O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida



Yüklə 80,3 Kb.
səhifə7/8
tarix30.12.2023
ölçüsü80,3 Kb.
#166137
1   2   3   4   5   6   7   8
Ergashev Ilyosbek QQS

Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq soliq summasini qoplashning tezlashtirilgan tartibi tatbiq etilmaydigan hollarda soliq summasi asoslanganligi yuzasidan ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda kameral soliq tekshiruvi o‘tkaziladi va kameral soliq tekshiruvi yakuni bo‘yicha soliq summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) yoki qoplashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
34. Kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra arizada ko‘rsatilgan soliq summasi yoki uning bir qismi asossiz deb topilsa, soliq to‘lovchi asossiz ravishda qoplangan soliq summasini qoplash sanasidan to uni budjetga to‘lash sanasigacha penya hisoblagan holda Davlat budjetiga to‘lashi shart. Ko‘rsatilgan tartib chet el diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga tatbiq etilmaydi.
7-bob. Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlariga soliq summasini qoplash (qaytarish) tartibi
35. Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari tomonidan rasmiy foydalanish, shuningdek, ularning diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlarining (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bundan mustasno), shu jumladan, ular bilan birga yashovchi oila a’zolarining (keyingi o‘rinlarda-diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlar hamda ularning oila a’zolari) shaxsiy ehtiyoji uchun sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan soliq summasi soliq organlariga sotib olish operatsiya sanasini, summasini, xususiyatini aniqlash va uning ishtirokchilarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan xaridlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini ilova qilgan holda taqdim etilgan arizalar asosida qoplab (qaytarib) beriladi.
Bunday hujjatlar jumlasiga yetkazib beruvchilar tomonidan rasmiylashtirilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi alohida ajratib ko‘rsatilgan hisobvaraq-fakturalar, invoyslar, nazorat-kassa texnikasining cheklari, davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan chiptalar, talonlar, cheklar yoki shularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar kiradi.
36. Diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlar (shu jumladan, ular bilan birga yashovchi oila a’zolari) tomonidan sotib olingan tovarlar bo‘yicha to‘langan soliq summasi xorijiy davlatlarning diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalari orqali qoplanadi (qaytariladi).
37. Diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlar (shu jumladan, ular bilan birga yashovchi oila a’zolari) tomonidan bir yil mobaynida sotib olingan bir nechta avtotransport vositalari bo‘yicha to‘langan soliq summasi faqat bitta obyekt bo‘yicha qoplab (qaytarib) beriladi, uch yil mobaynida bir nechta ko‘chmas mulk obyektlari sotib olingan bo‘lsa, soliq summasi faqat bitta obyekt bo‘yicha qoplab (qaytarib) beriladi. Bunda, ko‘rsatilgan shaxslar qaysi obyekt bo‘yicha soliq summasi qoplanishini mustaqil belgilash huquqiga ega bo‘ladilar.
38. Soliq organi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar kameral soliq tekshiruvidan o‘tkaziladi va ushbu Nizomning 4-bobida nazarda tutilgan qoidalarni inobatga olgan holda ariza berilgan kundan e’tiboran besh kun mobaynida soliq summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) yoki soliq summasini qoplashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
39. Soliq summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) to‘g‘risida qaror qabul qilinganda qoplanishi lozim deb topilgan soliq summasi ushbu Nizomning 5-bobida belgilangan tartibda qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Ushbu Nizomning 35 — 39-bandlarida belgilangan qoidalar tegishli chet davlatning qonunchilik hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu vakolatxonalarning diplomatik hamda ma’muriy-texnik xodimlariga (shu jumladan, ular bilan birga yashaydigan oila a’zolariga) nisbatan soliq summasini qoplash tartibi belgilangan bo‘lsa yoxud bunday norma O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa qo‘llaniladi.
Agar tegishli xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga, ushbu vakolatxonalarning diplomatik hamda ma’muriy-texnik xodimlariga, shu jumladan, ular bilan birga yashaydigan oila a’zolariga soliq summasini qoplashda qo‘shimcha cheklovlar yoki alohida shartlar mavjud bo‘lganda soliq organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taklifiga binoan ushbu Nizomda ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha cheklovlar va shartlar paritet asosda qo‘llanilishi mumkin.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
41. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi har yili joriy yilning 1-fevraliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga, ushbu Nizomning 40-bandi:
birinchi xatboshisida qayd etilgan qoidalar tatbiq etiladigan xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari ro‘yxati;
ikkinchi xatboshida qayd etilgan qo‘shimcha cheklovlar va shartlar to‘g‘risida ma’lumotni tegishli xorijiy davlatning diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga, ushbu vakolatxonalarning diplomatik hamda ma’muriy-texnik xodimlariga nisbatan qo‘shimcha cheklovlar va shartlar paritet asosda qo‘llanilishining maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosasini ilova qilgan holda kiritadi.

Yüklə 80,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə