Tir convention Uzbekistan


quyidagilarga nisbatan imtiyozlarni taqdim etadi



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/163
tarix13.06.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#116982
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   163
TIR Convention Uzbekistan

quyidagilarga nisbatan imtiyozlarni taqdim etadi:
a) mazkur Konvensiya 8-moddasining qoidalari tufayli Ahdlashuvchi tomonlarning 
vakolatli organlari tomonidan undiriladigan summalarni to‘lash uchun valyutani 
o‘tkazish va,
b) kafolat birlashmalariga ularning korrespondentlari bo‘lgan xorijiy birlashmalar 
yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan yuboriladigan, XYT kitobchalarining 
blankalari uchun to‘lash kerak bo‘lgan valyutani o‘tkazish.
45-modda
Har bir Ahdlashuvchi tomon XYT operatsiyalari uchun o‘zi oldindan 
belgilaydigan jo‘natish joyi bojxonalari, oraliq bojxonalari va belgilangan joy 
bojxonalarining ro‘yxatini e’lon qiladi. Hududlari tutashuvchi mamlakatlarning 
Ahdlashuvchi tomonlari o‘zaro rozilik asosida tegishli chegara bojxonalarini va 
ularning ishlash soatlarini belgilash uchun maslahatlashadilar. 
45 moddaga tushuntirish xati 
0.45 
Ahdlashuvchi tomonlarga XYT operatsiyalarini amalga oshirish uchun 
imkon qadar ko‘proq - ham ichki, ham chegara bojxonalarini ochish
tavsiya etiladi. 
46-modda
1. Bojxonalar xodimlari tomonidan mazkur Konvensiyada eslatib o‘tilgan 
rasmiyatchiliklarni bajarilishi yig‘imlarni talab qilish huquqini bermaydi, ushbu 
rasmiyatchiliklar odatda ularni amalga oshirish uchun belgilangan kun va 
soatlarda, va joylarda amalga oshirilmaydigan holatlar bundan mustasno. 
2. Tez buziladigan yuklar bilan bog‘liq bojxona operatsiyalarini yengillashtirish 
uchun Ahdlashuvchi tomonlar ularga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni ko‘radi.
46-moddaga sharh
Tashuvchining iltimosiga binoan bojxona tekshiruvini o‘tkazish uchun 
yig‘imlar XYT Konvensiyasining 5-moddasiga bo‘lgan sharhda 
ko‘rsatilganidek, tashuvchining iltimosiga binoan bojxona organlarining 
harakatlari bilan bog‘liq barcha xarajatlar tashuvchining o‘ziga 
yuklatiladi.


(TRANS/WP.30/196, 66 va 67 bandlar va 3 ilova; 
TRANS/WP.30/AC.2/63, 63 band va 3 ilova)

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə