Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti


Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo'lishi lozim



Yüklə 246,38 Kb.
səhifə8/10
tarix23.05.2023
ölçüsü246,38 Kb.
#112183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo'lishi lozim:

  • tarbiya - tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va yosh yigit-qizning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e'tiborga olish;

  • yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg'usini qaror toptirish;

  • milliylikning o'ziga xos an'analari va vositalariga tayanish;

  • shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o'quvchilar o'rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e'tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo'lish,

Amalda tarbiyaviy jarayon yaxlit va uzluksiz ishiga va turli yoshdagi, bolalarni qamrab olishga alohida ahamiyat berish lozim.
O'smir yigit va qizlar nafaqat bo'lg'usi katta hayotga tayyorgarlik ko'radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o'quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bo'sh vaqtlarida o'quv-tarbiya jarayonini to'ldiradi. U o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligani oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o'ziga xosligi shundaki, to'garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o'smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
O'quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tar biyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o'zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko'p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog'liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to'ldiradi.
Ularning dunyoqarashi, to'g'ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog'lanishiga zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko'p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:

  1. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish.

  2. O'quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko'p qirrali ishlarni o'quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo'lga qo'yish.

  3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo'nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o'qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko'rsatish.

  4. Umummaktab va maktablararo o'tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish.

  5. O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko'rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma'muriy.

Bular ko'pincha o'zaro uzviy bog'langan holda namoyon bo'ladi. Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin:

  1. Tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish.

  2. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash.

  3. Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish vaularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash.

  4. Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.

O'quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o'z mazmuniga ko'ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. CHunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi. SHu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. O'quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib turli kishilar bilan muayan munosabatga kirishadilar.
Turli vaziyatga duch keladilar. SHuning uchun ham o'quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo'lsa, ularning munosabatlari shunchalik munosabat doirasi keng va ma'naviy o'sishi samarali bo'ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o'quvchilar jamoadagi ishlarni o'rganadilar. Ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar.
Ishlab chiqarish mehnatiga qo'shiladilar. Jamoatchilik fikriga bo'ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga otlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyatga quyidagilar kiradi:
1.Og'zaki ish usullari: majlislar, yig'inlar, ma'ruzalar,
kutubxonalar,konferentsiyalar, munozaralar, uchrashuvlar, gazetalar, radio va jurnallar.

  1. Amaliy ish olib borish usullari turli joylarga sayyohatlarga, sport musobaqalari, tabiatshunoslar to'garaklari, shanbaliklar, yangi kitoblar ko'rgazmalari.

Tarbiyaviy ish pedagogikadan butun qobiliyatlarni ishga solishga taqozo etadi. Sinf rahbarligi kursi bilan maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasi kursi bir-biriga bog'liq va uning davomiyligidir.
Yuqoridagi qayd etilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida o'quvchilar turli qo'llanmalar, asboblar, apparatlar, didaktik materiallardan foydalanishni o'rganadilar, o'z-o'zini tekshirish uchun turli ma'lumot va tayanch materiallarini jalb etish ko'nikmalarini egallaydilar.

  1. Sinfdan va maktabdan tashqari ishni rejalashtirish bolalarning yosh xususiyatlariga, maktabning joylashgan shart-sharoitlariga, ijodiy birlashmalariga, ilmiy markazlar bilan o'zaro aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor o'rinbosarining faoliyati, o'z ifodasini topgan xujjatlar ro'yxati, xalq ta'limi tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi.

  2. Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishini talab etmoqda.

Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo'lishi lozim:

  • Ulg'ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va yosh yigitning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy xuquqini e'tiborda tutish zarur.

  • Milliylikning o'ziga xos an'ana vositalariga tayanish.

  • Pedagoglar o'rtasida o'zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o'quvchilarni darsdan bo'sh vaqtlardagi o'quv tarbiya jarayonini to'ldiradi va kengaytradi, o'quvchilarni mustaqil bilim olishlari, ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlarda fan o'qituvchilari o'z faniga qiziqqan o'quvchilar bilan mashg'ulot o'tqazib, o'quvchilarning qiziqishlarini o'stiradi. Sinfdan tashqari ishlarni to'la qamrab olgan to'garaklar bir necha xilda bo'lishi mumkin:

  1. fan to'garaklari

  2. mohir qo'llar to'garaklari

V) sport to'garaklari
G) badiiy havaskorlik to'garagi
O'rta umum ta'lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari sinfdan tashqari ishlarni uyushtirishda to'garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo'lgan o'z o'quvchilarini biror to'garakka a'zo bo'lishga chorlaydi. Ularni qaysi to'garakda mashg'ul bo'lishlari hisboga olinadi.
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarni ijodkorlikka da'vat etuvchi tarbiyaviy maskandir. Pedagogik tajribalar shuni ko'rsatmoqdaki, hozirgi sh aroitda maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar uylari, yoshlar saroylari, yosh texniklar saroylari, yosh texniklar uylari maktab tarbiyasining uzviy davomchisi bo'lib qolishi kerak. O'zbekiston Respublikasining «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasi», bu ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda asos bo'ladi.
Ma'lumki, o'quvchilarni g'oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, nafosat va jismoniy jihatdan to'liq shakllangan kishilar qilib tarbiyalash dars jarayonidan boshlanadi. Biroq o'quvchilarning kundalik o'sib borayotgan ehtiyojlari, talablari va barcha qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilangina cheklab bo'lmaydi.
Bunday ko'p qirrali qiziqishlarni sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni uzviy bog'lanish asosidagina qondirish mumkin. SHu sababli keyinga davrda o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko'ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar - o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to'ldiradi. Ularning dunyoqarashini to'g'ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog'lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko'p qirralidir.
Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan, uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma'lum bir tizimga solmasdan turib ko'zda tutilgan maqsadga erishi qiyin.
1998 yilning «Oila yili» deb e'lon qilinishi vash u yilning o'zida Oila kodeksining qabul qilinishi hamda mamlakatimiz tarixda ilk bor tashkil etilgan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining maqsadi ham davlatimizning oilani har tomonlama mustahkamlash, himoya etish borasidagi siyosatiga hamohang bo'lib, oilaga taalluqli boy va sermazmun milliy an'analarni avylab-asrash, ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unlashtirish, oila va nikohn ing muqaddasligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish yo'li bilan oilani mustahkamligi, barqarorligini ta'minlash, oila a'zolarining xuquqiy savodxonligini oshirish muammolarini ilmiy o'rganish, oilaviy hayotga bog'liq muammolarni tadqiq eti shva fuqarolarga bu masalalarda amaliy yordam berishdan iboratdir.
Markazning muhim maqsad va vazifalaridan biri oila kontseptsiyasini yaratish va uni hayotga joriy etishning uslub va vositalarini joriy etish orqali hukumatimizning ijtimoiy sohadagi insonparvar siyosatini amalda har bir fuqaro ongiga oila instituti orqali singdirishdan iboratdir.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov har chiqishlarida oila masalalariga katta e'tibor berar ekanlar, uning tarbiya beradigan maskanlar orasida eng muhimi qadrli ekanligiga oid fikrlari alohida ahamiyatga ega. «Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday inson bo'lib yetishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'i ekanligini tan olishimiz darkor». Mustaqillik yillarida respublika hukumati va Prezidenti I.A.Karimov tomonidan oilaga ko'rsatilayotgan etibor, yillarga maqom berilayotganda oialni mustahamlash, nikohni qadriyat sifatida e'zozlashga qaratilgan chora tadbirlar tom ma'noda yurtimizda oila va farzandlar hukumatning doimiy g'amxo'rligi ekanligidan dalolatdir.Taqdim etilayotgan kontseptsiya oila institutini yurtimizda yanada mustahkamlash, u orqali milliy istiqlol g'oyasini fuqarolar ongiga singdirish ishlari uchun dasturulamol bo'lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlar, yangilanish jarayonlari va islohotlardan ko'zlangan asosiy maqsad ozod va obod Vatan, rivojlangan fuqarolik jamiyati barpo etish, shu tarzda xalq farovonligini ta'minlash, jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egallash, oilaning barkarorligiga erishish ekan, oila bag'ishlangan kontseptsiyaning vujudga kelishi o'ta dolzarbdir. Zero, Respublikamiz o'z iqtisodiyotini yangi bosqichga ko'tarish, jamiyatni erkinlashtirish va demokratiyalash siyosatini izchil olib borar ekan, bizga jamiyatning negizi bo'lgan oilalar muammolari va istiqboliga qaratilgan kontseptsiya zarur. Darhaqiqat, kontseptsiya O'zbekistondagi oilalarning rivojlanishi istiqbolini tasavvur qilish, oila borasidagi ijobiy va muammoli masalalarni oldindan bashorat qilish uchun, mavjud muammolarning sabab va omillarini belgilab olish uchun ham xizmat qiladi.
SHuni alohida ta'kidlash lozimki «Oila» kontseptsiyasini yara tish va bu bilan bog'liq ishlarning dolzarbligi hamda bajarilishining maqsadga muvofiqligi mustaqillik yillarida Respublika rahbari I. A. Karimov tashabbusi bilan yillarga berilgan maqomlar doirasida amalga oshirilayotgan davlat dasturlarining oilani, ona va bolani ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilganligi, xukumat tomonidan oila manfaatlariga ajratilayotgan sarmoyalarning amalda oqlanishi zarurati bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 fevral 6-sonli «Ona va bola» Davlat dasturi to'g'risidagi qarorida belgilangan vazifalarning muhimlligi va dolzarbligidan ham kelib chiqadi.Oila va jamiyat - mohiyatan bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, oilada jamiyatning tub mohiyati va muammolari o'z aksini topadi. SHuning uchun ham oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a'zosi oila bagrida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o'zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. SHu boisdan ham davlat oilani o'z himoyasiga oladi.

Yüklə 246,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə