Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Mulkchilik munosabatlarini takomillashtirishda davlatning o‗rni. Davlat



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

2.8. Mulkchilik munosabatlarini takomillashtirishda davlatning o‗rni. Davlat 
aktivlarining ochiq birja savdolarida sotilishi. 
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini 
o‗zida ifodalaydi. Mulkchilik huquqiy va iqtisodiy mazmuni o‗zaro bog‗liq va bir-
birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy 
kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko‗rsatilganidek, hal qiluvchi rolni 
mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Mulkchilik xo‗jalik va tadbirkorlik 
faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro‗yobga chiqariladi. Agar mulk 
iqtisodiy jihatdan ro‗yobga chiqarilmasa, ya‘ni o‗zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda 
foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u ―huquqiy‖
kategoriya sifatida qoladi.
Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga 
nisbatan faqat bo‗ysunuvchi rol o‗ynamaydi. Bu shunda ko‗rinadiki, ishlab chiqarish 
vositalariga ma‘lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini 
amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqilgan mahsulotdan 
foydalana olmaydi.
SHu sababli mulkchilikning huquqiy me‘yorlari (egalik qilish, tasarruf qilish, 
foydalanish 
huquqi) 
iqtisodiy 
munosabatlarning 
aniqlashtirilgan 
ko‗rinishi 
hisoblanadi. Huquqiy me‘yorlar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini 


46
muhoqaza qilish zaruratini bilan bog‗liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan, ular 
tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‗oyat 
muhim rol o‗ynaydi. Bu rol shunda ko‗rinadiki, tovar xo‗jaligi sharoitida ayrim 
ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash 
munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish 
imkoniyatini paydo bo‗ldi.
SHunday qilib, mulkchilikning huquqiy me‘yorlari, birinchidan, ishlab 
chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne‘matlarning muayyan shaxslarga 
(huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun 
bilan qo‗riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan, mol-mulkni himoya 
qilish usullarini belgilab beradi 
13

Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini 
o‗zida mujassamlashtirgan. SHu sababli mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy 
mazmuni bir-biri bilan o‗zaro bog‗liq. SHu tufayli mulkchilik ham iqtisodiy, ham 
huquqiy kategoriyadir. Mulkchilik iqtisodiy o‗zlashtirishning tarixiy muayyan shakli 
bo‗lib, undan moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish va xizmatlarni amalga oshirishda 
foydalaniladi.
SHunga asoslangan holda mulkchilikni mavjud tarixiy sharoitidan tashqari 
mustaqil tushuncha shaklida emas, balki muayyan tarixiy bosqichdagi iqtisodiy 
munosabat shaklida tushunmoq kerak. Davr taqozosiga asosan mulkchilik turli 
shakllarda namoyon bo‗ladi. Mulkchilik subyekti O‗zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik Kodeksiga muvofiq fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulkchilik 
huquqining subyektlaridir. Er, er osti boyliklari, suvlar, havo bo‗shlig‗i, o‗simlik va 
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, binolar, 
inshootlar, uskunalar, xomashyo va mahsulotlar, pul, qimmatbaho qog‗ozlar va 
13
Ш.Ш.Шодмонов.У. В. Ғофуров. ―Иқтисодиѐт назарияси‖. Дарслик. -Т.: ―IQTISOD-MOLIYA‖. 2010 йил
89 -бетдаги 


47
boshqa molmulklar, shuningdek intellektual mulklar mulk huquqlari obyektlari 
jumlasiga kiritiladi.
Mulkchilik ishlab chiqarishning ashyoviy omillariga va xizmatlariga egalik 
qilishda shakllanadi. Masalan, tovar oborotida biror shaxsda konkret ashyoga 
mulkchilik huquqining vujudga kelishi ayni vaqtda boshqa shaxsdagi unga bo‗lgan 
mulkchilik huquqining bekor qilinishini anglatadi. 
Mulkka egalik huquqining bekor bo‗lishi mulkdor irodasiga bog‗liq bo‗lmagan 
vaziyatlar jumlasiga molmulkni tugatish (yo‗q qilish), milliylashtirish – fuqarolar va 
yuridik shaxslarga tegishli mol-mulkka egalik huquqining haq to‗lab boshqa shaxsga 
o‗tkazilishi,
rekvizitsiya – mulkdordan mulkni uning qiymatini to‗lagan holda olish kabilar kiradi. 
Mulkdor o‗z xohish irodasiga qarab, ishlab chiqarish vositalaridan ishlab chiqarish 
faoliyatida foydalanmasdan chetlashtira olishi, boshqa bir tadbirkorga ijaraga berishi 
mumkin. Bunda mulkdor bilan tadbirkor o‗rtasida mulkdan xo‗jalikda foydalanish 
munosabatlari yuzaga keladi. Bu holatda tadbirkor ijaraga olgan mulkka vaqtincha 
egalik qilish va undan foydalanish uchun yuridik huquqni qo‗lga kiritadi.
O‗zbekiston Konsititutsiyasining 53-moddasiga muvofiq «O‗zbekiston 
iqtisodiyotining negizini xilma xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat barcha 
mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza 
etilishini kafolatlaydi»
14
.
Biz totalitar tuzumning o‗z hukmini o‗tkazishi va boshboshdoqligidan voz 
kechdik. Odamning davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan, shuningdek, 
mulkchilikning hamma vakillaridagi ma‘muriy-xo‗jalik tuzilmalari bilan xilma-xil 
munosabatlarini tartibga solishning huquqiy normalari sari dadil qadam 
tashladik‖. Jamiyatning iqtisodiy negizi – mavjud mulkchilik munosabatlariga 
asoslanadi. SHu sababli nafaqat yuridik mazmunga, balki iqtisodiy ma‘noga ham ega. 
14
Ўзбекистон Республикаси Консититуциясининг 53-моддасига оид. - Т: O‘zbekiston


48
O‗zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. 
Davlat iste‘molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat
tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini 
va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. «Tadbirkorlik 
faoliyati erkinligining kafolatlari to‗g‗risida», «Xususiy korxona to‗g‗risida»gi 
Qonunlar va boshqa qator huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‗n uchinchi 
sessiyasida «Xususiy korxona to‗g‗risida»gi Qonunning qabul qilinishi bilan 
jamiyatimizda xususiy mulkning maqomini yanada mustahkamlash va xususiy 
tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash borasidagi faoliyatning huquqiy asoslarini 
rivojlantirish borasida yangi bosqich boshlandi, desak xato bo‗lmaydi. Ma‘lumki, 
mulk qadimdan barcha kishilik jamiyatini va u jamiyat a‘zolari hisoblangan 
fuqarolarni ohanrabodek o‗ziga tortib kelgan. Zero, kishilarning o‗zlari to‗plagan 
mol-mulkiga qarab, 
ularning 
jamiyatdagi, 
ijtimoiy 
turmushdagi 
mavqelari 
belgilangan. Jamiyatning iqtisodiy negizi — mavjud mulkchilik munosabatlariga 
asoslanadi. SHu sababli mulk nafaqat yuridiy mazmunga, balki iqtisodiy ma‘noga 
ham ega. Kishilar mehnati bilan yaratilgan yoki tabiat tomonidan insonlarga o‗ziga 
xos tarzda "taqdim etilgan" boyliklar har doim mulk bo‗lib kelgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə