Таянч сўзлар: хўжалик ҳисоби, ўлчов турлари, хўжалик ҳисоби турлари, ҳисоб вазифалари, олдига қўйилган талаблар


Бош бухгалтернинг бурчи хуқуқлари



Yüklə 65,09 Kb.
səhifə28/31
tarix11.05.2022
ölçüsü65,09 Kb.
#86682
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
якуний назорат 22 (копия) (копия)

38.Бош бухгалтернинг бурчи хуқуқлари.

Таянч сўзлар: бухгалтернинг бурчи, ҳуқуқи, жавобгарлиги.
«Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonunga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari amalga oshiradi. Rahbar quyidagi huquqlarga ega:

1. Bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish.

, 2. Buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslash- tmlgan buxgalteriya bo'limiga yuklash.

3. Buxgalteriya hisobotini mustaqil yuritish. Rahbar quydagilarni ta'minlashi shart.

1. Ichki hisob va hisobot tizimining ishlab chiqarilishini.

2. Xo'jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini.

3. Buxgalteriya hisobi to'liq va aniq yuritilishini.

4. Hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini.

5. Tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlashni.

6. Soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini.

7. Hisob-kitoblar o'z vaqtda amalga oshirilishini.

Bosh buxgalter korxona, muassasa amalga oshiradigan barcha

xo'jalik operatsiyalarini nazorat qilishni va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishini, tezkor axborot taqdim etilishini, belgilangan muddatlarda buxgalteriya hisoboti tuzishni. ichki xo'jalik rezervlarini aniqlash va safarbar qilish maqsadida buxgalteriya bisobi va hisoboti ma'lumotlari bo'yicha korxonaning moliyaviy xo'jalik faoliyati uchun iqtisodiy tahlilni amalga oshirishni ta'minlaydi.

Buxgalteriya ishlarida amalga oshirilgan muomalalar uchun javobgarlik imzo bilan tasdig'ini topadi. «Buxgalteriya hisobi to'g'ri- sida» gi qonunning 8-moddasiga binoan, xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari xo'jalik muomalalarini amalga oshirish ruxsatnomasiga va subyekt nomidan hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo'lgan shaxslar ro'yxatining mavjudligi uchun javobgar bo'ladi.

Korxona bosh buxgalteri rahbar bilan birgalikda tovar-moddiy boyliklar va pul mablag'larini qabul qilish hamda berish uchun asos bo'ladigan hujjatlarga, shuningdek, hisob-kitob, kredit va moliyaviy majburiyatlar hamda xo'jalik shartnomalariga imzo chekadi. Ushbu hujjatlarda bosh buxgalterning imzosi bo'lmasa, u huqiqiy deb topilmaydi. Hujjatlarga imzo chekish huquqi korxona, muassasa rahbari- ning yozma ravishdagi farmoyishi bilan vakolatli shaxslarga berilishi mumkin. Korxonada moddiy javobgar shaxslami (kassir, ombor mudiri va boshqalarni) ishga tayinlash, vazifasini o'zgartirish va ishdan bo'shatish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Agar korxonabosh buxgalteri o'zgartirilsa, uning ishlari yangi tayinlangan bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi. Ushbu jarayonda buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma'lumotlarining aniqltgi tekshirilib, korxona rahbari tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuziladi.

Korxonanng chorak va yillik moliyaviy hisobotlariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi. Agarda korxonaning buxgalteriya hisobi ishlari shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, moliyaviy hisobotga korxona rahbari va buxgalteriya hisobini yuritadigan mutaxassis imzo chekadi.

Birlamchi hujjatlar, hisob registrlari, buxgalteriya hisoboti belgilangan tartibga muvofiq majburiy tarzda saqlanishi lozim. Ular bilan ishlash davrida saqlashni ta'minlash va ularni arxivga o'z vaqtida topshirish uchun bosh buxgalter mas'uldir. Buxgalteriya bo'limi hujjat- lami ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moilyaviy hisobotlami hamda soliq hisob-kitoblarini tuzishni ta'minlashi lozim.

Hujjatlar bilan ishlash davrida saqlashni ta'minlash va ulami arxivga o'z vaqtida topshirishga bosh buxgalter mas'uldir.
39.Ҳисоб юритиш сиёсати.

Таянч сўзлар: 1-сон БХМА, ҳисоб сиёсатига таъсир этувчи омиллар, тамойиллар.


Hisob yuritish siyosati deganda, xo'jalik yurituvchi subyekt rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda yuritish hamda tuzish uchun qo'llaniladigan usullar majmui tushuniladi.

Xo'jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nornli I-son BHMS asosida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi.

Xo'jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati, foydala- nuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli, ishonchli, tushunarli va oddiy
bo'lishi shart. Aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa subyektlaming moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi kerak.

Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq yo'nalishi bo'yicha subyekttning hisob yuritish siyosati shakllan- tirilishida O'zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to'g'risi- dagi qonun hujjatlarini qo'llash lozim.

Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar ta'sir etadi:

mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl;

faoliyat turi yoki tarmoq bo'ysinuvi;

ishlab chiqarish ko'larni hamda ishchi xodimlar soni;

soliq solish tizimi bilan munosabat (imtiyoz va sh.k.);

bozor munosabatlariga o'tish sharoitida harakat qilish erkinligining



darajasi;

moliya-xo'jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi;

boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;

korxonani ma'lumotlar bilan ta'minlashning samarali tizimi mav-



judligi;

buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona rahbarlarining



tashabbuskorligi; .

moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo'yicha moddiy javob-



garlik tizirni.

/ Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun

tanlangan usullar ma'muriy hujjat e'lon qilingan yildan keyingi yilning l-yanvaridan boshlab qo'llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo'jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo'jalik yurituvchi subyekt birinchi hisobotini e'lon qilgunga qadar, o'zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Kalendar yili

davomida hisob yuritish siyosati o'zgartirilmaydi.

Xo'jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati I-son

BHMAning 16-50-bandlarida va «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari»da keltirilgan asosiy tamoyillarga asosan aniqlanishi kerak.
40.Бухгалтерия ҳисобининг турлари.

Таянч сўзлар: Молиявий ҳисоб, бошқарув ҳисоби, солиқ ҳисоби.


Moliyaviy hisob tashqi axborotdan foydalanuvchilar tala bini qondirishga qaratilgan. 

Moliyaviy hisob, asosan, tashqi foydalanuvchilarning manfaati uchun yuritilsa, boshqaruv hisobi korХОna manfaatini ko'zlab tashkil qilinadi. Buxgalteriya hisobining rivojlanishiga ta'sir etuvchi asosiy omil bu sanoatning rivojlanishi va natijada iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari rivojlanishi bilan uzviy bog’liq

Boshqaruv hisobi- ХОʻjalik yurituvchi subyekt boshqaruv apparatiga xizmat ko'rsatadi va uning joriy vazifalari ( ishlab chiqarish hisobi) kabi strategik maqsadlariga ( strategik hisob) qaratilgan.

Soliq hisobi-soliqlarning alohida turlari bo'yichа soliqqa tortiladigan bazani to'g'ri hisoblash va budjet bilan o'z vaqtida hisob- kitob qilishni ta'minlashga yo'naltirilgan.

 Shunday qilib, boshqaruvning ko'rib chiqilgan rejalashti rish, nazorat va qabul qilingan qarorlar bajarilishining samara dorligini baholash kabi funksiyalari buxgalteriya hisobi tufayli amalga oshiriladi. Uning axborot tizimi ichki va tashqi axborot dan foydalanuvchilarga ХОʻjalik yurituvchi subyekt moliya ХОʻjalik faoliyati to'g'risida yaqqol tasavvur beradi.


Moliyaviy va boshqaruv hisob tizimida buxgalteriya hisobi quyidagilarni ta'minlaydi: ish xaqini hisoblash va ijtimoiy sug'urta ajratmalar, pensiya fondi va ish bilan ta'minlash fondiga ajratmalar, asosiy vositalar amortizatsiyasi va ularni ta'mirlash harajatlari, moddiy boyliklarning mavjudligi, harakati va taqsimlanishi, moddiy, mehnat chiqimlarining normativlaridan hamda ishlab chiqarishga xizmat qilish va boshqarish harajatlari smetasidan chЕТga chiqishi ; mahsulot tannarxi va tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari, mavjud tayyor mahsulot, uning ortib jo'natilishi va sotilishi hamda foyda haqidagi ma'lumotlar bilan ta'minlaydi.
41.Бухгалтерия ҳисобини меъёрий тартибга солиш.

Таянч сўзлар: комплекс тадбирлар, «Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида»ги қонун, ҳаражатлар таркиби тўғрисидаги низом, 21-сон БХМА.



 

Hozirgi paytda buxgalterlar ishiga qo'yiladigan talablar tubdan o'zgarmoqda. Buxgalter korxona rahbariga moliyaviy ahvolning barqa- rorligini oshirishga imkon beradigan yo'llami ko'rsatib berishi, iqtisodiy tahlil, umuman korxonaning pul oqimlari va moliyasini boshqarish bilan, ya'ni moliyaviy menejment bilan shug'ullanishi kerak. Buning uchun, eng avvalo, buxgalterlar BHMA larini va hisob ishlariga oid me'yoriy- huquqiy hujjatlami bilishlari lozim. Ana shundagina buxgalteriya hisobini samarali tashkil qilishga erishish mumkin.

Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini me'yorlar yordamida boshqarishning 4 darajali tizimini ko'zda tutadi.


Yüklə 65,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə