Termiz davlat universiteti milliy libos va sanat fakulteti 2 kur 122 guruh talabasi toshpo’latova maehrixonning kutubxona fondlari va kataloglari fanidan tayyorlagan taqdimoti


kutubxonalar kitobxonlarga nashrlarni faqat odatdagi holatda (masalan: kitob shaklida) berishlari mumki ed



Yüklə 475,42 Kb.
səhifə2/2
tarix29.11.2023
ölçüsü475,42 Kb.
#143134
1   2
MEHRIXON TOSHPO\'LATOVA

: kutubxonalar kitobxonlarga nashrlarni faqat odatdagi holatda (masalan: kitob shaklida) berishlari mumki ed

i. Kutubxonalarda kompyuterlardan va Internetdan foydalanish yangi imkoniyatlarni yaratadi. Bu esa o‘z

navbatida turli fizik tashuvchilardan (magnitli tasmalar, disklar, SD-ROMlar va boshqalardan) foydalangan

holda elektron hujjatlarning keng tarqalishiga olib keldi. Bunda masofadan turib axborot olish va axborot

uzatishning roli beqiyosdi

Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy shakllarini o‘zlashtira borgan kutubxonalar o‘z kuchlarini

  • elektron hujjatlar va Internet resurslaridan foydalanishga yo‘naltirdilar. Bunday maqsadga erishish uchun bir
  • qator huquqiy va texnologik masalalarni yechish va kutubxona ishi konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqish zarur edi.
  • Elektron kutubxona yaratuvchilarga shu narsa aniq bo‘lib qoldiki, maqsadga erishish uchun manfaatdor
  • tomonlar kuchlarini birlashtirish zarur ekan. Natijada elektron kutubxonalar yaratish ishiga dastlab alohida
  • tashkilotlar kirishgan bo‘lsa, so‘ngra bu ish milliy va xalqaro darajadagi ishga aylandi.
    • Kutubxonalarni avtomatlashtirishga dastlab XX asrning 60-yillari o‘rtalaridan kirishildi. Kompyuterlarni
    • kutubxonalar ishiga tatbiq qilish bibliografik ma’lumotlar bazasi va kutubxona kataloglarini yaratishdan
    • Boshlandi. Bu ishlar maxsus EHM lar asosida bajarildi. Mashina o‘qiy oladigan (MARC) kataloglarni va yagona
    • kataloglar tarmog‘ini yaratish bo‘yicha dastlabki natijalar olindi. O‘tgan asr 70-yillari kompyuterlarni aloqa
    • kanallari orqali yagona tarmoqqa bog‘lash imkoni yaratildi. Bu esa o‘z navbatida, bir kompyuterdagi
    • bibliografik ma’lumotlar bazasidan ikkinchi kompyuter orqali foydalanishga sharoit tug‘dirdi.
    • 1980 yillarda shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi bilan kutubxona tizimlarini yaratish va ularni keng tatbiq
    • qilish real bo‘lib qoldi. 1967 yilda AQSh dagi Ogayo shtati kollejlari va universitetlari rahbarlarining tashabbusi
    • bilan Ogayo kollejlari kutubxona markazi- Ohio College Library Center (OCLC) tashkil qilindi. Bundan maqsad
    • -akademik universitetlarning kompyuter tizimlarini rivojlantirib, bibliografik resurslarni o‘zaro almashtirishga
    • imkon yaratish edi.
    • Bir necha yil avval AQSh kongressi kutubxonasi elektron kutubxona yaratish milliy dasturini amalga oshira
    • boshladi. 1994 yildan boshlab, AQShda NSF, DARPA va NASA tashabbusi bilan Digital Libraries initiative
    • (DLI) elektron kutubxonalar bo‘yicha tadqiqot dasturi ish boshladi. Mazkur dastur rivojining 2-bosqichida, ya’ni
    • 1998 yildan boshlab, u yagona tarmoqlararo dasturga birlashtirildi. Bu dasturga milliy tibbiyot kutubxonasi,
    • AQSh statistika agentligi, Milliy gumanitar fond, AQSh milliy arxivi va boshqa federal agentliklar qo‘shildi.
    • 1995 yildan boshlab, Buyuk Britaniya milliy dasturi — ELIB amalga oshirildi. Bir qator mamlakatlar (Kanada,
    • Germaniya va boshqalar)da yaratilgan elektron kutubxonalar tashkil etishga oid tarqoq loyihalar milliy va
    • halqaro loyihalarga aylana boshladi. Elektron kutubxonalar yaratish va ulardan foydalanishni maqsad qilgan bir
    • qator loyihalar KES (Yevropa hamjamiyatining 4-dasturi) dasturi doirasida amalga oshirildi. Bugungi kunda
    • elektron kutubxonalar yaratish va ulardan foydalanish «Informatsion jamiyat texnologiyalari» dasturi doirasida
    • KES dasturiga kiritilgan. AQSh da o‘tgan asr 80-yillarda elektron kutubxonalar (EK) yaratish bo‘yicha ish
    • boshlangan bo‘lsa, bu ishga Buyuk Britaniyada 1990 yil boshlarida kirishildi.
    • Elektron kutubxonalar yaratishda AQSh dagi kutubxonalar va axborot markazlari ayniqsa, faollik ko‘rsatmoqda.
    • Loyihalar ichida salmoqlisi AQSh Kongressi kutubxonasi tomonidan amalga oshirilgan, 1995 yilda 15 ta yirik
    • universitet kutubxonasini birlashtirgan Milliy elektron kutubxonalar federatsiyasi (NDLF) loyihasi Milliy
    • kutubxona va Amerika xotirasi loyihalari hisoblanadi. AQShda bu sohada olib borilayotgan ishlar boshqa
    • mamlakatlarda ham shu yo‘nalishdagi tashabbuslar rivojiga turtki bo‘ldi. Shuning uchun ham ular o‘zlarining
    • loyihalarida amerikalik kasbdoshlari tajribasiga ko‘proq tayanishlari tasodifiy emas.
    • 1993 yili Avstraliya arxivlari, Avstraliya kutubxonalar kengashi, Axborot xizmatlarini saqlash bo‘yicha milli
    • agentlik va Tovushli kino bo‘yicha milliy arxiv hamkorlikda elektron materiallar ishlanmalari yaratishga
    • tavsiyalar beruvchi ishchi organ tuzdilar. Bu sohadagi ishlar Avstraliya federatsiyasining 100 yillik yubileyiga
    • mo‘ljallangan «2001 yildagi Federasiyaga yuzma yuz» dasturiga kiritildi. 1995 yildan boshlab, bu ishchi organ
    • AQSh ning «Hujjatlarning saqlanishi va ulardan foydalanish bo‘yicha kompaniya» ishchi guruhi (SRA) va Ilmiy
    • kutubxonalar guruhi (RLG) ishlaridan samarali foydalana boshladi. Hozirgi paytda bu ishchi organ «Elektron
    • axborotlarni arxivlashtiruvchi ishchi guruhi» deb nom oldi.
    • Yevropada Yevropa kengashi tomonidan juda ko‘p milliy va xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu
    • yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Bunda, ehtimol Buyuk Britaniyaning ancha oldinga
    • ketganligi bois bo‘lsa kerak, uning ELIB dasturi doirasiga 60 dan ortiq loyiha qamrab olingan.
    • O‘zbekistonda kutubxonalarni avtomatlashtirish ishlari 90-yillarning o‘rtalarida «Axborotlashtirish haqida»
    • qonun va Milliy ilmiy-texnik axborotlar tarmog‘i yaratish bo‘yicha dastur qabul qilinishi bilan boshlandi.
    • Kutubxonalarni avtomatlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi fan va texnika davlat qo‘mitasi hamda oliy
    • va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qo‘llab- quvvatlangan. Shundan so‘ng elektron kutubxonalar va
    • kutubxona konsorsiumlari yaratish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yildi. Fanlar akademiyasining Asosiy
    • kutubxonasida birinchi elektron kutubxona ishga tushirildi. Namunaviy avtomatlashtirilgan kutubxona loyihasi
    • ochiq jamiyat instituti ko‘mak jamg‘armasining granti asosida amalga oshirildi. Mazkur loyihadan ko‘zda
    • tutillgan maqsad:
    • Kutubxonachilik ish jarayonlarini avtomatlashtirish – davr talabi
    • Kutubxona xodimlarining qoʼl mehnatini ixchamlashtirish, kamaytirish, ularga tez va oson ish jarayonlarida koʼproq samaraga erishish maqsadida 20 asrning oxirgi choragidan boshlab barcha turdagi kutubxonalarda elektron kataloglashtirish, soʼngra esa elektron resurslar yaratish ishlari olib borildi. Аmmo, kutubxona ish jarayonlarini kompleks tarzda avtomatlashtirish hamon muammo boʼlib qolmoqda. Ilgʼor rivojlangan mamlakatlar kutubxonalarda kitob berilishi, kitob yoʼqolishining va oʼgʼirlanishining oldini olish, unga qarshi kurash, inventarizatsiya va hisobot ishlari, kitob berilishi kabi jarayonlarni ham avtomatlashtira boshladi. 2014 yili Janubiy Koreya davlatining kutubxonalarida shu jarayonlarni koʼrib qaytdik. Kitobxonlarning mustaqilkutubxona xizmatidan foydalanayotgani, bizdagi kutubxona xodimlari bajaradigan barcha jarayonlarni ham ularning yordamisiz amalga oshirayotganlari ularning qay darajada oʼqish madaniyati koʼnikmalariga ega ekanligini koʼrsatadi. Аlbatta, buning uchun maxsus dasturlar, maxsus qurilma va asbob-uskunalar ham zarur.
    • 2020 yilning 13 fevral kuni Oʼzbekiston respubilkasi FАning Fundamental kutubxonasida tizim kutubxonachilari uchun “Ilmiy kutubxonalarni kompleks avtomatalashtirish” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Tadbirda Moskvadagi “ID LOGIC” kompaniyasining Bosh direktori Sergey Nikulin va “OOO ‘E-LINE PRESS” direktori Igorь Kim,Muhammadjonov Sherzod- TАTU “Аxborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi oʼqituvchisi ishtirok etdilar. Soʼz Rossiya kutubxonalaridagi avtomatlashtirish hgʼolati, muammolar, shu yoʼnalishdagi kun talabi, uning ahamiyati haqida boʼldi. Davra suhbatida FА tizimidagi institutlarning kutubxonachilari oʼzlarini qiziqtirgan savollar bilan qatnashdilar.
    • Foydalanilgan adabiyotlar
    • Cyberleninka.ru
    • htt//library.academik.uz
    • Znanio.ru
    • uz.wikipedia.org

    Yüklə 475,42 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə