Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar


Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 82,59 Kb.
səhifə2/17
tarix19.05.2023
ölçüsü82,59 Kb.
#111273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Ишчи дастур 22 23 ТПИ 5 курс лотинча

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar

“Epidemiologiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:



  • insonlar orasida kasallanish holatlarini belgilovchi fenotipik, ijtimoiy va tabiiy “xavfli omillar” ning ta’siri va o‘zaro nisbatini;

  • aholi orasida yuqumli (parazitar) kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishining umumiy qoidalari, yuqumli (parazitar) kasalliklarning alohida nozologik shakllarida epidemik jarayonning kelib chiqish sabablari va sharoitlari, uning rivojlanish mexanizmi va namoyon bo‘lishini;

  • tibbiyotda epidemiologik tashxisot tizimida qullaniladigan epidemiologik tekshiruv usullarini;

  • profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar tizimi va ularning mazmuni, yuqumli (parazitar) kasalliklar profilaktikasi uchun ishlatiladigan preparatlar, texnik vositalar va ularni qo‘llash usullari, shuningdek profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning sifati va samadorligini baholashning uslubiy asoslarini;

  • epidemiyaga qarshi tizimning tashkiliy tuzilishi, mansabdor shaxslar faoliyatining hizmat yo‘nalishlari, epidemiyaga qarshi tizimda axborot ta’minoti va boshqaruvchilik, epidemiyaga qarshi ishlarni rejalashtirish va tashkillashtirish, shuningdek epidemiyaga qarshi ishlarning sifat va samadorligini baholashning uslubiy asoslarini;

  • yuqumli (parazitar) kasalliklar nozologik shakllari va alohida guruh infeksiyalari (kasalliklari) ustidan epidemiologik nazorat o‘rnatishning uslubiy va tashkiliy asoslarini;

  • yuqumli va parazitar kasalliklarda epidemiologik nazoratning uslubiy va tashkiliy asoslarini;

  • profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning sifat va samaradorligini baholashning uslubiy asoslari;

  • asosiy epidemiologik tushunchalarni;

  • infeksion nazorat asoslarini;

  • klinik epidemiologiya asoslarini;

  • Davlat sanitariya epidemiologik nazorat tizimini axborot bilan ta’minlanish va boshqarish asoslarini;

  • yuqumli kasalliklarning sporadik va epidemik avj olish sabablarini aniqlashni;

  • ich terlama, dizenteriya, salmonellyoz, virusli gepatitlar, brusellyoz, sil, OIV- infeksiyasi, bezgak, vabo va boshqa kasalliklar bilan og‘rib o‘tganlar ustidan dispanser nazoratini o‘rnatish qoidalari bilishi kerak.

  • nazorat ob’yektlari (o‘choqlarini) epidemiologik tekshirish uslubi va kerakli ish yuritish hujjatlarini to‘ldirish;

  • yuqumli va parazitar kasalliklarda epidemiologik nazoratning nazariy, uslubiy va tashkiliy asoslari, qonuniy-me’yoriy hujjatlari taxlili qilishni;

  • xizmat ko‘rsatish hududida aholi kasallanishini retrospektiv va operativ epidemiologik tahlil o‘tkazishni hamda yuqumli (parazitar) kasalliklar o‘chog‘ini epidemiologik tekshirishni;

  • yuqumli va parazitar kasalliklarda epidemiologik nazoratni o‘tkazishda qonuniy va me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlatishni;

  • epidemiyaga qarshi zarur chora-tadbirlarni tanlab olishni;

  • epidemiyaga qarshi alohida chora-tadbirlarni va ular majmuasini potensial va aniq samaradorligini, shuningdek, epidemiyaga qarshi ishlarni sifat va samaradorligini baholashni;

  • xokimiyat va FEKKda muhokama qilish uchun materiallarni tayyorlashni;

  • MBM, maktablar, DPM, yotoqxonalarni rejali tekshirish va tekshirish dalolatnomalarini tuzishni;

  • yuqumli va parazitar kasalliklarda alohidalash-cheklash chora-tadbirlarini asoslash va o‘tkazishni;

  • zoonoz kasalliklar bo‘yicha nosog‘lom chorvachilik xo‘jaliklarini tekshirish va dalolatnomalarni tuzishni;

  • epidemik jarayonning rivojlanishida bemorlar va turli toifadagi yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarining rolini baholashni;

  • dezinfeksiya o‘tkazish uchun ishlatuvchi asbob uskunalarni qo‘llash texnikasini bilish;

  • emlash o‘tkazish uchun qo‘llanuvchi preparatlarni ishlatilishini bilish, vaksinalar, zardoblar, immunoglobulinlar, bakteriofaglarning yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlash, yaroqsizlarini yo‘qotish qoidalarini bilish;

  • ichak guruhi infeksiyalari, nafas yo‘llari va boshqa guruh kasalliklari o‘choqlarida epidemik jarayon namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha o‘tkaziladigan chora–tadbirlarni asoslash;

  • karantin kasalliklarida profilaktik va epidemiyaga qarshi chora – tadbirlarni tashkillashtirish va o‘tkazish;

  • vabo kasalligiga shubxa qilinganda, tekshirish uchun material olish va uni laboratoriyaga yuborish tartibini bilish;

  • bezgak va gelmintozlarning laboratoriya tashhisoti usullarini bilishi, bezgak va gelmentozlarga nisbatan namunalar olish va laboratoriyada tekshirish;

  • tibbiy evakuasiya (ko‘chirish jarayonida) bosqichlarida yuqumli kasallik bilan og‘rigan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkillashtirishni bilish;

  • ichak, aerozol, zoonoz, o‘ta xavfli, parazitar kasalliklar o‘choqlarini epidemiologik tekshirish;

  • yuqumli va parazitar kasalliklar bo‘yicha tahlil o‘tkazish;

  • yuqumli va parazitar kasalliklarning profilaktikasi bo‘yicha FEKK muhokama qilish uchun materiallar tayyorlash;

  • kasalxona ichi infeksiyalarida (KII) yuzaga kelish xollarini muxokama kilishda katnashish;

  • dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizasiya usullari va vositalaridan foydalanish;

  • sterilizasiyadan oldingi ishlov tartibi va sterilizasiya
    usullarini kullash;

  • oziq-ovqat orqali zararlanish xollari sababini aniqlash va ularni profilaktikasi va yo‘qotilishi bo‘yicha chora- tadbirlarini o‘tkazish;

  • epidemik o‘choqlarda muloqotda bo‘lgan shaxslar orasida epi­demiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘tkazish samaradorligini baholash;

  • epidemik o‘choqlarda bakteriologik tekshirish uchun turli oziq-ovqat mahsulotlaridan, suv va tuproqdan namunalar olish;

  • Davolash-profilaktika muassasalarida, bakterial preparatlarni caqlash, tashish qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish;

  • DPMda teri –tanosil kasalliklari va OIV-infeksiyasi profilakti­kasini nazorat qilish uchun ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak;

  • Epidemik jarayonni bashorat qilish va epidemik vaziyatni baholash natijasida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar bo‘yicha muammo-mavzuiy, funksional-tarmoq va dasturiy-maqsadli hamda epidemik o‘choqlarni yo‘qotish rejalarini tuzishni;

  • epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni sifat va samaradorligini baholash;

  • DSENM epidemiologiya bo‘limining yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha ishchi va kompleks rejalarni tuzishni;

  • infeksiya manbalarini aniqlash va ularni zararsizlantirish yuzasidan epidemiyaga qarshi chora tadbirlar rejasini tuzish.

  • emlash xonasi kartotekasi bilan ishlash, immunizasiya pasporti f-063/u bo‘yicha vaksinasiya va revaksinasiya ishlarini to‘g‘ri o‘tkazilganligini tahlil qilish va f-5, f-6 hisobot shakllarini tuzish;

  • Himoya kiyim bosh (o‘latga qarshi kiyim) yig‘malarini (to‘plamlarini) kiyish va yechish tartib qoidalarini bilish;

  • yuqumli va parazitar kasalliklar o‘choqlari, epidemiologik nazorat ob’yektlarini tekshirish va kerakli hujjatlarni to‘ldirish, nazorat ob’yektlarining epidemiologik holati buyicha rejasiga takliflar ishlab chiqish;

  • FEKKda muhokama qilish uchun yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha material tayyorlash;

  • virusli gepatitlar bilan kasallanish bo‘yicha retrospektiv va operativ tahlil o‘tkazish va uning sabablarini aniqlash;

  • yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha DSENM epidemiologiya bo‘limining kompleks rejasini tuzish;

  • yuqumli va parazitar kasalliklar bo‘yicha oylik va yillik hisobotni tuzish;

  • MBM, maktablar, somatik stasionarlarda, YUKSH larida epidemiyaga qarshi tartibni bajarish bo‘yicha rejali tekshirishlarni o‘tkazish;

  • yuqumli kasalliklar kabineti vrachining epidemiyaga qarshi ishini tekshirish;

  • uchastka yexanizm iva shifokor-pediatrning epidemiyaga qarshi ishini tekshirish;

  • markaziy sterilizasiya bo‘limlarida tibbiy anjomlarni sterilizasiya qilish sifatini tekshirish

  • epidemiologik vaziyatni baholash uchun kerakli axborotlarni yig‘ish va ularni tahlil qilish;

  • somatik va yuqumli kasalliklar shifoxonalarida o‘tkazilgan joriy dezinfeksiya sifatini tekshirish;

  • aholi turar-joy punktlarini tozalash bo‘yicha o‘tkazilgan chora-tadbirlarni tashkil qilish va natijalari yuzasidan hokimiyatga axborot berish;

  • DPM vrachlariga yuqumli va parazitar kasalliklar bo‘yicha seminar instruktajni tashkil qilish va o‘tkazish;

  • zoonoz kasalliklari bo‘yicha nosog‘lom chorvachilik ho‘jaliklarini tekshirish va tekshirish dalolatnomalarini tuzish bo‘yicha malakalariga ega bo‘lishi kerak.




Yüklə 82,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə