Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
2.5. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish.
Ko‗p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish. 
O‗zbekistonda xususiy mulkni o‗rta va kichik firmalar va korxonalar, fermer 
va dehqon xo‗jaliklari, tomorqa xo‗jaligi va individual mehnat faoliyatlaridan tashkil 
topgandir. O‗rta va kichik korxonalar xususiy mulkni tashkil etuvchi poydevor bo‗lib, 
ular yakka holatdagi xususiy tovar ishlab chiqaruvchi subyektlar jumlasidandir. 
Ko‗pchilik iqtisodchilar mayda tovar xo‗jaligi xususiy uklad tarkibida alohida 
maqomga ega, deb ta‘kidlashmoqda. Ular guruhlashtirilib, mayda tovar xo‗jaligi 
tarkibiga kichik korxonalar, dehqon xo‗jaliklari, kichik fermer xo‗jaliklari va yakka 
tartibda ishlovchilar kiritilmoqda.
Albatta, ular birbiridan farqlanadi. Masalan, kichik fermer xo‗jaligida ozchilik 
ishlagani holda, ish bilan band bo‗lganlar oila a‘zolari yoki oilaning yaqin 
qarindoshlari hisoblanadi. Bundan farqli o‗laroq, kichik firmalarda ishlovchilarning 
qonqarindoshlik munosabati kam uchraydi. Mayda tovar xo‗jaligi ilgarilari 


35
iqtisodiyotda alohida uklad deb yuritilgan bo‗lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida u 
xususiy ukladning bir turidir, deb talqin etilmoqda.
O‗zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida xususiy mulk 
yirik fermerlar xo‗jaliklar hisobiga ham o‗sib bormoqda. Mustaqillikka erishilgandan 
so‗ng ijtimoiylashgan bozor iqtisodiyotiga o‗tish jarayonida davlat mulkini xususiy 
mulk va mulkning boshqa shakllariga almashtirish mumkinligini muqarrar qilib 
qo‗ydi.
O‗zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish jarayoni davlat qonunlari asosida bosqichma-bosqich amalga 
oshirila boshlandi. Natijada ko‗p ukladlilikka asoslangan bozor iqtisodiyoti, aralash 
iqtisodiyot yuzaga keldi. Iqtisodiyot nazariyasi fani ukladni ijtimoiy-iqtisodiy 
kategoriya sifatida mezonlar asosida, ya‘ni mulk shakllari, xo‗jalik yuritish uslublari, 
daromad manbalari va uning turlari asosida tatbiq etadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish jarayonida to‗rtta uklad amal qiladi: davlat, xususiy, 
jamoa va aralash ukladlar. Bu ukladlar mazmun jihatdan turlichadir. Ular birbiri bilan 
doimo raqobatda bo‗ladi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi uchun jami ukladlar 
tizimi raqobati asos bo‗ladi va bunga bozor munosabatlari orqali erishiladi.
Ko‗p ukladli iqtisodiyotda mulkiy munosabatlarning rivojlanib borishi 
natijasida mulk shakllari o‗rtasida raqobat kurashi kuchayadi. Ular bir-biridan 
o‗zining iqtisodiy ustunligiga erishishga intilish, yuqori mavqega chiqib olishga 
harakat qilish doimiy tus oladi. Bu raqobat kurashida iqtisodiy jihatdan zaif bo‗lgan 
mulk o‗zini saqlab qola olmaydi, chunki u barham topadi. Mulk shakllarining 
raqobatli kurashi natijasida mamlakatning iqtisodiy o‗sish sur‘atlari ko‗tariladi va 
bozorning taklif darajasi ortadi. Ko‗p ukladli iqtisodiyot aralash iqtisodiyotdir. 
Bunday iqtisodiyot bozor iqtisodiyotining talabi hisoblanadi.


36
O‗zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga 
yondashuvning muhim xususiyati-uni maxsus dasturlar asosida bosqichma-bosqich 
amalga oshirishdan iborat.
10
1992-1993-yillarda xususiylashtirishning 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə