O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida



Yüklə 80,3 Kb.
səhifə1/8
tarix30.12.2023
ölçüsü80,3 Kb.
#166137
  1   2   3   4   5   6   7   8
Ergashev Ilyosbek QQS


Ergashev Ilyosbek 130-20-guruh
Mustaqil ish To`rayev Sh.
QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I
“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash bo‘yicha majburiyat umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik deb e’tirof etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim bo‘lgan hollarda qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasiga tuzatish kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish to‘g‘risidagi xabarnomalarning shakllari, ularni to‘ldirish va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalarning shakllari, ularni to‘ldirish va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qarorga 5 va 6-ilovalar 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritsinlar;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bir oy muddatda hisobot topshirish muddatlariga rioya qilmagan hamda to‘lov intizomini buzgan tadbirkorlik subyektlari mansabdor (jismoniy) shaxslariga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llash vakolatini soliq organlariga berishni va soliq huquqbuzarlikka oid ishlarni elektron yuritish tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 80,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə