutilgan o‘zgarishlar ro‘y bergani yoki bermagani haqida 
mulohaza yuritish imkonini beradi. Tajriba ishtirokchilarining soni, odatda, unchalik 
ko‘p bo‘lmaydi, aksariyat hollarda 10-15 kishidan oshmaydi. 
Tajriba guruhi tajriba omili (mustaqil o‘zgaruvchi) ta’sir ettiriladigan guruht. 
Nazorat guruhi tajriba omillarining ta’sirini sezmaydi. 
Agar tajriba guruhida nazorat ostidagi (mustaqil) o‘zgaruvchilar o‘zgartirilsa, 
nazorat guruhidagi mustaqil o‘zgaruvchilar o‘zgarishlarsiz sqlanib qoladi. 
Tajriba guruhi tajriba omili (mustaqil o‘zgaruvchi) ta’sir ettiriladigan guruht. 
Nazorat guruhi tajriba omillarining ta’sirini sezmaydi. 
Agar tajriba guruhida nazorat ostidagi (mustaqil) o‘zgaruvchilar o‘zgartirilsa, 
nazorat guruhidagi mustaqil o‘zgaruvchilar o‘zgarishlarsiz sqlanib qoladi. Nazorat 
guruhi qiyosiy birlik bo‘lib xizmat qiladi. 
Kengroq tarqalgan tajriba metodlarini ko‘rib chiqamiz. 
Laboratoriya tajribasi sun’iy shroitlarda maxsus asboblarni qo‘llagan holda ta’sir 
etuvchi omillarning qat’iy nazorati yordamida amalga oshiriladi. Masalan, inson 
tafakkuri xususiyatlarini o‘rganish. Sinaluvchiga ajratilgan vaqt ichida echishi lozim 
bo‘lgan aqliy vazifalar qatori taklif etiladi. Har bir vazifani bajarish ma’lum ballar 
miqdori bilan baholanadi, ballar yig‘indisi esa aqliy rivojlanish darajasining 


212 
ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. 
Tabiiy tajriba – sinaluvchiga sezilarsiz tarzda uning faoliyati yoki muloqotiga 
kiritilgan psixologik tajriba, u tabiiy sharoitlarda tadqiqotchining aralashuvisiz 
o‘tkaziladi. Tabiiy tajribani hayotning o‘zi qo‘yadi, tajribaviy vaziyat esa 
tadqiqotchining faol ishtirokisiz yuzaga keladi. Masalan, odam to‘satdan kasal bo‘lib 
qoldi, bunda kasallik uning psixikasi va hulq-atvoriga nisbatan uning psixikasi va hulq-
atvoriga nisbatan biror-bir ta’sirga ega bo‘lishi ma’lum. Qanday qilib? Bu savolga 
tajribadan javob topish mumkin, tajriba davomida bemor psixolog tomonidan 
kuzatiladi va u bemorning kasalikkacha va kasallikdan so‘nggi holatlarini qiyoslaydi. 
Shakllantiruvchi (ta’limiy) tajriba – psixik jarayon, shaxs holati yoki sifatini 
tadqiq etish va shakllantirish metodi. Masalan, bolalarda ma’lum sinf masalalarini echa 
olish qobiliyatini shakllantirish. Sinaluvchilar tegishli masalalar bilan tanishtirilib, 
ularni echish tartibi tushuntiriladi. So‘ngra ularga zarur malaka va ko‘nikmalarni 
orttirishga ko‘mak beriladi. Tajriba yakunida olingan natijalar baholanadi. 
Dala tajribasi o‘z xususiyati bilan laboratoriyadagi bilan o‘xshashdir, faqat u 
insonning real hayotidagi voqelikda o‘tkazilishi bilan farq qiladi. Masalan, oliy o‘quv 
yurtida ta’limning yangi dasturini kiritish bo‘yicha tajriba olib boriladi, buning ustiga, 
dastur o‘quv jarayoniga real tartibda kiritiladi. Tadqiqotchilarni tajriba 
natijasida talabalar bilimining yaxshilanashi yoki ularning avvalgidek saqlanib qolishi 
qiziqtiradi. Buning uchun ular tajribagacha va tajribadan so‘ng talabalar bilimini 
tekshiruvdan o‘tkazadilar va tajribaning samaradorligi yuzasidan xulosa yasaydilar. 
Keyingi yillarda psixologik tashhislash metodlari, test sinovlari keng ko‘lamda olib 
borilmoqda. 
Psixologiyaning ob’ektiv metodlariga, shuningdek, psixologik tashxislash, aniq 
shaxs, odamlar guruhi, u yoki bu psixik vazifaning holatlari, xususiyatlarini baholash 
yoki aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan test sinovlari ham kiradi. 
Test deb, bir xil shaklda tuzilgan, qisqa, vaqt bo‘yicha chegaralangan, miqdoriy 
kattalik bilan ifodalangan individual tafovutlarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan 
psixologik tashhislash sinoviga aytiladi. Testlar yordamida odamlarni o‘zaro bir-biri 
bilan solishtirgan holda o‘rganish, ular psixologiyasi va hulq-atvoriga baho berish 
mumkin. Test sinaluvchining o‘zini tutishini belgilovchi qat’iy qoida bo‘yicha 
sinaluvchilar bajarishi zarur bo‘lgan vazifalar to‘rlamidan iborat. Testlarning 
bajarilishi javoblarning to‘g‘riligi mezoni bo‘yicha baholanadi. To‘g‘ri bajarilgan 
vazifalar uchun ballar belgilab qo‘yilgan. Testning rag‘bat materiali barcha 
sinaluvchilar tomonidan bir xilda qabul qilinishi kerak. Testlarga berilgan javoblarni 
ishlab chiqishning ma’nosi shundan iboratki, olingan ma’lumotlar kalit yordamida 


213 
baholashning ma’lum ko‘rsatkichlari, masalan, shaxsning xususiyatlari bilan 
solishtiriladi. Aniqlashning so‘nggi natijalari test ko‘rsatkichlarida o‘z ifodasini 
topadi. Ularning tashhislashdagi ahamiyati, odatda, ko‘p sonli sinaluvchilarda statistik 
hisoblash yo‘li bilan olingan ko‘rsatkichlar bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. Testlar 
bir necha mezonlarga ko‘ra tasniflanadi. Maqsadga ko‘ra, tanlash, ajratish, tasniflash 
teslariga bo‘linadi. Mazmuniga ko‘ra,: a) umumiy qobiliyatlar uchun (intellektual va 
kreativ); b) maxsus qobiliyatlar: shaxs testlari, yutuqlarga erishish testlari, 
mezonli-yo‘naltirilgan testlarga ajratiladi. Shakliga ko‘ra testlar individual va guruhli 
bo‘lib, quyidagi turlarga bo‘linadi: 
- verbal va noverbal (taqdim etilgan vazifalarning shakliga ko‘ra); 
- blankli testlar («qalam va qog‘ozli») – sinaluvchiga taqdim etilish shakliga 
ko‘ra; 
- asbobli testlar (maxsus asboblar yordamida); 
- kompyuter testlari. 
Texnika usullari nuqtai nazaridan testlar to‘rt turga bo‘linadi:
1) ob’ektiv, ko‘pchilik hollarda asbobli, psixofiziologik sinovlar, masalan, 
emosional holatni belgilab beruvchi teri-galvanik refleksini o‘lchash;
2) so‘rov metodikalari yoki sub’ektiv testlar, masalan, G. Ayzenk va R. 
Kettelning umumshaxsiy testlari;
3) «qalam va qog‘ozli» testlar, masalan, diqqatni tashhislash uchun – matndagi 
ma’lum harflarni o‘chirish yoki labirintdan eng yaqin chiqish yo‘lini chizish va 
boshqalar;
4) sinaluvchilar hulq-atvori ifodalanishini baholashga asoslangan testlar, 
masalan, shaxsning guruh tomonidan baholanishi metodikasi (SHGB). 
Psixologiyada testlar bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy soha, shaxsning 
psixologik xossalari, shaxslararo munosabatlarni tadqiq etish uchun qo‘llaniladi. 
Masalan, Ayzenkning verbal matni aqliy qobiliyatlarni baholashga, Teylor testi esa 
xavotirlanish darajasini aniqlashga mo‘ljallangan. 
Klinik metod 
eksperimental va differensial usullari odatda xatti umumiy faktlarni 
o‘rganish uchun ishlatiladigan bo‘lsa, klinik usul individual xususiyatlarini o‘rganish 
uchun qaratilgan. klinik sozlama yoki jismoniy va ruhiy kasalliklar maslahat va 
davolash uchun kelgan odamlar parvarishlash va davolash tufayli atrof-muhit. Shu 
ma’noda, klinik usullari muammo yoki favqulodda xulq tub sabablarini tergov va taklif 
va tegishli shart-sharoit va imkon muolajalar ta’minlash vazifa bilan yengish barcha 
usullarini eslatadi: 


214 
Yaxshi klinik usuli tushunchasi sifatida ta’riflash mumkin klinik psixologiya 
juda tushunchasi, mavjud: Klinik psixologiya san’at va texnologiya yechimlari 
shaxsiyati tuzatish muammolar bo‘ladi. 
Bu ta’rifga tahlili bizga tabiat va klinik usuli davolash haqida quyidagi 
xususiyatlarga ba’zi farq yordam mumkin: 
(I) klinik usul xususan holda tegishli. 
(II) shaxs ba’zi muammolar bor. 
(III) tashxis qo‘yish va davolash ikkalasi usullari Ushbu muammolarni hal 
qo‘llaniladi. 
(IV) klinik yondashuv barcha har bir bemorga nisbatan qo‘llanila olmaydi, 
degan ma’noni anglatadi, bir san’at, shuningdek, ilm-fan va texnologiya, deb, va u 
sog‘lom va insoniyat yaxshiroq yaratish zavq oladi. 
Shunday qilib, psixologik tashxis tadqiqot va ruhiy muammolar davolash yoki 
individual kasallik bu usulning asosiy elementlari. 
Testlar juda xilma-xil bo‘ladi. Quyida bulardan ba’zilari keltirilgan: 
1. Yutuqlarga erishish testlari – sinaluvchining aniq bilim, malaka va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lish darajasini aniqlash imkonini beradigan psixologik 
tashhislash metodikalardan biri. 
2. Idrok testlari – individning aqliy imkoniyatlarini aniqlovchi psixologik 
tashhislash metodikasi. 
3. Ijodkorlik testlari – insonning ijodkorlik qobiliyatlarini o‘rganish va baholash 
metodikalarining jamlanmasi. 
4. Shaxsni bilish testlari – individ shaxsining turli tomonlariga baho berish 
imkonini yaratuvchi psixologik tashhislash metodikasi. 
5. Loyihalash testlari – psixologik izohlashga, ya’ni, sub’ekt tomonidan xususiy 
xossalari va holatlarining ustun bo‘lgan ehtiyojlar, mazmunlar va qadriyatlar ta’sirida 
ongli va ongsiz ravishda tashqi ob’ektlarga ko‘chirilishiga asoslangan shaxsni yaxlit 
o‘rganish uchun qo‘llaniladigan metodikalar jamlanmasi. Yuqorida keltirilgan testlar 
turlarining aniq qo‘llanilishi haqidagi ma’lumotlarga A.X. Yugayning «Obщaya 
psixologiya: laboratorno-prakticheskiye zanyatiya» (Tashkent, 2007) o‘quv 
qo‘llanmasi yordamida ega bo‘lish mumkin. 
6. Suhbat metodi o‘rganilayotgan muammoni qo‘shimcha ravishda yoritib berish 
uchun yordamchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Suhbat – bu nutq muloqoti orqali 
psixologik axborotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita yo‘l bilan ega bo‘lishni ko‘zda 
tutuvchi metod. Suhbat sinaluvchi, uning harakatlari mayllari va motivlari, psixik 
holatlari va boshqalar haqida ma’lumot olishning asosiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. 


215 
7. Psixologik intervyu – insonning shaxsiy sifatlari, tasavvurlari, motivlari va 
boshqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan intervyu. Psixologik metod sifatida intervyu 
o‘tkazilishi uchun katta kuch va vaqt talab qilgani hisobiga, asosan, individual tadqiqot 
ishida, ya’ni, shifoxona amaliyotida, maslahat berishda, shaxsiy psixologik korreksiya 
jarayonida qo‘llaniladi. Bu metodning afzalligi shundaki, etarlicha tayyorgarlikka ega 
bo‘lgan psixolog yordamida so‘z iboralari, mimika, holat, tovush sifati, tashqi 
ko‘rinish, harakatlarning o‘ziga xosligi, faollik darajasi, hissiy reaksiya va boshqa 
muloqotning barcha omillari kabi manbalardan inson haqida katta hajmli axborot olish 
mumkin. 
8. Anketa – oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun so‘rovnoma 
varag‘idan iborat verbal kommunikasiya asosida birlamchi ijtimoiy-psixologik axborot 
olishda qo‘llaniladigan metodik vosita. 
9. Sosiometriya – o‘zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning 
tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq 
etish metodi. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Psixologiya fanining asosiy sohalari haqida gapiring. 
2. Longityud metodi qanday metod? 
3. Anketa nima? 
4. Tajriba ob`ektiga ta`rif bering. 
5. Testlar maqsadga ko`ra qanday tavsiflanadi? 
ADABIYOTLAR 
1. Gʻoziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 2. Yugay 
A.X., Mirashirova 
6-Mavzu: 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə