Texnika falsafasi


Texnikada oqilona umumlashtirishning shakllanishi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə17/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Texnikada oqilona umumlashtirishning shakllanishi. Hunarmandchilik texnikasining alohida sohalarida oqilona umum-lashtirishning birinchi bosqichi hunarmandchilik texnologiyasining har bir alohida turi doirasida o‘qitib-o‘rgatish zaruriyati bilan bog‘liq bo‘lgan. Bunday dasturilamal va o‘quv qo‘llanmalari uzil-kesil ilmiy bo‘lmasa-da, dunyoning mifologik manzarasi doirasidan chiqqan edi. Jamiyatda kasb-hunarga doimiy ravishda o‘qitib-o‘rgatish tizimini yaratish zarurligi tan olinar edi. Masalan, nemis olimi va muhandisi Georgiy Agrikolaning “Tog‘-kon ishi va metallurgiyaga doir o‘n ikki kitob” (1556 yil) nomli asari mohiyat-e’tibori bilan birinchi ishlab chiqarish-texnik qomusi bo‘lib, hunarmandlar va ser-qirra muhandislik faoliyatidan olingan amaliy ma’lumot hamda tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Undan keyingi davrdagi texnik adabiyot-lar qatoriga “mashina teatrlari” va “tegirmon teatrlari” (masalan, Yakob Leopoldning to‘qqiz jildli “Mashinalar umumiy teatri”)ni kiritish mumkin. Bunday nashrlar birinchi darsliklar vazifasini bajargan.
Texnik faoliyatni oqilonalashtirish endi faqat ilmiy umum-lashtirish yo‘lidangina rivojlanishi mumkin edi. Muhandislar dunyoning ilmiy manzarasiga asoslansalar-da, texnik amaliyotda “taxminiylik” olami hukm surar edi. Olimlar inson tafakkurining qudratini namoyish etib, asbob-uskunalarning mukammal namuna-larini ishlab chiqdilar. Ular ishlab chiqarish amaliyotiga ancha keyin tatbiq qilinar edi. Fan va texnikaning o‘zaro munosabatlari bu davrda ko‘p jihatdan tasodifiy omillar, masalan, olimlar va amaliyotchilarning shaxsiy aloqalari bilan belgilanar edi. XIX asrga qadar fan va texnika ikki alohida yo‘nalishda, mohiyat-e’tibori bilan alohida ijtimoiy organizmlar sifatida, har biri o‘zining qadriyatlar tizimi bilan rivojlanib keldi.
Muhandislar tayyorlovchi o‘quv yurtlaridan biri – Tog‘-kon bilim yurti 1773 yili Peterburgda ochildi. Uning dasturlarida bo‘l-g‘usi muhandislarning ilmiy tayyorgarligiga alohida urg‘u beriladi. Shunga qaramay, bunday texnik bilim yurtlarida asosiy e’tibor amaliy tayyorgarlikka qaratilgan bo‘lib, ulardagi texnik tayyorgar-lik saviyasi ilm-fan taraqqiyoti darajasidan ancha orqada edi. O‘sha davrdagi muhandislik o‘quv yurtlarida ta’lim berish metodikasi ko‘proq shogirdlik xususiyatiga ega bo‘lib, amaliyotchi-muhandislar alohida talabalar yoki ularning kichik guruhlariga qurilma yoki mashinalarning turini qanday qurish hamda yasash kerakligini tushuntirar edi. Yangi nazariy ma’lumotlar faqat shunday tushunti-rishlar orasida aytib o‘tilar edi. XVIII asrda chiqqan muhandislik ishiga doir eng yaxshi darsliklar ham asosan tavsifiy xususiyatga ega bo‘lib, matematik hisob-kitoblar ularda juda kam uchraydi. Vaziyat asta-sekin o‘zgarib boradi, chunki muhandislarni ilmiy jihatdan muntazam tayyorlash zarurati texnikani ilmiy tavsiflash va to‘plan-gan ilmiy-texnik bilimlarni tartibga solishni talab qiladi. Shu tufayli oliy texnika maktablari uchun darsliklar dastlabki ilmiy-texnik adabiyotlarga aylanadi. Amaliy matematika darsliklari ilmiy-texnik adabiyotlarni yaratish borasidagi dastlabki urinish-lardan biri hisoblanadi. Biroq, Gaspar Monj Parij politexnika maktabida muhandislarni o‘qitish dasturiga kiritgan mavjud mashi-nalarning chizma geometriya nuqtai nazaridan yarim nazariy tavsifi mexanizm va mashinalarning chinakam nazariyasiga aylangunicha qariyb bir asr kerak bo‘ldi.
Texnikani oqilona umumlashtirishning ikkinchi bosqichi hunarmandchilik texnikasining mavjud sohalarini umumlashtirish-dan iborat bo‘ldi. Bu Iogann Bekmann va uning maktabi yaratgan “Umumiy texnologiya” (1777 yil)da hamda o‘sha davrgacha mavjud fan va kasb-hunarlar jamlangan fransuz “Ensiklopediya”sida amalga oshirildi. Iogann Bekmann o‘zining “Texnologiyaga kirish yoki sex-lar, fabrikalar va manufakturalarni bilish haqida” asarida mashi-na va mehnat qurollariga faqat texnik faoliyat mahsuli sifatida tavsif berib qolmay, shu faoliyatning o‘zini, ya’ni o‘sha davrda mavjud texnologiyalar (kasb-hunarlar, ishlab chiqarishlar, zavodlar va ularda ishlatiladigan mashina, asbob-uskuna, materiallar va h.k.)ni ham tavsiflashga urindi. Agar oddiy texnologiyada har bir texnik kasb-hunar alohida ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, I.Bekmann ta’rif-lab bergan umumiy texnologiya texnik kasb-hunarlardagi har xil ishlab chiqarishlarni tartiblashga urindi. Bundan ularni o‘rganishni yengillashtirish maqsadi ko‘zlandi. Bunday sintetik tavsiflashga urinishning klassik ifodasi fransuz “Ensiklopediya”si hisobla-nadi. Uning mualliflari dunyoda mavjud hamma bilimlarni to‘plab, barcha odamlarni ular bilan tanishtirish va kelajak avlodlarga qoldirishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar. Bu qomus, D.Didroning fikricha, kasb-hunar va fanlar o‘rtasidagi to‘siqlarni ag‘darib tashlab, ularga ozodlik berishi lozim edi3.
Ammo sanab o‘tilganlarning barchasi, ilmiylikka har qancha da’vo qilmasin, mohiyat-e’tibori bilan faqat to‘plangan texnik tajribani oqilona umumlashtirishdan iborat edi, xolos.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə