Termiz davlat universiteti



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə3/25
tarix22.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#112023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
ozbekiston oziq ovqat sanoati geogrfiyasi RRFGVS

Kurs ishining ob’ekti. Ushbu bitiruv malakaviy ishining tadqiqot ob’ekti bo’lib, “O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi hisoblanadivatadqiqotjarayonidaushbukorxonalarningamaliyma’lumotlaridan foydalanildi.
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi. Mazkur kurs ishi ishi kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iboratdir.

10
1-BOB. KORXONALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA FAOL MARKETINGDAN FOYDALANISHNING NAZARIY VA ILMIY-USLUBIY ASOSLARI.

1.1. Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda faol marketingdan foydalanishning nazariy asoslari
Marketingning asosiy maqsadlari talabni shakllantirish va rag’batlantirish, sotish, bozordagi ulush va foydalarning hajmini kengaytirish maqsadida qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari va korxona (firma) ish rejalarining asoslanishini ta’minlashdan iborat. Korxonani boshqarishga marketing bo’yicha yondoshishda asosiy shior: «Ishlab chiqarilganni sotish emas, balki sotiladigan narsani ishlab chiqarish»dan iborat. Bu korxona ishlab chiqarishdan avval aniq iste’molchilar ehtiyojlarini mukammal o’rganishlari kerakligini, olingan ma’lumotlarga muvofiq tovarning kam-ko’stlarini tuzatishlari va takomillashtirishlari, faqat shundan keyin ushbu tovar bozorga chiqishi kerakligini bildiradi.
Marketing- bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini kompleks, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Shuni ta’kidlash lozimki, mustaqillik yillarida amaliyotda marketingni qo’llash va uning tamoyillaridan maqsadli foydalanish muammolariga O’zbekistonda ham katta ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa, bu borada mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning “... marketing tadqiqotlarini tashkil etishni, ... ichki va tashqi bozorlarning taraqqiyot tamoyillarini yaxshi bilmaslik natijasida korxonalar ... katta zarar ko’rmoqda»3, -deb bu tizimdan samarali foydalanish zarurligi haqida ta’kidladi.
Mamlakatimizda yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini yanada rivojlantirish imkonini bermoqda. Mamlakatimiz Prezidenti bu

3 Karimov I.A. Kelajakni jasoratli odamlar quradi. - T.: 7-t. O’zbekiston, 1999, - 321 bet.

11
borada “... kichik biznes korxonalariga... o’z mahsulotlarini sotishga ko’maklashadigan, marketing o’tkazish, sertifikat va ruxsatnomalar olishni ta’minlaydigan yaratish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirish darkor»4, – deb ta’kidlab o’tganlar. Bu esa o’z o’rnida marketingning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati beqiyos ekanligini anglatadi.
Marketing- kishilik faoliyatining almashuv vositasi orqali muhtojlik va ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan turidir.5
Nazorat qiluvchi omillarga firma va uning marketing bo’yicha xodimlari tomonidan boshqariladiganlari kiradi: o’zaro bog’langan asosiy qarorlar, qoidaga ko’ra, yuqori rahbarlik xizmati rahbariyati tomonidan aniqliklar kiritiladi.
Marketing tizimidagi asos tushunchalar talab, tovar va almashuvdir.

XX-asrning 50-yillarida boshqarish kontseptsiyasining ilk asosini sotish hajmi, ishlab chiqarish va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqa ko’rsatkichlarni uzoq muddatli o’zgarishlarini aniqlash tahlil qilindi. Shunga ko’ra bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish ko’zda tutilgan.


O’tgan asrning 60-yillarga kelib bozordagi o’zgarishlarga qarab strategik rejalashtirishni amalga oshirish masalasi ilgari surildi va hal qilindi.
XX-asrning 70-yillarga kelib, marketingning shunday kontseptsiyasi ishlab chiqildiki, u iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar hayotiga mustaqil kirib bordi.
Marketing- xaridorlar, bozorning aniq guruhlari talablarini tahlil qilish va hisobga olish, aniqlangan talablarga muvofiq yangi tovarni ishlab chiqish, rag’batlantirish va reklama bo’yicha tadbirlar bilan birga uni sotishni tashkil qilish; tovarlar harakati yo’llarini aniqlashning ishlab chiqilgan kontseptsiyasidir.6
Marketingfaoliyatibozorningharqandayto’yinganlikdarajasidahamiqtisodiy sub’ektlar, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning xulqlariga, ularning o’zaro foydalari yo’lida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega.
Bozor munosabatlari jarayonida vujudga keladigan ziddiyatlarni marketing

4 Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi.// Xalq so’zi, 2011- yil 22- yanvar.
5 Kotler F. Osnovi marketinga. Kratkiy kurs: Per. s angl. – M.: Izdatelskiy dom «Vilyams», 2010. – 656 s.: il. 6 Pankruxin.A.P. Marketing: uchebnik dlya stud. - M.: Omega-L, 2009 - 656s.

12
bozor to’yinganligi darajasi, raqobat, baho siyosatini hisobga olishga imkon beruvchi marketing elementlari va uslublari yordamida echib o’tishni tavsiya qiladi. O’zbekistonda marketingning o’ziga xosligi: birinchidan, ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) o’rtasidagi raqobatning hali ancha kuchsizligi, ikkinchidan, ba’zi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining eskidan yoki yangidan vujudga kelgan etishmovchiligi, uchinchidan, taqsimlovchi va qayta taqsimlangan vositachi
tuzilmalarning an’anaviy kuchli ta’siri bilan asoslanadi.

Bozorda xaridorlarning ma’lum bir tovarga bo’lgan talablari xilma-xildir, har birxaridorning o’ziningdidibor. Xaridorningtalabi, xohishi, ehtiyoji, turmush tarzi, tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagima’lumotlar samarali marketing tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Ya’ni bozorga xaridorlarning talabiga muvofiq tovarni taklif etilishini va tovarga talabni qat’iyligini ta’minlaydi.


Marketing tizimi faol marketingdan foydalanishning, xususan korxonalar faol marketingdan foydalanishda ham muhimrol o’ynaydi. Ta’bir joiz bo’lsa, ular o’zaro bir-birlarini to’ldirib, rivojlantirib boradilar, ya’ni faol marketingdan foydalanishning yaxshi rivojlanishi tovar ijtimoiy-zaruriy bahosining yuzaga chiqishiga, tovarlarnipirovard iste’molchilarga yetkazib berishning yaxshilanishiga, tovar harakati bilan bog’liq xarajatlarining qisqarishiga va shu kabi bir qator ijobiy omillarning yuzaga chiqishiga sabab bo’lsa, faol marketingdan foydalanishda marketingning rivojlantirilishi, uni prognozlash, faol marketingdan foydalanishni keng doiralarda targ’ib qilish kabilarning yuzaga chiqishiga sabab bo’ladi.
Avvallari marketingning maqsadi, korxonalarning (birlashma firma va hakazo) ishlab chiqaradigan har qanday mahsulotni sotishni ta’minlash deb hisoblanar edi.7 Xuddi shunday holat O’zbekiston iqtisodiyotida hozirgacha ham amal qilmoqda.
Firma va kompaniyalar faoliyatini tashkil qilishda kutilayotgan kon’yunktura o’zgarishlarini boshqalardan oldin payqashga harakat qilinadi. Lekin strategiyani davriytuzatishlarini, firma (tashkilot)larning ishlab chiqarish va sotish faoliyatini va raqobatchilik shartiga moslashtirish masalalarini hal qilishga yo’l qo’ymaydi. Bunday strategiyada bozordagi vaziyatga faol ta’sir ko’rsata oladigan chora-

7 Maslova T.D., Bojuk S.G., Kovalik L.N. Marketing: Uchebnik. 3-e izd., pererab. i dop. –SPb.: Piter, 2008. -384 s.

13
tadbirlar ko’zda tutilmagan edi.

Bizning mamlakatimizda mahsulot ishlab chiqaruvchilar oddiy faoliyatni mo’ljallaydilar o’zlarining mahsulotlarini qandaydir o’rtacha tashkilot yoki odam hisobidan kelib chiqib ishlab chiqaradilar. Bunday sharoitda o’zining mahsulotini iloji boricha bir muncha tor guruhdagi xaridorlardan (bozor guruhi) tortib, ayrim odamlarning yoki korxonaning bozor guruhidagi talablariga javob beradigan ish qilishi kerak.


Korxonalar va tashkilotlarni bozor munosabatlari rivojlangan sharoitdagi faoliyati yutuqlari, marketing vositalarining hammasini faqat birgalikda foydalanish asosida, ularni o’zaro aloqasi va bog’liqligi orqali ta’minlangan bo’lishi lozim.
Marketing faoliyati jarayonida bozorni, talabni, did va ehtiyojni diqqat bilan har tomonlama o’rganish va ishlab chiqarishning bu talablarni qondirishga qaratish, bundan tashqari ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini kafolatlash lozim, shuningdek bozorga hamda mavjud talabga, ehtiyojga va xaridorlarning qiziqishini shakllanishiga faol ta’sir ko’rsatish ham muhimdir.
Aniq belgilangan tijorat natijalarga intilish korxonalar va tashkilotlar uchun bozorni ma’lum bir hissasiga egalik qilishdan iborat. Bundan tashqari har qanday ishning muddatlari, resurslar va javobgarligini ko’zda tutish lozim.
Tanlab olingan bozor sharoiti va talablariga imkon boricha moslashish uzoq muddatga mo’ljallangan o’z faoliyatini amalga oshirishda, oldindan aytib berish, tadqiqotlarni o’tkazish yo’li bilan yuqori foydali rivojlanishni ta’minlovchi mahsulotlarni yaratish.
Yuqoridagi hamma tamoyillar bir qator marketing harakati yordamida amalga oshiriladi: tahlil, rejalashtirish, o’z faoliyatini, marketingni boshqarishni va natijalarni nazorat qilish. Marketing faoliyatining asosiy ob’ekti iste’molchilar talabidir. Ulardan har birining o’z o’rni bor.
Har bir tashkilotda (firmada) marketing majmuini ishlab chiqish, bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida o’z maqsadlariga erishishda ishlatiladigan me’yorlarni aniqlash bilan bog’liq. Bu bozorni javob ta’sirini olishdek va unda ma’lumot bir o’rinni egallashdek bo’ladi.
Bozor mavjud va potentsial tovar xaridorlarini yig’indisi sifatida ta’riflanadi.

14
Keyingi yillarda iqtisodiy adabiyotlarda bozor holatiga qarab, talab bilan taklifni nisbatlariga qarab, «sotuvchi bozori» (bunda sotuvchi tovarlar etishmasligi sababli hukmronlikka ega bo’ladi va xaridorlarga nisbatan faollik ko’rsatadi) va «xaridor bozori»ga ajratiladi. Mamlakatda bozorni tartibga solishning vazifasi «xaridor bozori»ni vujudga keltirishdan iborat bo’ladi.
Bozorning holati talab, taklif va baholarning aniq miqdoriy nisbatlariga qarab belgilanadi.
Xaridorlar ehtiyojlarini bozorda o’zining qiziqishlarini ko’zlovchi, didlarni, yoqtirishlarni va talablarni qo’yadi. Shu o’rinda ular eng kam xarajat bilan berilgan ehtiyojni to’laroq qondirish uchun taklif qilinayotgan tovarlar va xizmatlar ko’rsatishni kerakligini va ma’lum miqdorda tanlab olishga harakat qiladilar. Shunday qilib, korxonalar marketing faoliyatini amalga oshira borib, talabga ta’sir ko’rsatadi- uni ma’lum bir darajada ushlab turadilar, uning ko’payishi yoki kamayishiga ta’sir qiladilar. Marketingning bunday aniq maqsadlarini, bozordagi vaziyatni, xaridorlar niyatlarini baholash va shu bozorga chiquvchi o’z tashkilotlarini vazifalarini hisobga olgan holda aniqlash kerak bo’ladi.
Bizning iqtisodiy sharoitimiz ko’plab tashqi va ichki omillarga e’tibor berishni talab qiladi. Vujudga kelgan ahvoldan chiqish uchun baholarni erkinlashtirish va bir paytda iqtisodiyotning hamma tarmoqlarini davlat tasarrufidan chiqarish va yakkahokimlik ishlarini tugatish hamda xususiylashtirishni chuqurlashtirish kerak bo’ladi. Faqat shunday o’zgarishdagina vaziyatni aniq yaxshilanayotganligini, iste’mol bozorini me’yorlashtirish jarayoni borayotgani haqida gapirish mumkin.
Bugungikundanoq ishlab chiqarishvasotish chora-tadbirlariningtahlili, o’rash sifatini aniqlaydigan, tovar markasini tanlaydigan, bahoni qayd etadigan, sotish va reklamani rivojlantiradigan va tashkil qiladigan marketing imkoniyatlari8dan to’laroq foydalanish kerak. Sanoat korxonalari marketingni boshqarishga alohida e’tibor berishi lozim, u korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlarigagina asoslanmasdan, balki xaridorlarning talab va ehtiyojlariga ham asoslangan holda tuzilgan bo’lishi kerak.

8 Belyaev V.I. Marketing: osnovi teorii i praktiki: uchebnik / V.I. Belyaev. – 4-e izd., pererab. i dop. – M.: KNORUS, 2010. – 680 s.

15
Tovar va bozor deganda tovarni sotish sababi bo’yicha almashuv jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar majmui tushuniladi.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə