Termiz davlat universiteti



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə4/25
tarix22.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#112023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
ozbekiston oziq ovqat sanoati geogrfiyasi RRFGVS

1.2. Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda faol marketingdan

foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslari.

Boshqarish tizimida marketingdan foydalanish maqsadlari, xususiyatlari, miqyosiga qarab, undagi tashkiliy qismlarning ahamiyati va boshqaruv tizimidagi ahamiyati o’zgarib boradi. Bundan tashqari, mutaxassislar marketingni biznes xizmati va falsafasi tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab chiqarish, savdo, reklama, texnika xizmati ko’rsatish va boshqa sohadagi tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing, bu jamiyat ishlab chiqarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy kontseptsiyadir.
«Marketing» tushunchasining murakkabligi uni falsafiy, iqtisodiy, boshqaruv va yuridik jihatlarini ko’rish zarurligiga olib keldi. Marketing falsafiy ma’noda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi.
Korxonada marketingning asosiy maqsadi berilgan vaqt chegarasida faoliyatni mablag’lar bilan ta’minlanishi doirasida rentabellikni ta’minlash va belgilangan foydani olishdan iborat.
Qo’yilgan maqsadlarga muvofiq marketingning bozor vaziyatlarini ko’proq ilmiy-texnik taraqqiyot tomonidan aniqlanadigan talabning to’lov qobiliyati va tovarning o’z tarkibidagi an’analarini bashorat qilishga mo’ljallanganligini qo’llab-quvvatlash darkor.
Korxonalarda faol marketingdan foydalanishning vatanimizdagi tajribasi shuni ko’rsatadiki, marketingi tashkil qilish bu maxsus ajratilgan bo’lim bo’lmay, unga topshirilgan, belgilangan vazifalarni, odatda korxonada hozirgi vaqtgacha bajarmaganlar yoki qisqa holda bajarganlar.
Avvalo korxona faoliyatini bozorga qaytadan moslashtirish. Bu albatta, muqobil tushuncha emas. Ular o’zaro yaqin bog’langan, u ilg’or texnologiyada qolgan holda, uning talablariga qo’shilmay uning yakuniy maqsadi bozor talabiga kirganida bozorga moslashtirish korxona faoliyatidagi eng yuqori pog’ona hisoblanadi.

16
Mamlakatimiz tajribasi ko’rsatishicha marketing faoliyatini qurish turli xil tartibda amalga oshirilishi mumkin. Ammo ta’kidlash kerakki, bunday xizmat, qoidaga ko’ra, bosqichma bosqich korxonaning turli xil bo’linmalariga tarqatib yuborilgan marketingning barcha asosiy vazifalari birlashtirib shakllantiriladi. Shuning bilan bir vaqtda korxona marketing xizmati birga emas, balki bir necha bo’linmalar bilan ko’rsatilishi mumkin.
Bunday holat barcha marketing vazifalarini aniq muvofiqlashtirishi kerak. Marketingning hozirgi zamon kontseptsiyasi quyidagicha:
bozorni kompleks o’rganish; tovar navlarini rejalashtirish;
talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish;

savdo-sotiq faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish.



Bir tomondan mahsulotlar ko’pgina turlarining keskin etishmasligi, boshqa tomondan ishlab chiqarishda sotuvda bo’lmagan tovarlar mavjud bo’lgan vaziyatda iste’molchilartalablari vaishlabchiqarishdasturlario’rtasida epchilroqvatezkorroq o’zaro aloqalarni ta’minlash uchun marketingdan foydalanish muhimvazifa bo’ladi. Axborotni to’plash uslublari- bozorda vujudga kelayotgan o’zgarishlarni o’z vaqtida seza bilish, muayyan davr mobaynida xaridorlarni, mijozlar hatti-harakatini, raqobatchilar taktikasini o’rganish kompaniyalarning marketing faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda axborotni to’liq olish, qayta ishlash va undan qaror qabul qilish bosqichida unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan bo’ladi. Chunki, bozorda ro’y berayotgan o’zgarishlarning
jadalligi, o’zaro bog’liqligi va ta’sirchanligi yuqoridir.

Shu sababdan, o’rganilayotgan jarayon yoki ob’ekt xususida axborot olish, uning imkoni boricha to’laligini, ishonchliligini ta’minlash talab etadi, bunday tarzda axborot olish uslubi bo’libkuzatish uslubi hisoblanadi.


Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga o’rin bo’shatib bermoqda. Bu davrda AQSh, Yaponiya, Germaniya va boshqa Evropa mamlakatlariga etib keldi. Singapur, Tayvan, Janubiy Korea unga juda yaqin. Tez o’zgaruvchan bozor sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining rivojlanishi, ishlab chiqarish yuksak darajada chaqqon moslashuvchan, yakka iste’molchiga

17
mo’ljallangan, hajmi kichik bozor sohalari, bozor segmentlari va ayrim «so’qmoq»larning ko’pligi unga xos xuxusiyatlardir. Ayni paytda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga etdiki, bir bozorning oraliq segmentlarida bo’sh makon juda kam qoladi. Natijada bozor raqobati yanada shiddatli tus oladi. Ammo bu jarayon narx omili negizida emas, balki raqobatning yanada takomillashgan usul va shakllari paydo bo’lishi natijasida yuz beradi.
Tovarning «hayotiy tsikli» misli ko’rilmagan darajada qisqaradi. Hozirgi davrda etakchi yapon elektron firmalari bozorga o’rtacha har uch oyda bir marta mikrosxemalarning yangi turini chiqaradi. Mahsulotlar assortimentning xilma-xilligi ortdi, bir xil buyumlarni ko’plab ishlab chiqarish kamaydi, ya’ni to’p-to’p qilib uyub tashlash tajribasidan voz kechilmoqda. Tovar sifatiga bo’lgan talablar mazmuni o’zgardi. Endi yaxshi mahsulot chiqarish bilangina ish bitmaydi, raqobatga dosh berish uchun sotuvdan keyingi darajasini, firma ko’rsatadigan qo’shimcha xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash zarur.
Korxonalar xarajatlarini oddiy kamaytirish yo’llarini o’ylabgina qolmay, ayni paytda tovarlarni sotish va o’tkazish, daromadlarni muttasil ko’paytirish sohalariga ko’proq e’tibor berishga majbur. Mahsulot sotishga yangi bozorlar, muayyan afzalligi tufayli mahsulot o’ziga jalb etadigan yangi xaridorlarni qondirish lozim. Bu ishlarni hozirgi zamon marketingiga tayanibgina amalga oshirish mumkin. Korxonaning omon qolishi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, kon’yunktura-tijorat, ijtimoiy va boshqa axborotlarni o’z vaqtida olishi kabi omillardan ustalik bilan foydalanish natijasida ta’minlanadi.
Sotishni rag’batlantirish– bu ma’lum bir muddatda sotish hajmini oshirish maqsadida turli rag’batlantirish vositalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu rag’batlantirishvositalariga: mukofotlar, chegirmalar, ketma-ket tovarnisotibolgani uchun sovg’alar, lotereya va uyinlar o’tkazish, tovar bilan qo’shimcha narsalar qo’shib berish, bepul yetkazib berish va o’rnatish, ma’lum muddatda sotilgan tovarga bepul xizmat ko’rsatish va boshqalar kiradi.
Sotishni rag’batlantirishda tovar to’g’risida ma’lum darajada axborotga ega bo’lmagan iste’molchilarga murojat qilinadi. Shuning uchun rag’batlantirish siyosatining vazifasi - ularda firma tovarlarini keyingi vaqtda sotib olishga ishtiyoq

18
tug’dirish hamda doimo aloqada bo’lishga chiqarishdan iborat. Odatda talabni shakllantirish tadbirlari iste’molchilarga va sotuvchilarga qaratilgan bo’ladi. Iste’molchilarni rag’batlantirish ularga sezilarli tijorat imtiyozlari berishni ko’zda to’tadi:
tovarni sotib olish hajmiga va doimiy aloqada bo’lib turishga beriladigan imtiyoz;
har xil shakldagi qarzlarga tovar sotish;

tovarning ko’p hajmda xarid qilinishini ko’zlab namunalarni bepul tarqatish; tovarlarni vaqtincha ishlatish uchun bepul berish;


ishlatilgan tovarni ma’lum shartlar bilan qabul qilish; yangi tovarlarni bo’lajak xaridorlarga ko’rsatish;
tovar ishlab chiqaruvchi korxonalarga sayohat uyushtirish;

yangi tovarlarning bozorga kiritilishiga bag’ishlangan matbuot konferentsiyalari o’tkazish;


tovar narxini keskin tushirish to’g’risidagi radio, televidenie va matbuot orqali e’lonlar.
Tovarlarga bag’ishlangan rag’batlantirish siyosati ularning sotib oluvchi xaridorlari turiga bog’liq. Vositachilarni rag’batlantirish, ularning faolligini va tashabbuskorligini oshirishga hamda iste’molchilar doirasini kengaytirishga mo’ljallanadi. Talabning shakllanishi va sotishni rag’batlantirish siyosati tovarning bozordagi hayotiy bosqichlariga muvofiq kelishi bilan har biriga mos mazmun bag’ishlashi shart.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə