Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar



Yüklə 82,59 Kb.
səhifə1/17
tarix19.05.2023
ölçüsü82,59 Kb.
#111273
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Ишчи дастур 22 23 ТПИ 5 курс лотинча


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
FARGʻONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI
EPIDEMIOLOGIYA VA YUQUMLI KASALLIKLAR
KAFEDRASI






«TASDIQLAYMAN»
TP va JS fakultet dekani, PhD U.Boltaboev ___________________ «______» _______2022 yil



EPIDEMIOLOGIYA
FANINING
ISHCHI O‘QUV DASTURI


Bilim soxasi: 100000 – Gumanitar soxa
500000 – Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
Ta’lim soxasi: 110000 – Pedagogika
510000 – Sog‘liqni saqlash
Ta’lim yo‘nalishi: 5510300 – Tibbiy profilaktika ishi








5 kurs
9- semestr

5 kurs
10- semestr

1

Ma’ruza

18

16

2

Amaliy mashg‘ulot

122

84

3

Mustaqil ta’lim

97

77




Jami soat

237

177



Farg‘ona – 2022 y
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil “25” 04 dagi “107”-sonli buyrug‘ining 1 ilovasiga bilan dastur ro‘yxati tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus kasb ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2019 yil “15” 04 dagi “1”-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan “Epidemiologiya” fan dasturi asosida ishlab chiqildi.


Tuzuvchilar:
Mamatqulova M.T. kafedra katta o‘qituvchisi.
Ro‘zibayeva Yo. R. kafedra assistenti.


Taqrizchilar:
Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya
kafedrasi mudiri t.f.n.dosent: F.X.Rasulov
Oliy toifali shifokor Farg‘ona shaxar
SEO va JSX epidemiologiya bo‘limi mudiri: U.T Sulaymonov

Fanning ishchi o’quv dasturi kafedraning 2022 yil “26” avgustdagi №1-sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va institutning MUHda ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.


Institutning 2022 yil “27” avgustdagi №1-sonli MUHda muhokama etilgan va Ilmiy kengashda tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.
Fanning ishchi o’quv dasturi institutning 2022 yil “30” avgustdagi №1-sonli ilmiy kengashida tasdiqlandi va foydalanish uchun tavsiya etildi.
O‘quv bo‘lim boshlig‘i: Mamatxanova G
Kafedra mudiri Ph.D. Boltaboyev U


KIRISH
Ushbu dastur respublikamiz hududida uchraydigan yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi va profilaktikasi, shuningdek, nihoyatda muhim yuqumli va parazitar kasalliklarning epidemiologiyasi va profilaktikasi, aholini epidemiyalardan muhofaza qilish tizimida epidemiologning boshqaruvchanlik roli kabi masalalarni qamraydi hamda bakalavr vrachlarning
egallashi lozim bo‘lgan nazariy va amaliy ko‘nikmalar hajmini belgilaydi, epidemiyaga qarshi kurashish va kasalliklarning oldini olish kabi ishlarda ularga zamin yaratib beradi.

Fanning maqsad va vazifalari


Fanni o‘qitishdan maqsad – epidemiologiyaning ta’rifi, mohiyati, tarixi, asosiy bo‘limlari, predmeti va o‘rganadigan ob’yekti bilan tanishtirish, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkillashtirish xamda o‘tkazish kabi ko‘nikmalarni egallashdan iborat.


Fanning vazifalari-epidemiologiya bo‘yicha nazariy bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish. Aholi orasida yuqumli va parazitar kasalliklarning paydo bo‘lish sabablarini va ularning tarqalish sharoitlarini aniqlashni o‘rgatish, yuqumli va parazitar kasalliklarning epidemiologik nazoratini tashkillashtirish uchun amaliy ko‘nikmalarni egallash. Yuqumli va parazitar kasalliklarga qarshi o‘tkaziladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘tkazish uchun epidemiolog vrach faoliyatida qo‘llanadigan amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish;
epidemik jarayonning kelajakda rivojlnish darajasini prognoz qilish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarining muammoli-mavzuiy rejalarini tuzishni o‘rgatish.



Yüklə 82,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə