Tir convention Uzbekistan


mazkur Konvensiya kuchga kiradi



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/163
tarix13.06.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#116982
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   163
TIR Convention Uzbekistan

mazkur Konvensiya kuchga kiradi.
2. 52-moddaning 1-bandida eslatib o‘tilgan beshta davlatlar uni ratifikatsiya qilish, 
qabul qilish yoki tasdiqlash shartisiz imzolagandan keyin yoki o‘zlarining 
ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki qo‘shish to‘g‘risidagi hujjatlarini 
saqlashga topshirgandan keyin mazkur Konvensiya keyinchalik barcha 
Ahdlashuvchi tomonlar uchun ular o‘zlarining ratifikatsiya qilish, qabul qilish, 
tasdiqlash yoki qo‘shish to‘g‘risidagi hujjatlarini saqlashga topshirgan kundan olti 
oy o‘tib kuchga kiradi. 
3. Mazkur Konvensiyaga bo‘lgan o‘zgartirishlar kuchga kirgandan keyin 
saqlashga topshirilgan ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki qo‘shish 
to‘g‘risidagi har qanday hujjat mazkur Konvensiyaning o‘zgartirilgan matniga 
taalluqli deb hisoblanadi.
4. O‘zgartirishlar qabul qilingandan keyin, lekin ular kuchga kirishidan oldin 
saqlashga topshirilgan har qanday shunday hujjat ushbu tuzatish kuchga kirgan 
kundan boshlab mazkur Konvensiyaning o‘zgartirilgan matniga taalluqli deb 
hisoblanadi.
54-modda
Denonsatsiya
1. 
Ahdlashuvchi tomonlarning har biri Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
Bosh kotibiga yuborilgan notifikatsiya orqali mazkur Konvensiyani denonsatsiya 
qilishi mumkin.
2. Bosh kotib bunday notifikatsiyani olgan kundan o‘n besh oy o‘tgandan keyin 
denonsatsiya kuchga kiradi.
3. Denonsatsiya kuchga kirgan muddatga qadar jo‘natuvchi mamlakatning 
bojxonasi tomonidan rasmiylashtirish uchun qabul qilingan XYT kitobchalarining 
haqiqiyligiga ushbu denonsatsiya ta’sir qilmaydi, va mazkur Konvensiyaning 
shartlariga ko‘ra, kafolat birlashmalarining kafolatlari o‘z kuchini yo‘qotmaydi. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə