Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi



Yüklə 82,59 Kb.
səhifə3/17
tarix19.05.2023
ölçüsü82,59 Kb.
#111273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Ишчи дастур 22 23 ТПИ 5 курс лотинча

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
va uslubiy jihatdan uzviyligi

Epidemiologiya fani tibbiy-biologik fan hisoblanib, 7,8,9,10,11,12 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy-ilmiy (tibbiy biologiya va genetika, odam anatomiyasi, normal fiziologiya, bioorganik, bioanorganik va biologik kimyo, mikrobiologiya, umumiy gigiyena va yuqumli kasalliklar) fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.




Fanning ilm-fan, ishlab chiqish va sog‘liqni saqlashdagi o‘rni

Epidemiologiya fani tibbiyot tizimidagi asosiy fanlardan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududlarida uchraydigan yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi va profilaktikasi, shuningdek, nihoyatda muhim yuqumli va parazitar kasalliklarning epidemiologiyasi va profilaktikasi, aholini epidemiyalardan muhofaza qilish tizimida epidemiologning boshqaruvchanlik va kasbiy faoliyatini zamonaviy tarzda olib borishga qaratilgan. O‘qitishdan maqsad mikrobiologiya, biologiya, yuqumli kasalliklar, bolalar kasalliklari, ijtimoiy gigiyena va sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish, boshqa gigiyenik fanlar, hamda umum gumanitar, umum professional va klinik kafedralarda olingan bilimlar hisobga olinib, epidemiologiyaning turli bo‘limlari bilan talabalarni tanishtirishdir.




Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning Epidemiologiya fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informasion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim axamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, kompyuter dasturlari, elektron materiallar hamda zamonaviy laboratoriya asboblaridan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy darslarda mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi.




Ma’ruza mashg‘ulotlari

Yüklə 82,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə