Termiz davlat universiteti


VII. Kreditlarni olish uchun talablar



Yüklə 57,89 Kb.
səhifə9/10
tarix21.06.2022
ölçüsü57,89 Kb.
#89846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ro‘yxatga olindi ¹

VII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha test topshirish.
VIII.Talabalar bilimini baholash mezonlari
Talabaning amaliy, seminar, labarotoriya mashg‘ulotlaridagi, mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi hamda faolligi “5” baholik tizimda baholanib boriladi va nazorat turlarida inobatga olinadi.
Nazorat turi yozma(og`zaki) shaklda o`tkazilganda:
- talaba fan (mavzu) bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilsa, ijodiy fikrlasa, bilimini amalda qo‘llay olsa va savol mohiyatini bilib, xulosa chiqarganligi uchun “5” (a’lo) baho;
- talaba fan (mavzu) bo‘yicha qisman mustaqil qaror qabul qilsa va ijodiy fikrlasa hamda bilimini amalda qo‘llay olsa, berilgan savolning mohiyati haqida tushunchaga ega bo‘lsa “4” (yaxshi) baho;
- talaba fan (mavzu) bo‘yicha bilimini amalda qisman qo‘llay olsa, savol mohiyatini tasavvur qilsa “3” (qoniqarli) baho;
- talaba fan dasturi talablarini o‘zlashtirmagan bo‘lsa va fan hamda savollar mohiyati haqida tasavvurga ega emas deb topilganda “2” (qoniqarsiz) baholar bilan baholanadilar.
Yakuniy nazorat turi fakultet dekani, o‘quv-uslubiy boshqarma bilan kelishgan holda va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangandan grafik asosida tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotini olib borgan o‘qituvchi ishtirokisiz o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat shakli fan xususiyati va o‘quv auditoriya soatidan kelib chiqib, kafedra tomonidan belgilanadi.


Oraliq nazorat
Yozma” shaklda o‘tkaziladi savollar tarkibi 3 tadan iborat bo‘ladi va har bir savol “5” baholi tizimda baholanib o‘rta baho hisobga olinadi.
Yakuniy nazorat
Test” shaklida o‘tkaziladi variant 30 ta savoldan iborat bo‘lib quyidagicha baholanadi:
26-30 “5” (a’lo)
21-25 “4” (yaxshi)
17-20 “3” (qoniqarli)
16 va undan kam bo‘lsa “2” (qoniqarsiz)

Yüklə 57,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə