Tir convention Uzbekistan


-modda 1. Mazkur Konvensiyaning qoidalari milliy qoidalardan kelib chiqadigan va



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/163
tarix13.06.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#116982
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163
TIR Convention Uzbekistan

47-modda
1. Mazkur Konvensiyaning qoidalari milliy qoidalardan kelib chiqadigan va 
jamoatchilik axloq-odoblarining mulohazalariga, jamoatchilik xavfsizligiga, 
sog‘liqni saqlash yoki gigiyenaga, yoki veterinar yoki fitopatologik mulohazalarga 
asoslangan cheklovlarni va nazoratni qo‘llashga ham, ushbu qoidalar asosida 
olinadigan yig‘imlarni undirishga ham to‘sqinlik qila olmaydi.
2. Mazkur Konvensiyaning qoidalari tashishlarni reglamentlovchi boshqa milliy 
yoki xalqaro qoidalarni qo‘llashga to‘sqinlik qilmaydi.
47-moddaga sharhlar
Savdo tartiblarini yengillashtirish va bojxona nazorati
XYT Konvensiyasi bojxona tranzit rejimini ta’minlashga qaratilgan 
bojxona konvensiyasi hisoblanadi. 47-moddaning maqsadi bojxona 
qoidalari bo‘lmagan milliy qoidalar asosida qo‘shimcha cheklovlar va 
nazorat qo‘llanilishini nazarda tutishdan iborat. Shuning uchun 
qo‘shimcha bojxona talablarini asoslash uchun undan foydalanmaslik 
lozim.
47-moddaning 1-bandi qo‘llanilganda bunday cheklovlar va nazorat 
odatda transport korxonalari uchun kechikishlarga va xarajatlarni 
oshishiga olib keladi. Shuni hisobga olib, bunday cheklovlar va nazorat 
minimallashtirilishi va ular vaziyatlar va haqiqiy xavflarga asoslangan 
holatlar bilan cheklanishi kerak.
(TRANS/WP.30/204, 58-band; TRANS/WP.30/AC.2/69, 3-ilova)
Kuzatib boruvchi hujjatlar
Tegishli yuklar har doim xalqaro konvensiyalar asosida (yo‘qolib ketish 
xavfi ostida bo‘lgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi 
to‘g‘risidagi 1973 yildagi Konvensiya kabi) talab etiladigan hujjatlar 
bilan kuzatib borilishi kerak. Bunday holatlarda bojxona nazorati XYT 
kitobchasida ushbu hujjatga bo‘lgan havola bilan yengillashtirilishi 
mumkin.
(TRANS/WP.30/216, 72-band va 2-ilova; TRANS/WP.30/AC.2/77, 54-
band va 3-ilova)

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə